Mavzu: O'qish darslarida hikoya o'tish uslubiyoti 1-sinf mundarija kirish i-bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida
II-BOB. O’QISH DARSLARIDA SHE’RLARNI O’RGATISH
Download 109.26 Kb.
|
O\'qish darslarida hikoya o\'tish uslubiyoti 1-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at.
II-BOB. O’QISH DARSLARIDA SHE’RLARNI O’RGATISH
2.1.She’r va uni o’qitishning usullari. Ma’limki, o’qish kitoblaridagi aksariyat mavzularni she’rlar qamrab olgan. Quyidagi she’r nomlari va mualliflarining ro’yxatiga e’tibor beraylik: O’qish 1-sinf She’r: 1. Vatan – bu… Po’lat Mo’min, 5-bet. 2. O’zbekiston askarlari. Odil Abdurahmon, 8-bet. 3. Ota rozi – Vatan rozi. Eson Rahimov, 9-bet. 4. Qish. Tursunboy Aashboyev, 11-bet. 5. Oy allasi. Odil Abdurahmon, 13-bet. 6. Vatan. Miraziz A’zam, 1-bet. 7. Quyoshdan erta turib. Yo’ldosh Sulaymon, 17-18-bet. 8. Bahor kelgach. Tursunboy Adashboyev, 36-bet. 9. Lola. Hamid Olimjon, 37-bet. 10.Mehribon oyijonim. Po’lat Mo’min, 39-40-bet. 11.Bekinmachoq. Anvar Obidjon, 41-bet. 12.Navruz. Rauf Tolib, 44-bet. 13.Maktab – oftob qo’shig’i. Quddus Muhammadiy, 47-bet. 14.Kitob, mening do’stim. Zafar Diyor, 49-bet. 15.Yaxshi niyat. Anvar Obidjon, 53-bet. 16.Maslahat. Ikandar Rahmon, 74-75-bet. 17.Yer nima der? Po’lat Mo’min, 87-bet. 18.O’zbek elim. Odil Abdurahmon, 96-bet. 19.Ming yashang. Yo’ldosh Sulaymon, 99-100-bet. 20.Ulug’bek bobom. Po’lat Mo’min, 103-bet. 21.Boychechak. Muhtarama, 104-bet. 22.Ota – ona. Tolib Yo’ldosh, 105-bet. 23.Qushcha. Abdulla Oripov, 106-bet. 24.Oftob va odob. Po’lat Mo’min, 107-bet. 25.Dil so’zlari. Habib Rahmat, 110-bet. 26.Ochiq gap. Nurllo Oston, 112-bet. 27.Oltin quyosh. Miraziz A’zam, 119-bet. 28.Turnalar. Ilyos Muslim, 121-bet. O’qish 2-sinf She’r: 1. O’zbekiston. Abdulla Oripov, 4-bet. 2. O’zbekistonim. Hamza Imonberdiyev, 5-bet. 3. Istiqlol. Jumaniyoz Jabbor, 6-7-bet. 4. Humo qushi. Po’lat Mo’min, 7-bet. 5. O’lka. Erkin Vohidov, 11-bet. 6. Sohibqiron bobomiz. Muxtor Xudayqulov, 14-15-bet. 7. Vatan. Narimon Orifjonov, 15-bet. 8. Yur tog’larga. Usmon Nosir, 17-18-bet. 9. Tilagim. Yo’ldosh Sulaymon, 18-19-bet. 10. Kuz. Kavsar Turdiyev, 21-bet. 11. Olma. Erkin Vohidov, 22-bet. 12. Gilos. Erkin Vohidov, 22-bet. 13. Bog’da. Qambar ota, 24-bet. 14. Dehqonga ta’zim. Tursunboy Adashboyev, 25-bet. 15. Kuzda. Habib Rahmat, 26-bet. 16. O’quvchiga esdalik. Quddus Muhammadiy, 28-bet. 17. Kitob deydi. Quddus Muhammadiy, 29-bet. 18. Orzular Rauf Tolib, 30-31-bet. Bu ro’yxatni uchunchi hamda to’rtinchi sinf darslilaridagi she’rlar hisobiga yanada kengaytirish mumkin. Ammo shulardan ham ko’rinib turibdiki, she’r ilmi – jiddiy ilmdir. Albatta, darslikda berilgan har bir mavzu o’quvchilarning ongi va tushunchasi darajada berilib, mavzuning g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini qanchalik idroq qila olishlari hisobga olinishi zarur. Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining «Barkamol avlod o’rzusi» nomli kitobda «Farzandlarimiz bizdan ko’ra bilimli, kuchli dono va albatta baxtli bo’lishlari kerak» deb ta’kidladanidek, yosh o’sib kelayotgan avlod yoshligidanoq tarbiyali, o’qimishli qilib tarbiyalanishi kerak. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda «Ta’lim to’g’risida» Qonun ham shu maqsadga qaratilgan. Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat ta’lim standartli (DTS) talabalari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quvbiluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlari egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda «O’qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. Boshlang’ich sinf «o’qish kitobi» darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o’quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib Kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to’g’ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. shunga ko’ra, o’qish darslarining yetakchi xususiyati o’quvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga, o’quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlarruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’rganiladishgan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ular ona tabiat yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga muxabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. O’qish darslari uchun tanlangan mavzular o’quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo’yicha ham bilim va tarbiya berishni ko’zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat mavzular alohida ajralib turadi. ulardan ko’zlangan maqsad o’zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularni uyg’otishdir. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam. mehnatsevarlik kabi mavzular o’qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo’lib, 2 sinf «O’qish kitobi»dagi «Ona yurtim-oltin beshigim» bo’limiga kiritilgan «O’zbekistonim» (H.Imonberdiyev), «Istiqlol» (J.Jabborov), «O’lka» (E.Voxidov), «Yur tog’larga» (U.Nosir), 3-sinfda «Ona bita, Vatanyagona» bo’limidagi «Vatan haqida she’r» (A.Avloniy), «O’zbegim» (E.Voxidov), «Vatan mo’tabirdir» (X.Davron), «Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi» (T.Malik), 4-sinfda «O’zbekiston» - Vatan manim bo’limidagi «Serquyosh o’lka» (Z.Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma» (M.(Shayxzoda), «Xarita» (N.Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ilug’ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o’quvchilarni faqat o’tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, vatan oldidagi farzandlik burchi va masuliyatini teran anglashga ham yordam beradi. ularda Vatanga muxabbat tuyg’usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o’timishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo’lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. O’quvchilarning bog’lanishni nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o’stirish. O’quvchilarning xayolot olamini boyitish. Elementar adabiy tasavvurini shakllantirish. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo’lib ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan. Ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. O’qish darslarining samaradorligi ko’p jihatdan ta’lim metodlarining to’g’ri tanlanishiga bog’liq. Binobarin, fanning o’zi kabi o’qish metodlari ham doimiy rivojlanishga bo’ladi. Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish metod asosida o’rgatilgan bo’lsa, hozir izohli o’qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o’qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish ifodali o’qish nazarda tutilgan. Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug’iladi: Izohli o’qish nima? Izohli o’qishga XIX asrning 60-70 yillarida rus pedagogi K.D. Ushinsikiy asos solgan, u o’qishga o’quvchilarni «ongli tushunib, o’ylab o’qishga» o’rgatishni alohida ta’kidlaydi va uni «Izohli o’qish» deb nomlaydi. Izohli o’qish K.D.Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o’qish o’quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o’quvchilarga o’qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog’liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar. Professor Asqar Zunnunov o’qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, o’quvchilarning oldin bilimlarini o’zlashtirishga, so’ng yod olishlariga e’tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli o’qish deb nomlanganini ta’kidlaydi. Demak, izohli o’qish deb o’ylashga, his qilishga, asarni to’liq idrok qilishga, o’qilganning mazmunini o’zlashtirishga olib keladigan o’qishga aytiladi. Izohli o’qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan qoyani anglashni ta’minlaydi. Izohli o’qish quyidagi tamoyillarga to’liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo’ladi: 1. O’qishni hayot bilan bog’liq holda tashkil etish. 2. O’qishning ongli va ta’sirchan bo’lishi uchun o’quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish. 3. O’qishni ko’rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o’simliklar dunyosini kizatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o’quvchilarning ifodali o’qishi tarzida olib borish. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o’qib o’rganiladi. Tabiyki ularning har biri o’ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o’ziga xos usulda o’qib o’rganish taqozo qilinadi. Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biri ijodiy o’qishlardir. Atoqli emetodist olim N.I.Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi: a) o’qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o’qishi hamda o’quvchilarning asarni to’g’ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emosional idrok etishlarini t’minlash maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi; b) o’qilgan asardan o’quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadida ega bo’lgan va ularning diqqatini matnning muhim g’oyaviy va badiiy xususiyatlari sari yo’naltirilgan suhbat uyushtirish yoki o’qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo’yilishi; d) o’qituvchining asar o’qilganidan keyin o’quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida tug’ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi. Ko’rinadiki, ijodiy o’qish izohli o’qishdan farqli o’laroq, to’g’ridan-to’g’ri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashini taqoxzo etadi. Masalan, 4-sinfda A.Oripovning «Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi» asarini ijodiy o’qish metodi asosida o’rganish jarayonida matn mazmuni va shoir qoyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog’liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda «O’tinchi yigit», 3- sinfda O’tkir Xoshimovning «Xazonchinak», 4-sinfda S.Anorboyevning «Qo’rqoq» asarlarini ham ijodiy o’qish metodi asosida o’qitish ijobiy o’qish metodi asosida o’qitish ijobiy samaralar beradi. Avvalo, o’qituvchi shunday temani bir butun holda tasavvur qilishi zarur, ya’ni turmushni bilish nuqtai nazaridan bu tema o’quvchilar uchun qanday yangiliklar berishi, bu tema bolani axloqiy-estetik jihatdan qanday tarbiyalashi, badiiy mahoratni tushunish va o’quvchilarning nutqini o’stirish kabi masalalar o’qituvchining diqqat markazida turishi zarur. Mana shunday umumiy vazifalar aniqlangandan so’ng, adabiy materiallarni har bir darsga bo’li zarur. Har bir dars metod va usul tomonidan xilma-xil bo’lishi mumkin va o’quvchilarning qiziqishlarini so’ndirmaslik, ularning asardan olgan taassurotlarini zaoiflashtirmaslik lozim. Har bir dars tamomlangan bo’lishi va o’tgan dars bilan, kelgusi yangi dars bilan bog’lanishi zarur. O’qituvchi dars planini tuzayotgan vaqtida sinfning ahvoli uning diqqat markazida turishi kerak. Agar darsga kirgan ilmiy bo’lim mudiri yoki biror ona tili va adabiyot o’qituvchisi asarni murakkab va zerikarli deb topsa, dars planini qaytadan tuzish va materialga ijodiy munosabat bo’lish zarur. Materialni takrorlash asosida yangi materialni o’zlashtirish darsi tashkil qilinadi (takrorlash o’quvchilarning bilimini tekshirish va baholash bilan bog’lanmaydi). O’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning yangi materialni o’zlashtirishlari va ayni vaqtda ularning o’zlashtirganliklarini tekshirish. Bilimni mustahkamlash asosida o’quvchilarning mustaqil ishlari. Boshqa dars materiallari asosida uzoq o’tilganlarni takrorlash. Darsning hamma bosqichlarida o’quvchilarning bilimlarini aniqlash. Jurnalga baho qo’yish. Boshlang’ich sinf o’quvchilarga ifodali o’qish ham boshlang’ich ta’lim tizimida mantiqiy o’qish (matnni to’g’ri, tushunib, tez (me’yorida) o’qish) va adabiy o’qish mukammal o’zlashtirilganidan so’ng ifodali o’qishga o’tiladi. U yod olingan she’riy asarlarni ifodali o’qishni ham o’z ichiga oladi. Ifodali o’qishning muvaffaqiyati o’quvchilarning asar mazmuni, g’oyaviy-badiy xususiyatlari haqida muayan tushunchaga ega bo’lishi bilan bog’liq. Ohang va intonasiya she’riy asarlarni ifodali o’qishga qay darajada muhim bo’lsa, nasriy asarlarni o’qishga ham muhim talablardan biridir. Nasriy asarlarni ifodali o’qishdan oldin unda qanday g’oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To’xtaboyevning «Xatosini tushungan bola» hikoyasini ifodali o’qishdan oldin o’quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo’lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to’g’risida tushuncha beriladi. Ifodali o’qish oldiga qo’yilgan bu talab M.Abdurashidxonovning «Har kim ekkanini o’rar», Sh. Sa’dullaning «Laqma it», A.Oripovning «Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi» kabi she’riy hikoyalarini o’qishga ham xosdir. Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o’qish katta ahamiyatga ega. Badiiy o’qish ifodali o’qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so’z san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o’quvchidan asar ruhiga batamom kirishi, san’atkorona o’qishni talab etadi. Badiiy o’qishga asar qahramonlarining ruhiy holat, kechinmalari to’la anglab etilgandagina ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o’qishga tayyorgarlik ko’rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o’qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o’qishdir. Masalan, 3-sinfda X.To’xtaboyevning «Xassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkatning javoblari yoki S.Anorboyevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan o’qituvchi topshirig’iga ko’ra mazkur o’rinlarni tanlab qayta o’qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy estetik qimmatini chuqurroq o’zlashtirishga erishiladi. Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida voqyea va tafsilotlar asosida o’quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qaxramonlarga baho berishda keng qo’llaniladigan usuldir. O’qish darslarida reproduktiv metod keng qo’llaniladi. Masalan, o’qituvchi dastlabki darslarda o’zi asar matnini qismlarga bo’ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo’lgan muhim fikriga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko’rsatadi, o’quvchilar bilan birga tasivr vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, o’quvchilariga ko’maklashadi.Bularning bari o’quvchilar uchun bir ko’rsatma vazifasini o’tadi. Shundan so’ng o’quvchilar o’qituvchilarning ko’rsatmalari yordamida yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni o’zlari mustaqil ravishda bajaradilar. Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang’ich sinf o’qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan «Aqliy xujum», «Tarmoqlash», «Guruhlar bilan ishlash», «Blis texnologiyasi» kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo’llash o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va ruxta ishlab chiqilishi kerak. O’qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari. Dastur talablarini to’liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o’qish ko’nikmalarini to’g’ri va puxta egallash va takomillashtirilib borish zarur. O’qish ko’nikmalari savod o’rgatish jarayonida shakllanadi, o’qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi. O’qish malakalari deganda badiiy asar matnini to’g’ri tez, ongli va ifodali o’qish tushuniladi. O’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O’qish malakasining sifatlari o’zaro bog’liq bo’lib, ularningasosi ongli o’qish hisoblanadi. O’quvchi matnni tez va to’g’ri o’qisa-yu. anglab o’qimasa yoki uning tez o’qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to’g’ri o’qisayu, o’ta sekin o’qisa, nutq birliklari orasida to’xtamlarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to’g’ri o’qish ongli o’qishga xizmat qiladi, to’g’ri, tez va ongli o’qish esa ifodali o’qishning asosi hisoblanadi. O’qish malakalarini egallash maktabda o’qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishning muhim sharti xisoblanadi. 3-sinf «O’qish kitobi» darsligida berilgan Miraziz A’zamning bir talay she’rlari oddiy haqiqatni lo’nda qilib berishga bag’ishlangan. Masalan, Miraziz A’zamning «Yer aylanadi» she’rini olib qaraylik. Bu bir oddiy gap, axir necha ming asrdanberi u aylanadi, yana aylanavereradi, bu haqda jozibali eshe’r bo’lishi mumkin emas, degan tushuncha xayolingizdan o’tadi. Lekin she’rni o’qiydigan bo’lsanshgiz sizning tasavvuringiz butunlay o’zgaradi. Murg’ak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham yerning aylanishi, onlarning o’tishi, shamolning esib turishi bidlan o’sib-ulg’ayishimiz, kamodl topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko’z o’ngimizdan o’tadi. Qilgan yaxshi-yomon ishlarimizni o’ylaymiz. «Yer aylanadi» - xuddi shu haqda bahs yuritadi: Asta-asta shamol esadi, Asta-asta yer aylanadi. Asta-asta odam o’sadi, Asta-asta aylanadi. Asta-asta ulg’ayar aql, Asta-asta yer aylanadi. Asta-asta yetilar naql, Asta-asta yer aylanadi… Boshlang’ich sinf o’quvchilari, xususan, 3-4 sinflar hayot murakkabligidan unchalik xabardor emas. Ular o’qituvchilarning ko’magida, o’zlari tinglagan badiiy asarlar yordamida olam mujizalari, va turmush bilan tanishib boradilar. O’qish faoliyatning asosiy turi bo’lib, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o’qish malakalarini o’stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi. O’qish malakasini egallash ancha murakkab bo’lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T.G.Yegorov o’zining «Ocherki psixologii obucheni detey chteniyu» nomli asarida o’qish malakalarini shakllantirish jarayonini ish bosqichiga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqichi va avtomatlashgan bosqich. 2.2. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at. To’g’ri o’qish so’zning uzun-qisqaligiga, o’quvchining so’z boyligiga, ya’ni so’zning leksik ma’nosini qanchalik bilishishga hamda so’zning bo’g’in va morfemik tarkibiga bog’lik. O’quvchilar ko’pincha quyidagi sabablarga ko’ra xatoga yo’l qo’yadilar: 1. So’zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o’rtasida ruxta sintez bo’lmagani uchun bola so’zning oldin tovush tomonini ko’radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So’zning ma’nosini esa e’tiboran chetda qoldiradi. 2. So’z ko’p bo’g’inli bo’lib, bola uni oldin eshitmagan bo’lsa, xatoga yo’l qo’yadi. 3. So’zning ma’nosini bilmaslik tufayli xatoga yo’l qo’yadi. 4. Tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadi. 5. To’g’ri o’qish yorug’likka va yorug’likning tushishiga ham bog’liq. 6. Undosh tovush so’zning o’rtasida va oxirida kelgan yopiq bo’g’inli so’zlarni o’qishga qiynaladilar. Xato o’qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi: 1. Matnni o’qitishdan oldin undagi o’qilishi qiyin so’z, birikma va gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so’zlarni bo’g’inlab o’qilishini mashq qildirish. 2. Matnni o’qishdan oldinuning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan so’zlarning lug’aviy ma’nosini tushuntirish. So’z ma’nosini izohlash usullarini aniqlash. 3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish. 4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o’qishlari uchun sharoit yaratish. 5. Oldin ichda o’qitish, so’ng ovoz chiqarib o’qitish. 6. O’qitishda o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni matnni oson, o’rtacha qiynlikda va qiyin o’qiladigan o’rinlarini belgilab olib, unga kuchli yetadigan o’quvvchilarga oldindan taqsimlab berish. 7. O’quvchilarning o’qishini muntazam tekshirib turish. 8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to’g’ri tuzatish yo’lini aniqlash. 9. O’quvchilarni xato qilish mumkin bo’lgan o’rindan ogohlantirib turish. 10. Xatchupdan foydalanish. 11. Xato o’qish o’quvchining shaxsiy ko’ruv sezgisiga bog’liq bo’lsa, bu jihatni ham xisobga olish. O’qituvchining tuzilishi murakkab so’zlarni oldindan xat-taxtaga yoki kartonga bo’g’inlarga bo’lib yozib qo’yib, o’quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o’qitish yaxshi natija beradi. O’quvchilar yo’l qo’ygan xato ikki xil yo’l bilan tuzatiladi: 1. O’quvchi so’z oxirdagi qo’shimchani noto’g’ri o’qisa, uni o’qishdan to’xtatmasdan xatoni to’g’rilash mumkin. 2. Xato o’qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o’qitish usulidan foydalaniladi. Bunda o’quvchiga o’qigan matni yuzasidan savol berilsa, o’quvchi e’tiborli bo’lib qayta o’qiydi. Tez o’qish me’yoriy tezlikda o’qish bo’lib, bunda o’qish sur’at matning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O’qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o’sib borishi lozim. O’qilayotgan asar mazmunini o’zlashtirishni, matn mazmunini ongli idroq etishni ta’minlaydigan o’qish tez o’qish deyiladi. O’qish sifatlarini eyaxshi o’zlashtirgan holda o’quvchilarning o’qish sur’ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og’zaki nutq tempiga to’g’ri keladigan o’qish sur’at normal tezlik hisoblanadi. Chunki o’ta tez ham, sekin o’qish ham matn mazmunini o’zlashtirishni qiynlashtiradi. O’qish tezligi bir daqiqada o’qiladigan so’zlar soni bilan belgilanadi. 2005 yilda e’lon qilingan o’qish dasturida 1-sinfning 2-yarim yiligida o’qish sur’at 20- 25 so’z (notanish matnni o’qish tezligi ham 20-25 so’z); o’quv yili oxirida 25-30 so’z; 2-sinfning 1-yarim yilligida matnni o’qish tezligi 30-35 so’z; 2-yarim yilligida 40-50 so’z; 3-sinfning 1-yarim yilligida 60-70 so’z; 2-yarim yilligida 70- 80 so’z; 4-sinfning 1-yarim yilligida ichida ovozsiz 110-130 so’z, ovozli o’qishga 90-100 so’z deb belgilangan. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir daqiqada bol 250 so’zli matnni o’qisa, undagi 200 ta so’zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo’g’inlab o’qisa, uning diqqat markazida so’z emas, bo’g’in bo’ladi. Natijada u so’zlarni eslab qola olmaydi. Bu 4-sinf o’quvchilarning o’qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so’zdan 100 so’zni eslab qoladi. Bu esayuqori ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4-sinfda bir daqiqada 170-180 ta so’z o’qiydigan o’quvchilar ham bor. O’qish tezligi to’rt davomida to’g’ri va ongli o’qish bilan bog’liq holda asta ortib boradi. O’qish tezligini tekshirganda o’qituvchi o’qiladigan materialning xarakterini, ya’ni g’oyaviy-mavzuviy marakkabligini, so’z va gaplarning tuzilishini, ularning bolalar nutqida qay darajada ishlatilishini, o’qishning to’g’ri va ongli bo’lishini hisobga oladi. O’quvchilarning o’qish tezligi har xil bo’ladi, albatta. O’qituvchining vazifasi barcha o’quvchilarning o’qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. O’qish san’atini oshirishga tez aytishlari, maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o’qishni mashq qilish kabilar samarali usullardan xisoblanadi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarda amalga oshiriladi. Lekin, o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqaradi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi takomillashtrib boradi. Ongli o’qish yaxshi o’qishning asosiy sifati xisoblanadi. Ongli o’qish o’qilgan matnning aniq mazmunini asarning g’oyaviy yo’nalishini, obrazlarni va badiiy vositalarning rolini tushunib o’qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqyea-hodisalarga o’z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o’qish o’z navbatida, o’quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so’zning leksik ma’nosini, gapda so’zlarning bog’lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog’liq. Hozirgi ongli o’qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma’noda: birinchidan. O’qish jarayonini egallashga nisbatan o’qish texnikasi ma’nosida, ikkinchidan, keng ma’nodagi o’qishga nisbatan o’qish texnikasi ma’nosida, ikkinchidan, keng ma’nodagi o’qishga nisbatan o’qish sifatlaridan biri ma’nosida qo’llanadi. Matnni ongli o’qish uchun o’quvchilar to’g’ri, me’yorida o’qishni egallangan bo’lishlari va o’qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O’quvchilar matnni ongli o’qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi. Tursunboy Adashboyevning yuqorida keltirilgan she’rlari ongli o’qish uchun namuna bo’la oladi. Ongli o’qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish xisoblanadi. O’qituvchi ongli o’qishni matnni ifodali o’qishga (agar ovoz chiqarib o’qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to’g’riligiga, asar voqyealari va kahramonlarning xatti-harakatiga bildirilgan munosabatiga qarab baholaydi. Ongli o’qish va ifodali o’qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan o’xshamaydigan o’qish sifatlaridir. Ifodali o’qish intonasiya – ohang yordamida asarningg’oyasi va jozibasini to’g’ri, aniq yozuvchi niyatiga mosravishda ifodali bilishdir. «ifodali o’qish adabiyotni aniq va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy shaklidir», deb ta’kidlaydi metodist olima M.A.Rыbnikova. Demak, «Ifodali o’qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emosionalligini intonasiya orqali o’quvchilarga ko’rgazmali qilib ko’rsatishdir. Ifodali o’qishning asosiy tamoyili o’qiladigan asar g’oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir». Boshlang’ich sinf o’quvchilariga dars jarayonida intonasiyaning ham roli katta ekanligini e’tiborga olish lozim, intonasiya og’zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementari: urg’u, nutq yempi va ritmi, pauza, ovozning pastbalandligining yig’indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi birgalikda asarning mazmunini, g’oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi. O’quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat: 1. Nutq jarayonida nafasni to’g’ri olish va to’g’ri taqsimlay bilish. 2. Har bir tovushning to’g’ri artikulasiyasi va aniq diksiya (burro gapirish) malakasini egallash. 3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash Bu shartlar faqat ifodali o’qishgagina emas, balki ifodali nutqa, ya’ni hikoya qilishga ham taalluqlidir. O’quvchining har qanday og’zaki hikoyasi ifodali bo’lishi zarur. Ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog’lanadi. Shuning uchun o’qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o’z nafasini boshqara olish va ovozdan to’g’ri foydalanishga o’rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi balan-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O’quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o’qish (gapirish)ga, nutqda tez, o’rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg’uni ifodalashga o’rganadilar. Ifodali o’qishga o’rgatishga o’quvchilar pauza va logik urg’u bilan ham tanishtiriladi. Ifodali o’qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi: 1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g’oyasini belgilash, ya’ni sarning g’oyaviymavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish. 2. Matnning qaysi joyda to’xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg’uning o’rnini, o’qish tempini belgilab olish. 3. O’qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqyeahodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodali olish matnni qayta o’qish. 4. Asrning mazmuni va g’oyaviy yo’nalishini tahlil qilish ifodali o’qishga o’rgatish bilan bog’lab olib boriladi. Ifodali o’qishga o’rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqyealarga o’z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shaklantirish uchun asarni o’qituvchining ifodali o’qishni muhim ahamiyatga ega. XULOSA Ma’lumki, malakaviy bitiruv ishni yoritish o’ziga xos qiyinchiliklarga ega. Biz imkon qadar o’z oldimizga qo’ygan rejalarni uddalashga intildik. Zero, bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomondan oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutlaqo bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqinda yordam beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalar o’qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o’qish o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» hamda «Ta’lim to’g’risida» qonunda o’z ifodasini topgan. demak, shunday ekan, tarbiyachilar, murabbiy va o’qituvchi ustozlarning, shoir va adib, olim va adabiyotshunoslarning oldida turgan eng asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g’urur tushunchasini shakllantirish, tarix sahnasida chaqnagan ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat yulduzlarining asarlarini o’rgatish va shu e’tiqod asosida tarbiyalab voyaga yetkazish muhim ishdir. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi. Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta’lim to’g’risida» qabul qilingan Qonunda ham xuddi ana shu masala ko’ndalang qilib quyilgan. Zotan xalqning bir bo’ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga etib ulg’ayib qoladi. Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat bilan qarash lozim. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chiqir uy-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirish zarur. Biz o’zimizning mazkur bitiruv malakaviy ishimizda yuqoridagi buyuk ma’suliyatini chuqur anglagan holda boshlang’ich sinflarning 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi»ga kiritilgan Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam, Tursunboy Adashboyevlar ijodidan namunalardan kiritilgan asarlarni tahlil qilishni lozim topdik. Albatta, boshlang’ich ta’lim maktablarining 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi» darsliklariga kiritilgan mavzular, xususan Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyev asarlarini, she’rlarini o’qish va o’rganish, mustaqil ishlar tashkil qilish o’qituvchi tomonidan uning rahbarligi ostida o’tkaziladi. Bu o’z navbatida, o’qituvchi tomonidan puxta o’ylangan, rejalashtirilgan, ma’lum sistemaga solingan va mazmunli bo’lishi talab qilinadi. Darhaqiqat, Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam, Tursunboy Adashboyevlarning asarlarini, she’rlarini dars jarayonida o’qish ishlarini, tahlil qilish, shuningdek, mustaqil o’qish ishlarini tashkil etish o’z e’tibori bilan yangilik sanaladi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Shoir Anvar Obidjon aytganidek: Obro’yingni baland tutmoq, E bolam, o’z qo’lingdadir. Sening olamdagi narxing Vatan, millat, tilingdadir. Download 109.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling