Mavzu: O‘simliklar fiziologiyasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi
Download 117.05 Kb.
|
Мустақил иш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fagotsitoz.
Endositoz. Endositoz davomida suyuqlikni va makromalekulalarni oʻzlashtirish turli 3 yoʻnalishda boradi. Baʼzi endositoz mexanizmlarida vezikulaning shakllanishi uchun oqsillar kerak boʻladi, eng ko’p oʻrganilgan (tarqalgan) oqsil bu membranaga bogʻlangan klatrin (clathrin) oqsili. Bundan tashqari erkin oqsillar (kamroq) caveolin va flotillinlar ham qatnashadi. Shu sababli, endositozni klassifikatsiyalash mumkin: klatringa bogʻliq va klatringa bogʻliq boʻlmagan. Hujayrada endositozning 3 mexanizmi e`tirof etiladi:[5]
P inotsitozPinotsitoz (hujayraning ichishi) odatda 150nm dan kichik diametrga ega vezikulalar orqali suyuqliklar hamda kichik oqsillarni nomaxsus hujayraga yutilishi hisoblanadi. Organizmning deyarli har bir hujayrasida pinositozni koʻrish mumkin. Pinositozda vezikulalarning hosil boʻlish mexanizmi lipid sollarida (lipid rafts) joylashgan kaveolin va flotillin oqsillari bilan bogʻliq. Kaveolin-1 va 2 barcha muskul boʻlmagan hujayralardan (neyron va oq qon tanachalaridan tashqari), kaveolin-3 faqat muskul hujayralaridan topilgan. Flotillin-1 va 2 turli vezikuladan topilgan. Shuningdek, mexanoenzimlar, masalan GTFaza (Dinamin) pinositotik vezikula hosil boʻlishida qatnashadi. Pinositotik vezikulalarni TEM orqali koʻrish mumkin va ular silliq yuzaga ega. Bunday silliq vezikulalar ayniqsa tomirlarning endoteliysi va silliq mushak hujayralarida koʻp uchraydi. Pinositozni klatringa bogʻliq boʻlmagan endositoz deb atash mumkin.[5] Fagotsitoz. Fagotsitoz (hujayraning oziqlanishi) taxminan 250nm oʻlchamdagi vezikulalar orqali yirik zarralar: hujayra qoldiqlari, bakteriyalar va boshqa mahsulotlarni hujayra ichiga yutilishi. Bunda vezikulalarning hosil boʻlishi hujayradan chiqqan pseudopodiylar orqali kechadi va hosil boʻlgan vezikula Fagosoma deyiladi. Pinositozdan farqli ravishda Fagositoz faqat MFS (mononuklear fagositar sistema) hujayralari tomonidan amalga oshiriladi. Fagositoz retseptorlar orqali amalga oshiriladigan jarayon bo'lib, hujayralar yuzasida antitanachalar orqali antigenlar (bakteriya) bilan bogʻlanuvchi Fc-retseptorlari joylashadi. Fagositoz odatda hujayralardagi “Toll-like receptors” (TLRs) orqali patogen yuzasidagi “pathogen associated molecular patterns” (PAMPs) larni sezishdan boshlanadi. PAMPs ning tanilishi “Nuclear factor kappa B” (NF-kB) ya’ni transkripsion faktorning aktivlanishiga olib keladi. (NF-kB ning aktivlanishi yadro ichidagi Fagositozga javob beruvchi genlarning “aktivlanishiga” olib keladi). Ammo, biologik boʻlmagan materiallar: uglerod zarralari, changlar, asbest tolalari, yalligʻlangan yoki oʻlgan hujayra qoldiqlari Fc-retseptorsiz MFS hujayralari tomonidan parchalanadi. Fagosomalar membrananing pseudopodiylar hosil qilishi orqali shakllanadi, bu pseudopodiylar hosil qilinishi esa sitoskelet aktin molekulalarining polimerlanishi orqali taʼminlanadi. Shu sabab Fagositoz ham Klatrindan mustaqil ammo aktinga bogʻliq endositoz hisoblanadi.[5] Download 117.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling