Mavzu: O'simlik to'qimalari va ularning ahamiyati mundarija: Kirish Asosiy qism


Download 0.62 Mb.
bet6/11
Sana30.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1414238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
201 O‘simlik to‘qimalari va ularining ahamiyati

4. Qoplovchi to‘qimalar.
Yuksak o‘simliklarning organlari tashqaridan qoplovchi to‘qimalar bilan o‘ralgan. Qoplovchi to‘qima gerbetsidlar (begona o ‘simliklarni kimyoviy usulda yo‘qotish maqsadida ishlab chiqarilgan preparatlar) ta’siriga nisbatan javob reak­ siyasi ham aynan, kutikula qavati qalinligiga bog‘liq. Ayrim o‘sim!ik turlarida kutikula qavatida sintezlanuvchi mumsimon moddalar miqdori turli xil amaliy maqsadlarda foydalanish uchun ajratib olinadi. Masalan, kamaba (Carnauba) o ‘simlik turining barglari kutikula qavatida to‘planuvchi mumsimon moddalardan qadimdan turli xil mahsulotlarning yuza qavatini mumlash maqsadlarida foydalanilgan. Qadimda o ‘simlik barglaridan ajratib olingan mumsimon moddalardan shamlar tayyorlangan. 0 ‘simlik barglarining epidermis qavati hujayralari o‘zaro perpendikular holatda joylashgan bo‘lib, mikroskop ostida o ‘ziga xos mozaika shaklida ko‘rinadi. 0 ‘simlik ildizi epidermis qavatida naychasimon kengaygan sohalar hosil bo‘ladi va bu sohalar - ildiz tuklarideb nomlanadi. Ildiz tuklari ildizning tashqi so‘ruvchi yuza maydonini kattalashtiradi. 0 ‘simlikning yer ustki qismi organlarining epidermis qavatida ham turli xil lipdagi tuklar shakllanadi. Bu tukchalar trixomalar deb atalib, bitta yoki bir nechta hujayralardan tashkil topadi. Tukchalar (trixomalar) oddiy yoki bezli bo‘ladi. Oddiy tukchalar tezda nobud bo‘ladi va ichi havo bilan to‘ladi. Yosh barglarda oddiy tukchalar quyosh nurini kam singdirib, bug‘lanishni kamaytiradi. Bezli tuklar yalpizdoshlar oilasi vakillarida kuchli rivojlangan bo‘Iib, turli efirlarni ajratadi. 0‘simlik barglarining epidermis qavatida ustitsalar (barg og‘izchalari) mavjud bo‘lib, ular ikkita loviyasimon hujayralardan iborat bo‘ladi. Barg og‘izchalari ortiqcha suv bug‘lanishini boshqarishda va gaz almashinishida ishtirok etadi Shuningdek, o'simliklarda ksilema, sklerenxima hujayralarining rivojlanish darajasi ham tashqi ekologik muhitga bog‘Iiq.Masalan, suv muhitida o‘suvchi o‘simlik turlarida ksilema qavati hujayralari kuchsiz darajada rivojlangan bo'lib, quruqlik sharoitida o'suvchi daraxtsimon o ‘simliklarda esa - ksilema hujayralari juda yaxshi rivojlanadi. Ko‘p yillik o ‘simliklarda va daraxtlarda epiderma o ‘rnini periderma qavati egallaydi Periderma. Daraxtsimon o'simliklarda epiderma qavati hujayralari o ‘rnini periderma qavati egallaydi. Periderma uch qavatdan: Idlema (po‘kak), fellogen (po‘kak kambiysi) va fellodermadan iborat. .Sovuq tushishi bilan epiderma hujayralarida suberin moddasisinezlanadi va natijada po‘kak qavati shakllanadi. Po‘kak qavati o ‘lik hujayralardan tashkil topgan bo'Iib. o ‘zidan suv va gazlarnio ‘tkazmaydi. Fellogen yoki po‘kak kambiysi hujayralari tirik, yupqa po‘stli, cho'ziq yadroli, yassi shaklli hujayralardan iborat bo'ladi. Fellogen qavati hujayralari tangental to‘siq bilan bo‘linib, tashqitomonga qarab po‘kakni, ichki tonga qarab fellodermani shakllantiradi. Periderma qavati hujayralari asosan, daraxtlaming tashqi qobig‘ini tashkil qiladi va ma’lum darajada to‘g ‘ri burchak shaklidagiqutisimion hujayralardan iborat bo'ladi. Ayrim o'simliklarda kambiy hujayralari erkin holatda joylashgan parenxima hujayralaridan tashkiltopgan cho'ntaksimon sohalami hosil qiladi. Bu sohalarda suberinmoddasi sintezlanmaydi. Bu shakldagi sohalar periderma qavatining yuza qavatida hosil bo'ladi va odatda, bu oraliq hujayralar o'simlik poyasi va tashqi atmosfera havosi o'rtasida gaz almashinuvida ishtirok etadi. Daraxtlaming tashqi yorilgan po'kak qavatida bu sohalami vaqqol kuzatish mumkin. Ayrim daraxtlaming tashqi po'kak qismi ishlab chiqarish maqsadlarida turli xil mahsulotlar tayyorlashda foydalaniladi, masalan - idishlar uchun tiqinlar, linoleum to‘shamalari va texnik qurilmalarda tarkibiy qismlar oral iqlarida ishqalanishni kamaytiruvchi materiallami ishlabchiqarishda qo‘ilaniladi. Po‘stloq (ritidom) - ko!p yillik daraxt o'simliklaming poyalarida po‘kak o ‘mini asta-sekin quruq po‘stloq egallaydi. Shu sababli uni ba’zan uchlamchi qoplovchi to'qima ham deyiladi. Markaziysilindrdan ajralgan va uning tashqi tomonida joylashgan po‘stloqning o ‘lik to‘qimalar yig‘indisiga quruq po‘st!oq deyiladi. Demak, quruq po‘stloq bu hujayralari o ‘lgan har xil to‘qimalar yig‘indisidir. Quruq po‘stloq daraxt va butalarning qoplovchi to‘qimasi hisoblanadi. Po ‘как kambiy qavati hujayralaridan shakllangan periderma -bu о‘simlik poyasida ikkilamchi to ‘qima hujayralari bo ‘lib,daraxtsimon o'simlxklar poyasida va ildizida epidermis va tashqi po ‘как qobiqni hosil qiladi, Ayrim ikki urug ‘pallali о ‘simlik turlarida yoshi kattalashishi bilan alohida joylashgan periderma qavati hujayralari shakllanadi to'qima
Qoplovchi to‘qimalarning esa 3 ta tipi mavjud. Bular epiderma, probka va po‘stloq. Epiderma qatlami dastlab o‘simlikning barcha kismini o‘rab turadi. U o‘simlikning butun hayoti davomida uning ayrim organlari, xususan yosh novda va barglarida saqlanib qoladi. Ko‘p yillik o‘simliklarda uning eniga o‘sishi asnosida o‘zgarib, dastlabki vegetasiyaning oxiridayoq ikkilamchi qoplovchi to‘qima – probka bilan o‘rin almashadi.
Epiderma nisbatan bir xil tirik hujayralarning qatoridan hosil bo‘lgan. Epiderma ustidan kutikula deb ataluvchi qavat qoplangan. U bargni bo‘kib qolishdan saqlash uchun xizmat qiladi, chunki bargga tushgan suv tomchilarini ichkariga o‘tkazmaydi. Epiderma bundan tashqari, o‘zida turli xil mineral tuzlarii shimib, qattiq qavat hosil qilishi mumkin. Masalan, qamishda.

Epidermada suvni kam bug‘latish uchun xizmat qiladigaa tuklar ham mavjud. Ular shakli, uzun-qisqalngiga ko‘ra turli-tumandir. Bu tuklar ba’zan mineral moddalarni shimib qotadi, ba’zan yog‘ochlanib o‘tkirlashadi (qovoqda).
Shunday tuklardan g‘o‘za urug‘i po‘stining tukidir. Uni biz qimmatbaho ashyo sifatida yaxshi bilamiz. Chayon o‘tining tuklarida chumoli kislotasi bo‘lib, kuydiruvchi xususiyatga ega.
Epiderma qavati bilan qoplangan etni tashqi muhit bilan aloqasi og‘izchalar orqali bo‘ladi. Og‘izchalar ikkita yarim oy shaklidagi hujayralar bo‘lib, ular o‘zining shakli va yashil plastidalari borligi bilan boshqa hujayralardan farq qiladi. Bu ikki hujayralarni cho‘zinchoq hujayralararo bo‘shliq ajratib turadi va bu og‘izchani ochilib-yopilishini boshqarib turadi. O‘simlikning fiziologik holatiga qarab bu teshikcha ochilishi, yopilishi yoki shunchaki qisqarishi mumkin. Og‘izcha orqali karbonat angidrid barg ichkarisiga kiradi, erkin kislorod esa atmosferaga chiqadi. Og‘izchalar bargning ostki qismida ko‘proq bo‘ladi. Bargdagi og‘izchalarning soni o‘simlik turiga, uning yashash sharoitiga qarab turlicha bo‘ladi va o‘rtacha 100-300 tadan 1000 tagacha va undan ham ko‘proq bo‘ladi.
Odatda, epiderma o‘simlikda bir necha haftadan bir necha oygacha umr ko‘radi va uning o‘rnida ikkilamchi qoplovchi to‘qima – probka hosil bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi uchun maxsus ikkilamchi meristema zarur bo‘lib, u epidermaning o‘lishi bilan yuzaga keladi. Ikkilamchi meristema probka kambiysi yoki fellogen deb ataladi. Odatda, u bir qavat chekka tomoni bilan cho‘zilgan bo‘linuvchi hujayralar qavatidan iborat bo‘ladi. Bo‘linish esa poya yuzasiga parallel tarzda amalga oshib, bu hujayralarning chekka po‘sti qalinlashib boradi va sekin-asta protoplastini yo‘qotadi. Oqibatda probka hosil bo‘ladi. SHu sabab probka hujayralari o‘liqdir.
Probka kambiysi ikki tomonga ishlaydi. Tashqi tomonga ajralgan hujayra qatlami probka to‘qimasiga aylanadi. Hujayralarning ko‘proq qismi esa ichki, ya’ni poyaga tomon ajratiladi va ular tirikligicha qoladi. Uni felloderma deb ataladi. Probka to‘qimasi, probka kambiysi va felloderma birgalikda periderma deb yuritiladi.
Probka kambiysi turli o‘simliklarda turlicha umr ko‘radi. Odatda, bir necha oydan keyin nobud bo‘lib po‘stloqning chuqurroq qavatida probqa kambiysining yangi qatlami hosil bo‘ladi. Bunday holatda undan oziqlana olmaydi va o‘la boshlaydi. Bu o‘lik to‘qimalar yig‘indisi esa po‘stloq deyiladi. Aslida po‘stloq uchlamchi qoplovchi to‘qima bo‘lib, u yorilib-yorilib bo‘lakchalar holida bo‘ladi. Ko‘p yillik o‘simliklarda quruq po‘stloq muhim himoya vazifasini bajaradi. U o‘simlikni issiq-sovuqdan, hayvonlardan qo‘riqlaydi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling