O'BM - metrologik attestatsiyaga tortiladi. - O'BM - metrologik attestatsiyaga tortiladi.
- O'BM - O'zstandart tomonidan tasdiqdan va davlat reestridan o'tgandan keyin qo’llaniladi.
- O'BM - metrologik nazorat va tekshiruv ob'ektlari hisoblanadi. (“Metrologiya to’g’risida” - 13 modda DMN va tekshiruv ob'ektlari)
- O'BM - metrologik xarakteristikalarga ega.
- Asosiy metrologik xarakteristikalar bo'lib
- - o'lchash diapazonini o'z ichiga olgan qo’llanilish sohasi;
- - ta'sir qiluvchi omillarni cheklovchi parametrlar;
- - muntazam va tasodifiy tashkil etuvchilardan iborat o'lchash xatoliklari.
- O'V kabi O'BM metrologik attestatsiyaga tortiladi.
- DMN va T doirasidagi O'BM ning attestatsiyasi O'zstandart tomonidan akkreditlangan. Davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning organlari tomonidan amalga oshiriladi. O'BM ekspertizasini O'zstandart tarkibidagi O'zbekiston metrologiya xizmatlarini ko'rsatish bosh markazi o'tkazadi.
- O'zRST 8.016 va GOST 8.010- talablariga javob bermaydigan O'BM qo’llanilishiga yo'l qo’ymaydi.
- O'BM qonuniyligini o'rnatish bo'yicha ishlar kompleksi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
- 1. O'BM metrologik ekspertizasi programmasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.
- 2. Yangi ishlab chiqarilgan O'BM - loyihasi yoki amaldagi qayta ko'rib chiqilayotgan O'BM ning metrologik ekspertizasi. “Metrologik ekspertiza - bu ekspert - metrologlar tomonidan o'lchashlar birliligi va aniqligi bilan bog’liq bo'lgan talablar, qoida va normalarning to’g’ri qo’llanilishining tahlili va baholanishidir”.
3. Nazorat va eksperimental tadqiqotlar. - 3. Nazorat va eksperimental tadqiqotlar.
- 4. O'BM natijalari bo'yicha hujjatlarni metrologik ekspertizasi va O'BM tasdiqlash va registratsiyadan o'tkazish.
- 5. O'BM metrologik attestatsiyasi to’g’risidagi hisobotni rasmiylashtirish.
- O'BM attestatsiyasi bo'yicha ishlarning ijobiy natijalari bo'yicha O'zstandart O'BM hujjatlarning Oxirgi tahririni tasdiqlaydi va O'BM ga sertifikat rasmiylashtiradi. Sertifikat O'BM DMN va T doirasida, qo’llanilishini tasdiqlovchi hujjat bo'lib hisoblanadi va besh yildan o'tmagan mudatga beriladi.
- 3. Me'yoriy hujjatlarning ekspertizasi.
- Normativ texnik va texnologik hujjatlarning ekspertizasi o'lchashlar birliligini ta'minlashning ajralmas qismi bo'lib metrologik nazoratning zaruriy ko'rinishidir.
- ME - bu o'lchashi kerak bo'lgan parametrlarni tanlash, mahsulotlarni ishlab chiqarish, sinash ekspluatatsiya, remonti va ularni amaldagi normativ hujjatlar talablariga mosligi bo'yicha texnik echimlarning metrologik darajasini tahlil qilish va baholashdir. Metrologik ekpertizaga mahsulot va xizmatlarga taaluqli normativ va texnikaviy hujjatlar ular hayotiy sikllarning barcha etaplarida tortiladi.
- Metrologik ekspertizaga tortiladi:
- - Davlatlararo, Davlat, tarmoq va O'zbekiston informatsion fondida registratsiyadan o'tgan tashkilotlarning mahsulot va xizmatlariga bo'lgan standartlarning loyihalari;
- - Rahbariy hujjatlarning loyihalari;
- - Texnik shartnomalarning loyihalari;
- - Import bo'yicha qabul qilingan mahsulotlarni sinash usullari va programmalarning loyihalari;
Do'stlaringiz bilan baham: |