Mavzu: O'simlik to'qimalari va ularning ahamiyati mundarija: Kirish Asosiy qism
Hosil qiluvchi (meristema) to‘qimalar. Apikal, loteral va interkalyar meristemalar
Download 0.62 Mb.
|
201 O‘simlik to‘qimalari va ularining ahamiyati
2. Hosil qiluvchi (meristema) to‘qimalar. Apikal, loteral va interkalyar meristemalar.
Hosil qiluvchi to‘qima meristema (yunoncha so‘z bo‘lib, meristos-bo‘linish) bo‘lib, yangi hujayralarni va to‘qimalarni hosil qilish xususiyatiga ega va o‘simliklarning o‘sishini ta’minlaydi. Meristema to‘qimasi behisob bo‘linish xususiyatiga ega va uni ko‘p vaqt saqlab qoladigan bir qancha initsial hujayralarga ega. Ulardan o‘simliklarning barcha to‘qima va organlari hosil bo‘ladi. Hosil qiluvchi to’qimalar o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi, chunki ularning ishtirokisiz o’simliklar o’smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi. Hosil qiluvchi to’qimalar o’simliklarda joylashgan o’rniga ko’ra 4 xil bo’ladi: 1) Tepa- apikal meristema; 2) Interkalyar meristema; 3)Yon meristema; 4) Yara meristema. Hosil qiluvchi to’qimalarni hujayrasini yadrosi yirik, tez-tez bo’linish xususiyatiga ega bo’ladi. Hosil qiluvchi to’qimani o’zi kelib chiqishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1) Birlamchi hosil qiluvchi to’qima- prokambiy; 2) Ikkilamchi hosil qiluvchi to’qima- kambiy; Prokambiy to’qimasi o’simlik organlarining o’sish nuqtalarida ildizning va poyaning uchida, ya’ni o’sish konusida bo’ladi. O’sish konusidagi hujayralarning bo’linishi hisobiga ildiz va poya bo’yiga o’sadi. Birlamchi hosil qiluvchi to’qima (meristema) o’sish konusining eng uchida joylashgan bitta dastlabki hujayraning ketma-ket bo’linishi natijasida rivojlanadi. Keyinchalik bu hujayradan kelib chiqishiga ko’ra birlamchi hisoblangan har xil to’qimalar ajraladi. Birlamchi meristemadan cho’ziq va ingichka hujayralar guruhi ham ajralib chiqa boshlaydi va ular o’sish konusining birmuncha pastida joylashadi. Har tomonga qarab, zo’r berib bo’linish xususiyatiga ega bo’lgan hujayraning bu guruhi prokambiy deb ataladi. Prokambiy hujayraning zo’r berib bo’linishi natijasida keyinchalik o’tkazuvchi va mexanik funksiyani bajaruvchi ikkita doimiy to’qima, birlamchi yogochlik, ya’ni ksilema va birlamchi lub, ya’ni floema hosil bo’ladi. Prokambiy to’qimasi asosan bir pallali o’simliklarda uchraydi. Birlamchi yog’ochlik va birlamchi lubni hosil qilgandan keyin bir pallali o’simliklarda o’zi yo’q bo’lib ketadi. Ikki pallali o’simliklarda esa yoshlik vaqtida bo’ladi. Birlamchi yog’ochlikni va birlamchi lubni hosil qilib o’zi yo’qola boradi. Yo’qolib borayotgan bir qism prokambiy hujayralarini qayta bo’linib ko’payishidan kambiy to’qimasi vujudga keladi. Kambiy to’qimasi hosil qilishda davom etadi va chetga tomon ikkilamchi lub, markazga tomon ikkilamchi yog’ochlik kattalashadi. Natijada ikki pallali o’simliklarni o’z organlari o’sib, yo’gonlashadi. Yillik halqalar kambiy to’qimasining faoliyati tufayli vujudga keladi. Alohida qoplovchi to’qima-po’kak hosil qiluvchi kambiy ham ikkilamchi hosil qiluvchi to’qimaga kiradi. Hosil qiluvchi to’qimalar o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi, chunki ularning ishtirokisiz o’simliklar o’smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi. Aytib o‘tilganidek, meristema boshqa to‘qimalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi, o‘sishni ta’minlovchi to‘qimadir. Kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi, o‘simlikda joylashishiga qarab apikal yoki uchki, loteral yoki yon va interkalyar yoki qo‘shimcha meristemalarga bo‘linadi. Apikal meristemalar o‘z navbatida vegetativ shoxcha apikali, hosil shoxlari apikali va ildiz apikaliga bo‘linadi. Shunday qilib, hosil qiluvchi to‘qimalar ildiz va novdaning uchki qismida joylashadi. Ular faqat asosiy novdaning emas, balki yon shoxlar va ildizning barcha tarmoqlari uchki qismida joylashadi. Loteral meristemalarga o‘tish davrida doimiy bo‘linib silindr hosil qiluvchi, poya va ildizning ichidagi hujayralar – perisikl i keyinchalik o‘zgarib, o‘tkazuvchi to‘qimalar hosil qiluvchi – prokambiydan iborat (bu haqda keyinchalik to‘xtalib o‘tamiz). Interkalyar meristema esa poya va bargning alohida uchastkalarida joylashadi. Birlamchi meristemalardan barcha tipdagi birlamchi to‘qimalar hosil bo‘ladi. Ikkilamchi meristemalar esa ilgari birlamchi meristemalardan hosil bo‘lgan doimiy to‘qimalardan hosil bo‘ladi. Bu ikkilamchi to‘qimalar bog‘lamlararo kambiy yoki probka kambiysi deb yuritiladi. Meristema hujayralari qulay sharoitda doimiy bo‘linib turish qobiliyatiga ega. Agarda bo‘linish tez kechsa, undan hosil bo‘ladigan hujayralar kalta va keng, o‘tmas uchli bo‘lib parenxima hujayralari paydo bo‘ladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling