Mavzu: oqsillarga sifat va miqdor reaksiyalar
Download 217.21 Kb. Pdf ko'rish
|
biuret reaksiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Мазкур лаборатория ишланмасида организм учун муҳим бўлган полимер органик бирикмалардан бири оқсилларга бағишланган бўлиб
- Kerakli reaktiv va asboblar
NamDU fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsentlari A.SHeraliev va S.Mirzaevlarning “Jismoniy madaniyat” yo’nalishi talabalari uchun “Biokimyo ” fanidan “OQSILLARGA SIFAT VA MIQDOR REAKSIYALAR” mavzusidagi laboratoriya mashg’uloti uchun dars ishlanmasi Мазкур лаборатория ишланмасида организм учун муҳим бўлган полимер органик бирикмалардан бири оқсилларга бағишланган бўлиб, унда оқсилларни ва аминокислотарани биологик объектларда аниқлаш рангли реакциялари ва уларни бажариш тартиблари баён этилган REJA: 1. Oqsillarga hos rahgli reaksiyalar 2. Aminokislotalarga hos sifat reaksiyalar 3. Oqsillarni miqdorini aniqlash Oqsil va aminokislotalarning sifat va miqdorini aniqlashda ularda sodir bo'ladigan rangli reaksiyalardan keng foydalaniladi. Bu reaksiyalar ikki gruppaga bo'linib o'rganiladi. - 1. Oqsil tarkibidagi har xil ximiyaviy bog’lar borligidan yuzaga chiqadigan rangli reaksiyalar. 2. Aminokislotalarning funksional gruppalari bilan yuzaga chiqadigan rangli reaksiyalar. a) BIURET REAKSIYASI Kerakli reaktiv va asboblar: 1. Oqsil eritmasi. 2. karbamidning quruk holdagisi. 3. 10% li natriy gidroksid eritmasi. 4. 1 % li mis sulfat eritmasi. 5. Probirkalar. 6. Pipetkalar. 7. Shtativ. 8. Elektr plitka yoki gaz gorelka. Oqsil eritmasi ishqoriy muhitda mis sulfat ionlari bilan pushti-binafsha yoki ko'k-binafsha rang beradi. Rangning hosil bo'lishi, oqsil molekulasidagi peptid bog'larining mis ionlari bilan hosil qiladigan kompleksiga bog'liq. Biuret reaksiyasini oqsilning to'la parchalanmasligi natijasida hosil bo'ladigan pepton va polipeptidlar ham beradi. Bunday rangli reaksiyani karbamid (mochevina) ni qizdirgan paytda hosil bo'ladigan biuret ham beradi. Reaksiya quyidagi tenglamaga muzofiq boradi: Karbamid Biuret Biuret reaksiyasi paytida hosil bo'ladigan kompleksning rangi peptid zanjirining uzunligiga qarab har xil bo'lishi mumkin. Masalan, to'rtta aminokislota qoldig'idan iborat polipeptid beradigan kompleks qizil, tripeptid-binafsha rang va, nihoyat, dipeptid ko'k rang beradi. Biuret reaksiyasini o'z molekulasida — CS — NH — yoki — CH — NH — guruhi bo'lgan birikmalar va shuningdek, aminokislotalardan gistidin, amidlardan asparagin ham beradi. Biuret reaksiyasining rangi eritmadagi mis ionlari miqdoriga qarab o'zgaradi, ya'ni mis sulfat eritmasi ko'proq qo'shilsa ko'k rang, kamroq qo'shilsa pushti rang hosil bo'ladi. Download 217.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling