Xemotripsin ozuqa hazm bo’lishida ichakda ta’sir ko’rsatadigan ikkinchi proteolitik fermentdir. U oshqozon osti bezida va shu bez shirasida xemotripsinogen ko’rinishida faolsiz holatda bo’ladi. Ximotripsinogen tripsin ta’siri ostida xemotripsinga aylanadi. - Xemotripsin ozuqa hazm bo’lishida ichakda ta’sir ko’rsatadigan ikkinchi proteolitik fermentdir. U oshqozon osti bezida va shu bez shirasida xemotripsinogen ko’rinishida faolsiz holatda bo’ladi. Ximotripsinogen tripsin ta’siri ostida xemotripsinga aylanadi.
- Kuchsiz ishqoriy muhitda (pH 7-8) ichak shirasidagi tripsin va ximotripsin peptonlari parchalashini davom ettiradi, ichki peptid bog’lami katalitik gidrolizini tezlashtiradi, reaksiya natijasida peptonlar kichik molekulali polipeptidlargacha parchalanadi. Polipeptidlar, o’zida karboksipeptidazalar, aminopeptidazalar va dipeptidazalar a’sirida parchaianadi. Karboksipeptidaza polipeptid zanjirini erkin karboksil guruhli uchidan parchalasa, aminopeptidaza qarama-qarshi tomondagi, erkin amino guruhi bor uchidan parchalaydi.
- Dipeptidaza (bir necha dipeptidazalar mavjud) dipeptidlami erkin aminokislotalarga parchalaydi. Polipeptidlarning peptidazalar (aminopeptidaza, karboksipeptidaza va dipeptidazalar) ta’sirida fermentativ yo’l bilan gidrolizlanishi natijasida, ichakda erkin aminokislotalar hosil bo’ladi.
- peptidaza Karboksipeptidaza Hosil bo’lgan erkin aminokislotalar ichak devorlaridagi so’rg’ichlar orqali so’riladi.
- Shunday qilib, ovqat bilan qabul qilingan oqsillar to’liq aminokislotalarga parchaianadi. Aminokislotalar ichak devorlari orqali so’riladi va qonga o’tadi. Biroq aminokislotalaming bir qismi so’rilmasdan oldin mikroflora tomonidan oziq manbai sifatida foydalaniladi.
- Aminokislotalaming mikroblar ta’siri ostida parchalanishi ulaming aminlar, yog’ kislotalari, spirtlar, fenollar, indol, skatol, vodorod sulfid va bir qancha boshqa birikmalarga aylanishiga olib keladi. Bu jarayon oqsillaming ichakda chirishi deb ataladi. Dekarboksillanish, dezaminlanish
- va aminokislotalaming oksidlanish reaksiyalari natijasida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |