Mavzu: O'simlik to'qimalari va ularning ahamiyati mundarija: Kirish Asosiy qism


Download 0.62 Mb.
bet7/11
Sana30.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1414238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
201 O‘simlik to‘qimalari va ularining ahamiyati

5. Mexanik to‘qimalar.
O‘simlikda skelet bo‘lmaganligi sababli turli xil mexanik ta’sirlar: shamol, qor, yomg‘ir va o‘zining shox-shabbasi, bargi va mevalarini ko‘tarib turish vazifasini mexanik to‘mqimalar bajaradi. O‘simliklarning endigina hosil bo‘layotgan yosh organizmlarida mexanik to‘qimalar bo‘lmaydi. Ular turgor bosim yordamida o‘zini tutib turadi. Keyinchalik aytib o‘tilgan ta’sirlarga bardosh berish xususiyatiga ega bo‘lgan mexanik to‘qimalarga zarurat tug‘iladi. Aslida pishiqlik o‘simlikning barcha to‘qimalarining ishtirokida hosil bo‘ladi, lekin mexanik to‘qimalar tufayli bu pishiqlik bir necha marta otadi.
Mexanik to‘qimalarning hujayralari devorining juda qalinlashishi va tez-tez yog‘ochlanishi bilan farq qiladi. Ko‘pincha esa mexanik to‘qimalarning hujayralari o‘lik bo‘ladi. Mexanik to‘qimalar ularni tashkil qiluvchi shakli va turiga qarab: kollenxima, sklerenxima, sklereidlar deb ataladigan uchta asosiy guruhga bo‘linadi.
Ikki pallali o‘simliklarning o‘suvchi organlarida, poyasi, bargida, meva bandida kollenxima deb ataladigan maxsus mexanik to‘qima uchraydi. Kollenxima hujayralari tirik, sellyuloza po‘stli parenxima yoki cho‘ziq hujayralardir. Ko‘pincha kollenxima asosiy to‘qimaning chekkasida joylashib, o‘simlikning o‘suvchi organlarini mustaxkamlaydi. U, odatda, poya epidermisi ostida uzluksiz qat-qat bo‘lib joylashadi. Kollenxima ba’zan o‘simlik ildizida ham (karam, lavlagi) uchraydi.
Sklerenxima o‘simliklarda ko‘plab uchraydi. Ular ichki bo‘shliqlari suv va havo bilan to‘lgan qalin devorli o‘lik prozenxima hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning po‘sti, ko‘pincha, yog‘ochlashgan bo‘lib, ba’zida esa sellyulozadan iborat. Sklerenxima hujayralari, ba’zan tola deb ataladi va ular juda pishiq bo‘ladi.
Lub tolalari ham sklerenximaga kiradi. Ularning devori kletchatkadan iborat, ba’zan esa ko‘p yog‘ochlangan bo‘ladi. Lub tolalari poyaning asosiy to‘qimasi orasida dasta yoki chilvir shaklida joylashadi. Ular pektin moddalari bilan bir-biriga yopishgan alohida-alohida lub hujayralaridan iborat va amalda texnik tola deb yuritiladi. Ayrim o‘simliklarda ular ancha uzun. Masalan, nasha va jutda ularning uzunligi 4 mm, zig‘irda 60 mm, ramida 350 mm gacha va undan ham uzun bo‘ladi.
Pishiq va egaluvchan lub tolalaridan turli gazlamalar va ip yigirishda foydalaniladi. Zig‘ir, kendir va rami tolalaridan qimmatbaho gazlamalar, ancha dag‘al tolali kanop va jut tolalaridan qop, brezent, arqon qilinadi.
Lub tolalariga o‘xshash, lekin kuchli yog‘ochlangan tolalar libriform deb ataladi. Bu tolalar ko‘p uchraydigan daraxtlar, jumladan eman, kashtan, grab, shamshod yog‘ochi juda mustahkam va pishiq bo‘lib, mexanik ta’sirlarga o‘ta bardoshli bo‘ladi. Lub tolalari esa o‘simlikning egiluvchanligini oshiradi.
Sklereidlar yuqoridagi ikkala to‘qimaga ham kirmaydi. Ular alohida tosh hujayralari holatida bo‘ladi. Bular juda qalin va yog‘ochlashgan po‘stli, radial kanalchalar shaklidagi teshikchalari bo‘lgan o‘lik parenxima hujayralardir.
Tosh hujayralar mevalarning qattiq devorida va ko‘p o‘simliklarning urug‘ida bo‘ladi. Yong‘oq, o‘rik, shaftoli kabi o‘simliklarning danagi tosh hujayralari tufayli qattiq bo‘ladi. Ular nok va behi kabi mevalarning etida ham uchraydi.
Mexanik to‘qimalar o‘simlikda ma’lum tartibda joylashib, ular qurilishdagi armatura vazifasini bajaradi. Mexanik to‘qimalar orasida joylashgan boshqa barcha to‘qimalar esa go‘yo armaturalar atrofini to‘ldirib turgan beton vazifasini bajaradi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling