Mavzu: O‘simliklar fiziologiyasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi


Retseptor vositachiligidagi endositoz


Download 117.05 Kb.
bet7/13
Sana31.01.2024
Hajmi117.05 Kb.
#1832273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Мустақил иш

Retseptor vositachiligidagi endositoz. Retseptor vositachiligidagi endositoz hujayra ichiga faqat maxsus molekulalarning kirishiga ruxsat beradi. Maxsus molekulalar uchun hujayrada retseptorlar boʻlib ular “yuk” (cargo) retseptorlar deyiladi. Bu retseptorlar hujayra membranasining aniq qismlarida toʻplanib joylashadi. Bu sohalar lipid sollari (raft) boʻlib, oxir oqibat qoplamali chuqurchaga (coated pits) aylanadi. Chuqurchalarning paydo boʻlishi membrananing ichki sohasida, lipid sollar sohasida joylashgan klatrin molekulalari hisobiga kelib chiqadi. "Yuk retseptor"lari maxsus molekulalarni taniydi va ular bilan bogʻlanadi. Klatrin molekulalari keyinchalik shu sohada yigʻiladi va savatsimon invaginatsiya hosil qiladi. Klatrin kargo retseptorlari bilan boshqa bir oqsil – adaptin orqali bogʻlanadi, shundan soʻng kargo oqsillar va retseptorlari membranani tashqi qismini ichkariga yaʼni vezikula ichiga tortadi. Ogʻirligi 100kDa boʻlgan mexanoenzim GTFaza yaʼni Dinamin yordamida klatrin bilan qoplangan (himoyalangan) vezikula membranadan ajraladi. Shundan keyin qoplovchi (adaptin, klazrin) oqsillari plazma membranasiga qaytishi, hosil boʻlgan qoplanmagan vezikulalar kerakli qismga borishi mumkin.[5]
Ekzositoz. Ekzositoz bu vezikulalarning sitoplazmadan membranaga koʻchishi va vezikuladagi mahsulotlarni hujayra tashqarisiga chiqarishdir. Eksport uchun ishlangan turli molekulalar dastlab golji majmuasiga boradi, shundan keyin saralanadi va mahsulotlar vezikulalarga joylanadi. Vezikula membrana tomon harakatlanadi va membranaga birikib eriydi, mahsulotini tashqariga chiqaradi. Ushbu vezikulalarning hujayra ichidagi harakati maxsus oqsillar: COP-1 va COP- 2 tomonidan taʼminlanadi. Ekzositozning ikki yoʻli (turi) farqlanadi. (prakariot organizmlarda uchinchi tur ham aniqlangan)

MAVZU: ANTITRANSPIRANTLAR
Keyingi yillarda birqancha moddalar olindiki,ularni o’simliklarga purkaganda transpirasiya jadalligi sezilarli darajada pasayadi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan moddalarga antitranspirantlar deyiladi.Hamma antitranspirantlar ikki gruppaga bo’linadi:
1) og’izchalarning yopilishini ta’minlaydigan moddalar,
2) barg ustida yupqa parda hosil qiluvchi moddalar.
Og’izchalarning yopilishini ta’minlaydigan moddalarga fenilmerkurasetat - C8H8N8O2 , dodesenilsuksinat - CH2 -(CH)n= CH-CH2- CHCOOH - CH2COOH , absiz kislotasi - C15H20O4 kiradi. Bu moddalar o’simlikka purkalganda og’izchalarni tashkil qilgan hujayralarning turgori kamayadi va ular yopiladi. Masalan, makkajo’xori, tamaki, topinambur, qarag’ay barglarida, fenilmerkurasetatning 10-4M eritmasi purkalganda, og’izchalar 2 hafta mobaynida yopiq bo’lgan. Transpirasiya jadalligi esa 50% gacha pasaygan.Ikinchi gruppa moddalarga, polimerlar polietilen, polipropilen, polistirol, polivinilelorid kabilar kiradi. Bular barglarning ustida plyonka qavati hosil qiladi va natijada suv bug’larining ajralib chiqishiga mexanik to’siq hosil bo’ladi. Tekshirishlar natijasiga ko’ra transpirasiya jadalligi 50% dan ko’proq kamayadi, fotosintez va mineral elementlarni o’zlashtirish jadalliklari o’zgarmaydi. Ayrim o’tkazilgan tajribalar o’simliklarning hosildorligini oshirish mumkinligini ko’rsatadi.


Download 117.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling