Mavzu: O'simlik to'qimalari va ularning ahamiyati mundarija: Kirish Asosiy qism
Download 0.62 Mb.
|
201 O‘simlik to‘qimalari va ularining ahamiyati
6. O‘tkazuvchi to‘qimalar.
O‘simliklarda suv va unda erigan mineral moddalarni ildizdan poya orqali yuqoriga ko‘taruvchi, fotosintez natijasida hosil bo‘lgan organik moddalarni boshqa organlarga olib borish vazifasini o‘tkazuvchi to‘qimalar bajaradi. Ularning birinchisi ko‘tariluvchi, ikkinchisi tushuvchi oqim deyiladi. Ko‘tariluvchi oqim naycha va traxeidlar orqali, tushuvchi oqim esa to‘rli naychalar va ularning yo‘ldosh hujayralari orqali amalga oshadi. Yopiq urug‘li o‘simliklarning naychalari juda ingichka kapillyarlardan iborat bo‘lib, ular hujayralarning uzun qatoridan hosil bo‘lgan. Bu hujayralarning ko‘ndalang to‘siqlari qisman va butunlay erib ketadi, naychalar devori yog‘ochlashib, hujayralar protoplasti nobud bo‘ladi va naychalar ichi suv bilan to‘la o‘lik naychaga aylanadi. Ularning uzunligi turli o‘simliklarda turlicha bo‘lib, 10 sm dan 2-3 m gacha bo‘ladi. Naychalar birlashgan joydan suv teshikchalar orqali o‘tadi. Naychalarning po‘sti qalinlashishiga qarab, naychalar qalinlashgan qismi bilan qalinlashmagan qismlari navbatlashgan halqali devorlari spiral shaklida qalinlashgan spiral, devorlari qalinlashgan to‘rga o‘xshash to‘rli, qalinlashgan joyi yupqa joy bilan navbatlashib turuvchi narvon shaklidagi narvonsimon, po‘stining sirtida nuqta yoki doirachalar shaklidagi devorigina qalinlashmagan nuqtali naychalar bo‘ladi. Teshikchalarini tuzilishiga qarab esa oddiy va hoshiyali teshikchalar bo‘ladi. Oddiy teshikchalar silindrsimon kanalchalardan iborat bo‘lib, hujayra bo‘shlig‘idan boshlanadi va po‘stning ikkilamchi qavati orqali o‘tib, birlamchi po‘stning qalinlashmagan qismiga kelib taqaladi. Hoshiyali teshikchalar kanalchasi hujayra bo‘shlig‘idan chiqishi bilan juda kengayadi va hujayra po‘stining ikkilamchi qatlamlari uning ustidan yuqori tomonida teshik bo‘lgan qubbaga o‘xshash o‘siq hosil qiladi. Qo‘shni hujayralarda ham xuddi shunday qubba hosil bo‘ladi va har qaysi hujayra teshikchalari bir-biriga ro‘baro‘ kelib turadi. Naychalar eskirgan sari ishdan chiqa boshlaydi. Bunda ular teshikchali kanallar orqali tortilib kelayotgan bir-biriga yondosh parenxima hujayralari bilan tiqinlanadi. Parenxima hujayralarining naychalarini tiqinlovchi o‘simtalari til deb ataladi. Boshqa o‘tkazuvchi to‘qima – traxeidlar ham o‘simliklar organizmida naychalar singari o‘tkazuvchi vazifani bajaradi. Traxeidlar ham ingichka uchli va yog‘ochlashgan qalip devorli o‘lik prozenxima hujayralaridir. Ularning ko‘ndalang to‘sig‘ida juda ko‘p kanalchalar bor. Ko‘ndalangiga kesib qaralsa, ular to‘rga yoki elakka o‘xshab ko‘rinadi va shu sababli to‘rli naychalar deb yuritiladi. Yondosh ikkita hujayra plazmasi ana shu naychalar orqali birlashadi, yuqoridan pastga tushayotgaya suv ham ana shu naychalardan o‘tadi. To‘rli naychalarning uzunligi, odatda 0,3-0,5 mm dan oshmaydi, faqat lianalarda 1-2 mm gacha etadi. Bir pallalilarda to‘rli naychalar o‘simlik organining butun umri davomida faoliyat ko‘rsatadi. Ikki pallalilarda yozning oxirida nobud bo‘ladi va teshiklarn bitib qoladi. Bu bog‘lamlarga naychalar, traxeidlar va yo‘ldosh hujayralari bilan birga to‘rli naychalar kiradi. Ana shunga o‘xshash bog‘lamlar faqat to‘rli naychalardan yoki faqat naycha va traxeidlardan tuzilgan bo‘lsa, oddiy bog‘lam deyiladi va ular barglarning eng ingichka tomirida uchraydi. Biroq oddiy va to‘rli naychalarga ko‘pincha parenxima hujayralari, shuningdek, lub va yog‘ochlik shaklidagi mexanik elementlar ham qo‘shiladi, natijada to‘qimalarning murakkab birikmasi – tolali-naychali bog‘lamlar hosil bo‘ladi. Tuzilish jihatdan bu bog‘lamlar lub yoki floema va yog‘ochlik yoki ksilema deb ataladigan ikkita asosiy qismga bo‘linadi. Ksilema tarkibiga naychalar va traxeidlar, shuningdek, yog‘ochlik tolalari va yog‘ochlik pareyaximalar kiradi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling