Mavzu: O'simlik to'qimalari va ularning ahamiyati mundarija: Kirish Asosiy qism
Download 0.62 Mb.
|
201 O‘simlik to‘qimalari va ularining ahamiyati
Traxeidlar. Bir necha mm uzunlikdagi prozenxima hujayralardan iborat. Shakllangan traxeidlar qalin hujayra devoriga ega bo’ladi va o’lik hujayralar hisoblanadi. Traxeidlarning hujayra qobig’i qalinlanish xususiyatiga ega. Ular halqasimon, spiralsimon, narvonsimon yoki to’rsimon shakllarda qalinlashadi. Traxeidlar tuzilishi jihatidan naylarga o’xshash, ammo ularga nisbatan oldin kelib chiqqan oddiy suv o’tkazuvchi element desa bo’ladi.
Naylar. Naylar uzun (bir necha sm yoki metr), ichi bo’sh hujayralarning tik qatoridan iborat. Ular parenxima hujayralarning tik qatoridan hosil bo’lib, ko’ndalang devorlari erib ketadi. Bir-birlari bilan yonma-yon joylashgan hujayralar nayga aylanadi. har bir hujayra nayning ayrim a'zosi bo’lib qoladi. Hujayralarning ko’ndalang devorlarini erib ketishidan qolgan qismi perforatsion plastinka deb ataladi. Perforatsion plastinkada bir necha teshikchalar bo’lsa, narvonsimon perforatsiyalar hosil bo’ladi. Agarda unda bitta yirik teshik bo’lsa, oddiy perforatsiya deb ataladi. Hujayra devorlarining qalinlashish xarakteriga ko’ra halqasimon, spiralsimon, narvonsimon, to’rsimon va nuqtasimon naylar farq qilinadi. Lubning ikkinchi bir elementi parenximadir. Parenxima hujayralarda almashinuv reaksiyalari faol boradi va odatda zahira moddalardan kraxmal donachalari, moylar har xil organik birikmalar, shuningdek, tannid va smola kabilar to’planadi. Lub tarkibiga mexanik to’qima sklerenxima, ya'ni lub tolalari kiradi. Ular morfologik jihatdan yog’ochlik tolalariga o’xshash, ammo ko’pchilik o’simliklarda. uzunroq bo’lishi va ikkilamchi lublar farq qilinadi. Birlamchi lub o’sish konusidagi uchki meristema-prokambiy boylamlaridan kelib chiqadi. Ikkilamchi lub esa kambiy faoliyati natijasida vujudga keladi. O’tkazuvchi nay tolali boylamlar o’simlikda keng tarqalgan umumiy to’qimalardan biri bo’lib, uning barcha organlarida uchraydi. U o’tkazuvchi, mexanik va asosiy to’qimalardan iborat. O’kazuvchi nay tolali boylamlar tarkibiga kiruvchi yog’ochlik va lub har xil shaklda joylashishi mumkin: 1. Kollaterial yoki yonma-yon jolashgan boylamlar. Yog’ochlik va lub bir radiusda biri ikkinchisi bilan bevosita yonma-yon joylashadi. Bunday turdagi boylamlar ko’pchilik bir va ikki pallali o’simliklar poyasi uchun xarakterlidir. 2. Bikollaterial yoki ikki yonli boylamlar. Bunday turda lubning ikki bo’lagi, ya'ni ichki va tashqi lublar ksilema bilan chegaralanadi. Bikollaterial boylamlar gulli o’simliklar poyasida kollaterial turga nisbatan kam uchraydi. Ularni qovoqdoshlar, ituzumdoshlar, qo’ng’roqguldoshlar va qoqio’tdoshlar kabi oila vakillarida uchratiladi. 3. Kontsentrik yoki halqali boylamlar. Bunda yog’ochlik halqa tarzida lub yoki aksincha, lub yog’ochlik o’rab oladi. Shunga ko’ra, amfibazal boylamlar va amfkiribral boylamlar farq qilinadi. halqali boylamlar bir pallali o’simliklarning yer ostki organlarida va bir pallali daraxtsimon o’simliklarning ikkilamchi o’sishida kuzatiladi. 4. Radial yoki shulasimon boylamlar. Lub va yog’ochliklar har xil radiusda joylashib, ular bir-birlari bilan bevosita chegaralanib turmaydi. Ularni parenxima to’qimasi ajratib turadi. Radial boylamlar bir pallali o’simliklarning ildizlarida va ikki pallalilarning birlamchi tuzilishida hosil bo’ladi. O’tkazuvchi naylar to’plamini mikroskopsiz ham ko’rish mumkin. Ayniqsa, barglardagi tomirlar-o’tkazuvchi naylar to’plami ko’zga yaqqol ko’rinadi. Shuningdek, o’tkazuvchi naylar to’plamini ayrim o’simliklarning poyalarida ham (yumshoq asosiy to’qimalar orasida) aniq ko’rish mumkin, masalan, ular makkajo’xori poyasining ko’ndalang kesimida, bargizub bargida va boshqa o’simliklarda aniq ko’rinadi. Xulosa O‘simtanasida alohida vegetativ, ya’ni o‘sish va rivojlanishni ta’minlaydigan organlarning vujudga kelishi ular tanasi tuzilishining takomillashuvi va funksiyalarning taqsimlanishi, to‘qimalarning murakkablashuvi juda uzoq davom etgan o‘simliklar dunyosining evolutsiyasi sanaladi. O‘simliklarda dastlab himoya vazifasini bajaradigan, ularni qurib qolishdan saqlaydigan, mexanik ta’sirlanishning oldini oladigan qoplovchi to‘qima vujudga kelgan. O‘simliklarning yerosti va yerusti qismlarining tashqi muhitdan hayot faoliyati uchun zarur bo‘ladigan anorganik moddalar (mineral tuzlar, suv, karbonat angidrid), fotosintezda sintezlangan organik birikmalarni barcha hujayralarga yetkazilishini ta’minlaydigan o‘tkazuvchi to‘qimaning hosil bo‘lishi ular hayotining davomiyligini ta’minlagan. Havo muhitidagi shamol va boshqa mexanik ta’sirlarga barham berish imkoniyatini beradigan mexanik to‘qimaning shakllanishi paleozoy erasining silur davrida dastlabki quruqlik o‘simligi – psilofitlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. O‘simliklarning suvli muhitdan quruqlikka chiqishi va tabiatning noqulay sharoitiga moslashgan psilofitlarning paydo bo‘lishi o‘simliklar olamidagi yirik aromorfozlarning biri sanaladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling