Mavzu: oqsillarga sifat va miqdor reaksiyalar


Download 217.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi217.21 Kb.
#1024888
1   2   3   4   5
Bog'liq
biuret reaksiyalar

Ishning bajarilishi. Ishni bajarish uchun yaxshi yuvilib quritilgan probirkaga 
karbamid kukunidan ozroq solib, elektr yoki gaz plitkada qizdiriladi. Qizdirish 
natijasida karbamid suyuq holatga o'tadi. Agar qizdirishni davom ettirsak, u yana 
qotadi. Karbamidning qattiq holatga o'tishi bilan qizdirish to'xtatiladi. 
Karbamidning qizdirilish paytida biuret hosil bo'ladi, ammiak esa havoga chiqib 
ketadi. Ammiakning chiqishini uning hididan bilish mumkin. 
Probirka sovigach, unga 1 ml natriy gidroksid eritmasi solib chayqatiladi va 
1—2 tomchi mis sulfat eritmasidan tomizilib aralashtiriladi. Natijada probirkadagi 
eritma pushti rangga o'tadi. Mis sulfatni qo'shishda ehtiyot bo'lish kerak. Agar 
undan ko'proq qo'shilsa, eritma ko'k-havo rangga o'tib ketishi mumkin. 
Bu ishni o'simlik oqsili bilan ham olib borish mumkin. Buning uchun 
probirkaga o'simlik oqsilidan solib, uning ustiga 1 ml natriy gidroksid eritmasi 
tomizib chayqatiladi. So'ngra 1—2 tomchi mis sulfat qo'shib, eritma asta-sekin 
aralashtiriladi. Probirkada binafsha rang hosil bo'ladi. 
Olingan natijalar asosida zaruriy xulosa chiqariladi. 
b) NINGIDRIN REAKSIYASI 
K e r a k l i r ye a k t i v v a a s b o b l a r : 1. Oqsil eritmasi. 2. 0,1% li 
glisin eritmasi. 3. 0,2% li ningidrin eritmasi; 4. Probirkalar; 5. Pipetkalar. 6. 
Shtativ. 7. Elektr plitka yoki gaz gorelka. 
Oqsillar, α- aminokislotalar va politeptidlar ningidrin bilan o'zaro reaksiyaga 
kirishib, zangori yoki binafsha rangli birikmalar hosil qiladi. Aminokislotalarning 
ningidrin bilan o'zaro ta'sir reaksiyasi tubandagi tenglamaga muvofiq sodir bo'ladi: 
Ningidrin Qaytarilgan ningidrin ( diketooksigidrinden) 
Qaytarilgan ningidrin va ammiak yana bir molekula ningidrin bilan o'zaro 
birikib, zangori-binafsha rangli birikma hosil qiladi: 


Chingidrin Diketooksigidrinden Ko'k binafsha rangli birikma 

Download 217.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling