Mavzu: O‘simliklar fiziologiyasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi
Download 117.05 Kb.
|
Мустақил иш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vezikular transport.
Aktiv transpo rt.
Moddalarning konsentratsiya gradiyentiga qarshi harakatlanishi boʻlib, energiya sarfi orqali amalga oshadi. Aktiv transport qanday energiyadan foydalanilishiga qarab ikki turga: birlamchi aktiv transport va ikkilamchi aktiv transportga boʻlinadi. Aktiv transport asosan nasoslar va maxsus tashuvchi oqsillar orqali amalga oshadi. Agar modda ATF energiyasi hisobiga tashilsa birlamchi aktiv transport (K/Na ion nasoslari) deyiladi. Bunda ATF energiyasi hisobiga 3ta natriy hujayra tashqarisiga, 2ta kaliy hujayra ichkarisiga yaʼni konsentratsiya gradiyentiga qarshi tashiladi. Ion nasoslar alfa va betta subbirliklardan tuzilgan boʻlib, deyarli barcha muhim qismlar alfa subbirligida joylashadi. Bir modda boshqa moddaning energiyasi hisobiga tashilsa ikkilamchi aktiv transport deyiladi. Ikkilamchi aktiv transportda – konsentratsiya gradiyenti boʻyicha harakatlanuvchi moddaning harakat energiyasi hisobiga boshqa modda harakatlanadi. Bu transport oʻz navbatida kotransport (simport) hamda kontratransport (antiport) shaklida boʻladi. Simport mexanizmda aktiv tashiluvchi modda, gradiyent boʻyicha harakatlanuvchi modda bilan bir xil yoʻnalishda harakatlansa, antiport mexanizmda teskari yoʻnalishda harakatlanadi.[5] Vezikular transport. Vezikular transportda – hujayra membranasining butunligi saqlangan holatda moddalar tashilishi yuzaga keladi. Bu transport usulida moddalarning hujayraga kirishi yoki chiqarilishi vezikula deb nomlangan pufakchalar orqali boradi. Bu pufakchalar hujayra membranasi yoki hujayraning boshqa qismlaridan hosil boʻladi. Vezikular transport oʻz ichiga endositoz hamda exzositoz deb nomlangan jarayonlarni qamraydi. Endositoz – vezikulalar orqali turli moddalarning hujayra ichiga kirishi boʻlib, oziqlanish, signallarni qabul qilish va hujayraning shaklini oʻzgarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekzositoz – moddalarning vezikula orqali hujayradan chiqarilishi boʻlib, vezikulalar organellalardan hosil boʻladi va membrana bilan qoʻshilib chiqariladi. Ekzositoz bezlar sekretsiyasi, ayirish va signallarni uzatish jarayonlarida muhim ahmiyat kasb etadi. Download 117.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling