O'lchash vositalarini, shu jumladan standart namunalarini ishlab chiqish texnikaviy topshiriqlarining loyihalari; - O'lchash vositalarini, shu jumladan standart namunalarini ishlab chiqish texnikaviy topshiriqlarining loyihalari;
- - O'V turini tasdiqlash bo'yicha sinov usullari va programmalarning loyihalari;
- - O'V ni qiyoslash usulini loyihalari va boshqalar
- Ekspertizani o'tkazish muddati 30 kundan oshmasligi kerak. Ekspertizadan o'tmagan hujjatlar qayta ekspertizaga tortiladi.
- Mahsulot (xizmatlar) sifati tadqiq etish, ishlab chiqish, loyihalash, tajriba-konstruktorlik ishlari bosqichlarida shakllantiriladi va me'yoriy hujjatlarda belgilanadi. O'zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to’g’risida" qonunida ko'rsatilishicha, standartlashtirish bo'yicha me'yoriy hujjatlar mamlakatimiz va xorijiy fan va texnikaning zamonaviy yutuqlariga asoslangan bo'lishi va O'zbekiston respublikasining qonunlariga mos kelishi lozim. Bu talablarni bajarish uchun me'yoriy hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ekspertizasi (MH ITE) ni o'tkazish kerak. Ekspertiza O'zbekiston davlat standarti O'z DSt 1.21:2001 "O'z SDT. Me'yoriy hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ekspertiza qilish" da belgilangan.
- MH ITE me'yoriy hujjatlarning xalqaro, hududiy, davlatlararo, xorijiy standartlar bilan uyg’unlashtirilganlik darajasini o'rnatish, fan, texnikaning zamonaviy rivojlanganlik darajasiga muvofiqligini, amaldagi qonunlarga va O'z SDT, O'z O'DT, O'z SMT asos bo'luvchi me'yoriy hujjatlarga va boshqa standartlashtirish tarmoqlararo tizimlariga mosligini o'rnatish maqsadida bajariladigan tadqiqotdan iborat.
- O'zbekiston standartlashtirish davlat tizimi talablariga muvofiq quyidagilar ekspertizadan o'tkaziladi:
- • MH loyihalari;
- • tasdiqlangan me'yoriy hujjatlar;
- • davlat ro’yxatidan o'tkaziladigan MH;
- • amaldagi MH;
• MH o'zgartirishlarning loyihalari; - • MH o'zgartirishlarning loyihalari;
- • davlat ro’yxatidan o'tkaziladigan, MH ning tasdiqlangan o'zgartirishlari.
- Ekspertizaning quyidagi xillari o'rnatilgan:
- • normallashtirish tekshiruvi;
- • kelishishning to’liqligi;
- • majburiy talablarga muvofiqligi;
- • patent sofligiga tekshirish;
- • ochiq chop etilmaydigan ma'lumotlar;
- • texnik ekspertiza;
- • iqtisodiy ekspertiza;
- • metrologik ekspertiza;
- • ekologik ekspertiza;
- • terminologik ekspertiza;
- • huquqiy ekspertiza;
- • nashriyot tahriri;
- • ilmiy-texnikaviy darajani baholash.
- O'zstandart Agentligining topshiriqi, buyurtmachining so'rovnomasi, shuningdek zarurligiga qarab, standartlashtirish ob'ektining xususiyatlariga qarab, ekspertiza alohida turlar bo'yicha o'tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |