Mavzu: oqsilning murakkablashgan ikkilamchi strukturasi. Reja: oqsillarning ikkilamchi sturukturasi oqsillarning uchlamchi sturukturasi


Qutbsiz yoki van-der-vaals bog`lari


Download 158.56 Kb.
bet4/5
Sana13.12.2022
Hajmi158.56 Kb.
#1000882
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oqsillarning ikkilamchi tuzilishi

Qutbsiz yoki van-der-vaals bog`lari – aminokislotalarni uglevodorod radikallari o`rtasida hosil bo`ladi. Alanin, valin, izoleysin, metionin, fenilalanin aminokislotalarining gidrofob radikallari suvli muhitda o`zaro ta’sirlashadilar. Kuchsiz van-der-vaals bog`lari globulyar oqsilning ichida qutbsiz radikallardan gidrofob yadro shakllanishiga olib keladi. Qutbsiz aminokislotalar qancha ko`p bo`lsa, van-der-vaals bog`lari polipeptid zanjirning qurilishida shunchalik katta ahamiyatga ega. Oqsilning barcha biologik xossalari tabiiy konformatsiya deb ataladigan strukturani saqlanishiga bog`liq.


Uchlamchi strukturaning asosiy xususiyatlari. Polipeptid zanjirini uchlamchi strukturasini konformatsiyasini unga kiradigan aminokislotalarning yon radikallarini xususiyatlari (ularning birlamchi va ikkilamchi struktura uchun ahamiyati yo`q) va muhit belgilab beradi. Oqsil polipeptid zanjirini taxlanishi davomida kamroq energiya sarflashga harakat qilinadi. Shuning uchun qutbsiz R-guruhlar suvdan ―qochib‖, polipeptid zanjirning gidrofob qoldiqlari qismi joylashgan joyni, ya’ni oqsillarning uchlamchi strukturasining ichki qismini hosil qiladi. Globulyar oqsilning ichki markazida suv molekulalari deyarli bo`lmaydi. Aminokislotalarning qutbli (gidrofil) R-guruhlari gidrofob yadroning tashqi tomonida joylashib, suv molekulalari bilan o`ralgan holatda bo`ladi.
1.11-rasm. Laktatdegidrogenaza I da polipeptid zanjirning domenda

taxlanishi.

Oqsilning to`rtlamchi strukturasi. Ko`pchilik oqsillar to`rtlamchi strukturaga ham egadirlar. Protomerlar va ular qismlarining bir-biriga nisbatan fazoviy joylashuvi oqsil molekulasining to`rtlamchi strukturasini tashkil etadi. Bu kabi oliy tuzilish daraja ayrim polipeptid zanjirlarining fazoviy konformatsiyasi

(shakli)ni tasvirlaydi. Molekula

massasi 30-50 mingdan ortiq oqsillar aksari bir nechta bir xil (yoki har xil) zanjirlardan tuzilgan. Ushbu zanjir

protomer deb atalib, butun molekulaning bir qismi (subbirligi) ni tashkil qilsa ham to`la biologik faoliyatga ega bo`lmaydi. Mana shunday subbirliklar to`planib, to`la




Download 158.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling