Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja
Download 1.39 Mb.
|
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi .
- О‘zbekiston davlat san’at muzeyi
О‘zbekiston geologiya muzeyi. Mamlakatdagi yagona geologiya muzeyidir, u Geologiya instituti va Respublika fanlar akademiyasi bazasida ish olib boradi. Muzey 1937 yilda ochilgan. Muzey fondida 6 mingdan ortiq nodir eksponatlar mavjud, ular tarkibida О‘zbekiston Respublikasi hamda butun dunyoning boshqa burchaklaridagi mavjud noyob mineral va tog‘ jinslari tо‘plangan.
О‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi. 1968 yili buyuk shoirning 525 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan. U shu choqqacha xalqimizning kо‘p asrlik adabiy merosini jamlash, uni muhofaza qilish, targ‘ib etish va tadqiq qilishda katta ishlarni amalga oshirib kelmoqda. О‘tgan davr davomida muzeyning XV-XX asr adabiyoti tarixini namoyish etuvchi boy ekspozitsiyasi yaratildi. Tomoshabinlar kо‘p asrlik boy adabiy tariximizning noyob durdonalari bilan tanishibgina qolmay О‘rta Osiyo madaniyati va san’atining badiiy namunalari-kitob, tasviriy san’at, xattotlik, naqqoshlik, musiqa va me’morchilik asarlari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega. Muzeyda qо‘lyozmalar bilan birgalikda eski bosma kitoblar fondi ham muntazam boyib boryapti. Adabiyot muzeyi binosining о‘zi ham noyob arxitektura yodgorligi sifatida diqqat e’tiborni о‘ziga jalb etadi. Bino 1933-1936 yillarda qurilgan. Muzey Xalqaro muzeylar qо‘mitasi (IKOM) a’zosidir. О‘zbekiston davlat san’at muzeyi. Ushbu muzey- madaniy-ma’rifiy, ilmiy muassasa; О‘rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey. 1918 yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan; keyinchalik Markaziy badiiy muzey, 1924 yildan Toshkent san’at muzeyi, 1935 yildan hozirgi nomdadir. Muzey Toshkentda yashagan knyaz N.K.Romanovning shaxsiy tо‘plami (rus va G‘arbiy Yevropa rassomlari yaratgan portret va tarixiy kartinalar, grafika va haykaltaroshlik asarlari, badiiy mebel, chinni buyumlar va boshqalar) negizida vujudga kelgan. Turkiston о‘lkashunoslik muzeyining badiiy bо‘limidan va boshqalar muzeylarning fondlaridan, shaxsiy tо‘plamlardan san’at asarlari keltirilib boyitilgan (V. L. Borovikovskiy, K. P. Bryullov, V. A. Tropinin, I.M.Nikitin, O.A.Kiprenskiy, I.K.Ayvazovskiy, S.V.Ivanov, I.N. Kramskoy, N.N.Ge, A.K. Savrasov, I. I.Shishkin, V.G. Perov va boshqalar); muzeyda XIX-asr rus rassomlarining nodir asarlari tо‘plangan (I.YE.Repin, V. A. Serov, I.I. Levitan, N.K.Rerix va boshqalar). Muzey fondi 50 mingdan ziyod eksponatga ega, tomoshabinlar soni yiliga 250 mingdan oshadi. Muzeyda О‘zbekiston xalq amaliy san’ati, О‘zbekiston tasviriy san’ati, rus san’ati, G‘arbiy Yevropa san’ati, Xorijiy Sharq xalklari san’ati bо‘limlari, xazina, ta’mirlash ustaxonasi, fotolaboratoriya bor, lektoriy tashkil etilgan. Muzey ilmiy muassasa sifatida О‘zbekiston tasviriy san’ati bо‘yicha ilmiy tekshirish ishlari olib boradi: san’at asarlari sotib oladi, ularni ilmiy yoritadi, muzey xazinasidagi san’at asarlarini tahlil qiladi, tavsiflaydi, ilmiy asarlar, katalog , albomlar nashr etadi (masalan:, "Yapon gravyurasi О‘zbekiston davlat san’at muzeyi tо‘plamida" katalogi; "Davlat san’at muzeyi" albomi, "Toshkentda eng yaxshi" turkum ma’lumot kitobi va boshqalar), xazinasidagi san’at asarlari asosida mavzuli kо‘rgazmalar tashkil etadi, chet mamlakatlar (AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya va boshqalar) kо‘rgazmalarida ishtirok etadi (jumladan, "EKSPO—2000" xalqaro kо‘rgazmasi, Germaniyada; Xalqaro gilamdо‘zlik kо‘rgazmasi hamda "Qadimshunoslik va amaliy san’at", AQShda va boshqalar). Ayniqsa, mustaqillik yillarida xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy aloqalar kengaydi. Muzey Xalqaro muzeylar qо‘mitasi (IKOM) a’zosidir. Muzeyga turli davrlarda SH. Hasanova, S.Abdullayev, D.Rо‘ziboyev rahbarlik qilgan; 1997 yildan muzey rahbari Nasiba Ibrohimova. Muzey ekspozitsiyasi san’at janri va turlariga ajratilgan holda xronologik tartibda tuzilgan. Har bir zaldagi eksponatlar san’at turlari, maktablari, ananalar va hozirgi rivojlanish markazlariga qarab joylashtirilgan. Ekspozitsiya О‘zbekistonning qadimiy san’at yodgorliklari — Zarautsoy rasmlari, Xolchayondan topilgan haykallarni, sо‘ng О‘zbekiston xalq amaliy bezak san’atini namoyish etish bilan boshlanadi. О‘rta Osiyoda yashab ijod etgan rassomlar (I.S.Kazakov, N.N.Karazin, R.K.Zommer va boshqalar)ning 250 ga yaqin san’at asarlari tо‘plangan, shu yerda ishlagan rassom P. Benkov, A. Volkov, M.I.Kurzin, Usto Mо‘min (A. Nikolayev), O. Tatevosyan, V. Ufimsev, N.V.Kashina, Z.M.Kovalevskaya va boshqalarning asarlariga ekspozitsiyadan alohida о‘rin berilgan. Muzey fondining katta qismini О‘zbekiston tasviriy san’ati asarlari tashkil qiladi: О‘zbekiston tabiat kuychisi О‘. Tansiqboyev, A. Abdullayev, Y.Abdullayev, SH. Hasanova, CH.Ahmarov, R. Ahmedov, N. Qо‘ziboyev, S. Abdullayev, R.Choriyev ijodi, tasviriy san’at taraqqiyotidagi ularning hissasi muzey ekspozitsiyalarida о‘z aksini topgan. Muzey, shuningdek, boy о‘zbek amaliy san’ati tо‘plamiga ega: ganch, yog‘och va tosh о‘ymakorligi namunalari, zargarlik, gilamchilik, kashtadо‘zlik, kulollikka mansub qimmatli buyumlar о‘zbek xalqining qadimiy va boy amaliy bezak san’ati haqida mukammal ma’lumot beradi. Muzeyda G‘arb (Italiya, Ispaniya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya) va Sharq (Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Vetnam, Myanma) mamlakatlarining tasviriy san’at asarlari va amaliy san’ati namunalariga keng о‘rin ajratib berilgan. Muzey dastlab knyaz N.K.Romanov saroyida, 1935—66 yillar Xalq universiteti binosida joylashgan, 1974 yildan (1966 yil Toshkent zilzilasida vayron bо‘lgan Xalq universiteti binosi о‘rnida) muzey uchun maxsus qurilgan binoda (me’morlari I.Abdulov, A.K.Nikiforov, S.A.Rozemblyum). Bino tarhi sodda kub shaklida, tarzlari metall sinch (karkas)li konstruksiyalar bilan tо‘rtburchak shaklli qismlarga bо‘lingan, poydevor va peshtog‘i kulrang marmar bilan qoplangan. Muzey binosida 1997 yildan qayta qurish va ta’mirlash ishlari olib borildi; binoning 4 tomoniga О‘zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy oynalar о‘rnatildi, ular zallarni bir xilda mayin yoritib turishi san’at asarlarini tabiiy yorug‘likda kо‘rish imkonini beradi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling