Mavzu: Ovqatlanish salomatlik omili. Ovqatdan zaxarlanishlar va ularning profilaktikasi
Download 76.16 Kb.
|
Mavzu Ovqatlanish salomatlik omili. Ovqatdan zaxarlanishlar va
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI EKOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA KAFEDRASI GIGIYENA FANI BO‘YICHA O‘QUV USLUBIY MAJMUA
Quritish va degidratatsiya. Quritish - oziq-ovqatni uzoq muddatga asrab qo‘yishni samarali yo‘llaridan biri xisoblanib, ko‘pgina yillar davomida bu samarali yo‘llardan foydalanib kelingan. Bugungi kunda oziq-ovqatlar quyosh va sun’iy isitish yo‘li yordamida quritilmoqda. Hozirgi yangi texnologiya yutuqlaridan fen bilan quritish va vaakum yordamida muzlatish yo‘li bilan oziq-ovqatlarni uzoq muddatga saqlab
quyilmoqda. Bunday quritish yo‘llarinig salbiy tomonlari bo‘lib, bularga to‘g‘ri sterilizatsiya qilinmasdan saqlangan maxsulotlarni buzilishi natijasida ularda xar xil mikroorganizmlarni ko‘payishiga imkon yaratadi. Organik kimyoviy ifloslanish. Kimyoviy moddalar (natriy nitrat, salitsilat kislota, natriy benzoat, sorbit kislota) o‘simliklarni yaxshi o‘sishi, hosilni yaxshi olish uchun va zararli mikrorganizmlarni yo‘q qilish uchun qo‘llaniladi . Bu moddalar mahsulotlarning tarkibiga ta’sir salbiy ta’sir ko‘rsatadi, xamda ovqat maxsulotlari tarkibidagi xar xil zaxarli moddalarni yo‘q qilishi xam mumkin. Sovutish. Sovutish - bu patagen organizmlarni rivojlanishdan to‘xtatadi, lekin barchasini xam emas, moslashuvchanlik qobiliyatiga ega ayrim mikroorganizmlar bundan mustasno. Buning uchun namlikga va havo aylanishiga e’tibor berish kerak. Pasterizatsiya
sterilizatsiyalanadi, masalan sut maxsulotlarida shularni qo‘llashmumkin Xavfsiz oziq-ovqat tayyorlash va iste’mol qilish uchun 10 ta qoida ishlab chiqilgan. 1. Xavfsizlik uchun oziq-ovqat yaxshisini qayta tanlang. 2. Oziq-ovqatladan sabzavotlarni ko‘proq tanlash. 3. Yangi pishirilgan oziq-ovqat iste’mol qilish. 4. Yangi pishirilgan oziq-ovqatni maxsus idishlarda saqlash. 5. Pishirilgan ovqatlar me’yorda isitish. 6. Xom va pishirilgan oziq-ovqat o‘rtasida chegara saqlash. 7. Qo‘llari yuvish. 8. Barcha oshxona tozaligiga sinchiklab qarash. 9. Hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa hayvonlardan oziq-ovqatni himoyalash. 10. Toza suvdan foydalanish. 1998 yildan boshlab Oziq-ovqat manbalaridan kasallik kelib chiqishi va ularni tahlil qilish va qattiq nazorot ostiga olish xaqida federal qonun qabul qilingan. Bu qonunda parrandachilik mahsulotlarini tashqaridan kirishi va ularni nazorat ostiga olish, eng zaif nuqtalarni aniqlash va ularni baxolashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish keltirilib o‘tilgan. Chunki odatda tovuq maxsulotlari ichagida bakteriyalar tabiiy rivojlanishi uchun optimal sharoit bo‘lib, ularning dezinfiksiya qilish xam yordam bermaydi. Bu nazoratni to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash uchun USDA inspektorlarini talabi doimiy kuzatib borish, ishlab chiqarish tarmoqlarini tekshirish va zararlanish darajasini aniqlash yo‘lga qo‘yilgan. Ular shuningdek, tasodifiy Salmonella bilan ifloslangan tovuq go‘shti va tuxumlarini yaxshi qaynatish yoki qattiq pishirish orqali mikrorganizmlarni yo‘q bo‘lishi mumkinlini takidlaydi Amerika Qo‘shma Shtatlarida davlat va mahalliy tashkilotlar tekshirish, nazorat ostiga olish va manitoring qilishni o‘z zimmasiga oladi. Bular o‘z huquqidan kelib chiqqan holatda restoranlar, chakana oziq-ovqat sotadigan muassasalar, don maxsulotlari bilan shug‘ullanuvchilar va oziq-ovqat muassasalarini tekshiradi. Ularning maqsadlari oziq-ovqat maxsulotlarini xavsizligini tekshirish va ulardan to‘g‘ri foydalanish, ularni chakana va ulgurji savdoga chiqarish va marketing soxasini nazoratga olishdan iborat. Bu vazifalarni bajarishda maxsulotlarni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash usullarini tekshirish, eksertiza qilishni tashkillashtirish va oziq-ovqat muassasalarni letsenziya uchun ruxsat berish. Ishlab chiqarishda va qayta ishlashda har bir joyda oziq-ovqatni tekshirish va tarqatish imkoniyati mavjuda emas. Shu tufayli imtiyozli qoidalarga rioya qilish kerak bo‘ladi. Uzluksiz ishlab chiqarish va ehtimoliy ishlab chiqarishda birinchi navbatda talablarga mos kelmaganligi uchun jarima va ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Genetik o‘zgartirilgan oziq-ovqat. Oziq-ovqat sanoatining eng bahsli mavzularda biri genetik o‘zgartirilgan (GO‘) oziq-ovqat, ya’ni muhandislar tomonidan ishlab chiqarilgan o‘simliklar genidir. GO‘ o‘simliklar yoki ularning mahsulotlarini genlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni boshqa o‘simlik, hayvon yoki bakterial turlarini yoki laboratoriya sharoitida ishlab chiqilgan genlar maqsadli ravishda ishlab chiqariladi. Bundan maqsad bir yoki bir necha kun uchun emas, balki uzoq muddatli yaxshi genni o‘zgartirilishi bilan shu o‘simlikdan olinadigan xosilni ko‘paytirish va yuqori samara erishishdir. Bu bilan o‘simliklarda qurg‘oqchilikka va tuproq sharoitiga chidamlilik qobiliyatini oshirish, turli xil o‘simliklarda uchraydigan chidamliligini oshrish bilan birga ularni ozuqaviy qiymatini xam oshirishni ta’minlaydi. Ba’zi taxminlarga ko‘ra pestitsidlardan foydalanish kamroq samara beradi. Ayni paytda, Amerika Qo‘shma Shtatlarida soya va makkajo‘xori eng ko‘p foydalaniladigan GO‘ ekinlardan biridir. GO‘ oziq-ovqatlarning zararli ta’siri insonlarni tashvishga solmoqda. Bunda oziq-ovqat tarkibida ko‘pincha mumkin bo‘lmagan oqsillarni uchrashi, organizmni allergiyaga yuqori sezgirligini oshiradi va immun tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ayniqsa genetik moyil odamlarga ko‘proq ta’sir qiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan muoammolarni bartaraf etish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarida oziq-ovqat xavfsizligini ma’sul kishilar tartibga solib turishadi, buni amalga oshirish uchun o‘ndan ortiq federal idoralar tashkilotlar o‘rtasida 35 xil qonun ishlab chiqilgan bo‘lib, muvofiqlashtirish organlari milliy oziq-ovqat xavfsizligi dasturi nazorat bo‘yicha 5000 oziq- ovqat rastalari va omborxonalar ustidan sud qilish huquqini beradi, shunigdek uning xodimlariga tekshiruv ishlari olib borilishi yuzasidan ruxsat beradi. Qishloq xo‘jaliklari o‘simliklarni yoki bitta chorva molini suyib tekshirish yo‘li bilan ekspirtiza qilish va chetdan kirib kelayotgan oziq ovqat maxsulotlarini tekshirish xuquqlariga egadir. Bu tekshiruvlarni olib borish uchun 6000 nafar tekshiruv mutaxasislari va 7500 nafar inspektorlar ishtirok etdi. Bu tarzdagi tekshiruvlarning maqsadi oziqovqat orqali tarqaladigan kasalliklarni oldini olishdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI EKOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA KAFEDRASI GIGIYENA FANI BO‘YICHA O‘QUV USLUBIY MAJMUA http\\WWW. VIKIPEDIYA. UZ http\\WWW. Google.uz Download 76.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling