Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


О‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi


Download 1.39 Mb.
bet40/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

О‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi. 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida bunyod etilgan. Muzeyni tashkil etish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14-martdagi 99-sonli qarori qabul qilingan. Muzeyning asosiy maqsadi Amir Temur va temuriylar davrida ilm – fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ‘ib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir.
Muzey fondining asosiy qismi Amir Temur va temuriylar davriga oid qо‘lyozma asarlar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, tangalar, sopol va mis buyumlar, me’moriy bezak qoplamalari, kitoblar, etnografik buyumlar, yurtimiz rassomlari asarlari kabi nodir eksponatlardan iborat. Eksponatlarning soni esa 2,5 mingdan oshadi. Ayni paytda muzey zallaridagi “О‘zbekistonda yozuv madaniyati va tarixi”, “Shohruhiya qal’a-shahri”, “Xorijdagi merosimiz”, “Amir Temur-Klavixo-Samarqand”, “Amir Temur hayotidan lavhalar”, “Amir Temur va temuriylar davri - rassomlar nigohida”, “Amir Temur va temuriylar davri tarixi olimlar va yozuvchilar nazarida” kabi kо‘rgazmalarda 1,5 ming eksponat namoyish etilmoqda.
О‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi. О‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi 1876 yil 12 iyulda tashkil topgan. Muzeyda о‘simlik va hayvonot olamiga mansub 380 mingga yaqin namunalar saqlanib, ularning bir qismi tashrif buyuruvchilarga tanishtirish maqsadida muzey ekspozitsiyasida namoyishga qо‘yilgan.
Muzeyning asosiy vazifasi mamlakatimiz qishloq xо‘jaligi, sanoati, tabiatini muhofaza qilish va avaylab-asrash borasidagi Respublikamizda amalga oshirilayotgan Davlat siyosatini ilmiy va kо‘rgazmali asosda tushuntirish ishlari olib borishdan iborat bо‘lib, yoshlarni barkamol avlod bо‘lib yetishishi, Vatanga, uning tabiatiga muhabbat ruhida tarbiyalashda yordamlashish maqsadida о‘simlik va hayvonot dunyosi bilan bog‘liq ilmiy va amaliy muassasalar, oliy va о‘rta maxsus о‘quv yurtlari, umumta’lim maktab va boshqa ta’lim –tarbiya muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
Amalga oshirgan ishlari natijalariga kо‘ra muzey 1967 yil “О‘zbekistondagi eng yaxshi muzey”, 2005 yil “EKOSAN” ekologiya va salomatlik xalqaro tashkiloti tomonidan Ekoturizm va barqaror rivojlanish xalqaro kо‘rgazmasida faol ishtiroki uchun diplom, 2007 yil Marg‘ilon shahrining 2000 yilligiga bag‘ishlangan О‘zbekiston muzeylari festivalida faol ishtirok etganligi uchun ikkinchi о‘rin, 2008 yil Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan О‘zbekiston muzeylari festivalida faol ishtirok etganligi uchun ikkinchi о‘rinni egallagan.
Muzey tomonidan Kitob Davlat qо‘riqxonasi, Hisor Davlat qо‘riqxonasi kabi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga, Zarautsoy, Sarmishsoy tabiiy-tarixiy majmuasiga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilgan. Yig‘ilgan materiallardan namunalar muzey ekspozitsiyasiga namoyishga qо‘yilgan. Ular kо‘paytirilib, Respublika muzeylariga ilmiy-uslubiy yordam sifatida tarqatish yо‘lga qо‘yilgan.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling