Mavzu: Ovqatlanish salomatlik omili. Ovqatdan zaxarlanishlar va ularning profilaktikasi


Download 76.16 Kb.
bet2/12
Sana09.05.2023
Hajmi76.16 Kb.
#1448470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Ovqatlanish salomatlik omili. Ovqatdan zaxarlanishlar va

1 gurux: Aqliy mehnat bilan band bo‘lganlar: korxona rahbarlari, ilmiy tadqiqot xodimlari, tibbiyot xizmatchilari, o‘qituvchilar (erkaklar uchun 2550-2800 kkal, ayol 2200-2400 kkal).
2 gurux: engil jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar: agronomlar, zootexniklar, tibbiy hamshiralar, sanitarkalar, sanoat va oziq-ovqat do‘konlari xodimlari (erkak 2750-3000 kkal, ayollar uchun 2350-2550 kkal).
3 gurux: O‘rta og‘irlikdagi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar: slesarlar, stanokda ishlovchilar, jarroxlar, ximiklar, turli xil transportlarni boshqaruvchilar (erkaklar 2950-3200 kkal, ayollar uchun 2500-2700 kkal).
4 gurux: Og‘ir mehnat bilan shug‘ullanuvchilar: quruvchilar, qishloq xo‘jaligida ishlovchilar, mexanizatorlar, metall quyuvchilar (erkaklar uchun 3450-3700, ayollar uchun 2900-3150 kkal)
5 gurux: Juda og‘ir mehnat qiluvchilar (erkaklar uchun 3300-4300 kkal) Talaba yoshlar uchun o‘rtacha energiya sarfi 3330 kkal deb belgilangan. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi erkaklar uchun energiya sarfi 5000 kkal va ayollar uchun 4000 kkal deb belgilangan. Yetarli darajada kommunal xizmati yo‘q joylar aholisi uchun qo‘shimcha miqdorda 200-300 kkal energiya sarfi belgilangan. Keksalar uchun agar ularning yoshi 60-75 atrofida bo‘lsa kunlik ovqat ratsionining energetic qiymatini 5% ga kamaytirish, 75 yoshdan o‘tganlar uchun 10-15% ga pasaytirish tavsiya etiladi. Inson salomatligiga ovqatning ko‘p miqdori ham kam miqdori ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sistemali ravishda ortiqcha ovqatlanganda organizmda ko‘p miqdorda yog‘ yig‘iladi, natijada ovqat xazm qilish organlarining faoliyatini izdan chiqaradi, yurak mushaklarini yog‘ bosib uni zaiflashtiradi. To‘yib ovqatlanmaslik esa, tana og‘irligini kamayishiga, ozib ketish, umumiy nimjonlik, ish qobiliyati va himoya kuchining zaiflasnishi sababli bo‘ladi. Kuchaytirilgan kaloriyali ovqat bir qancha kasalliklarni davolashda tavsiya etiladi, chunonchi qalqonsimon bezning giperfunksiyasi, intoksikatsiyalar, ba’zi bir surunkali kasalliklar va hakozo. Kamaytirilgan kaloriyali ovqatlar kam harakatli hayot tarzidagilarga, modda almashinuvi pasaygan shaxslarga va ortiqcha vaznli odamlar uchun, klinika sharoitida esa qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir xirurgik patologiyalarda, oshqozon-ichak traktining o‘tkir kasalliklarida, semirib ketganda, podogra va yurak tomir kasalliklarida, oshqozon va ichak yaralari qaytalanganda, diabetning og‘ir kechuvchi shakllarida tavsiya etiladi. Yuqori kaloriyali ovqat ratsioni xavfli o‘sma kasalliklarining paydo bo‘lishi va kechishini kuchaytirishi mumkinligi haqida ilmiy axborotlar mavjud. Past kaloriyali ratsion esa o‘smalar o‘sishi va rivojlanishini sekinlashtiradi. Ovqatlanishda ozuqali moddalarning o‘rni. Oqsillar. Ovqatlanishdagi eng muhim ozuqali modda bo‘lib oqsillar hisoblanadi, chunki ular organizmda bir qator muhim biologik vazifalarni bajaradi (hujayralarning tiklanishida plastik funksiya, energetik, garmonal, katalitik, vositachilik va maxsus vazifalar). Bunda oqsillarning energetik vazifasi organizmdagi kunlik energiya sarfining faqat 13% gina qoplaydi (1 gr oqsil yonganda 4,1
kkal energiya xosil qiladi), shuning uchun oqsillar energetik nuqtainazardan asosiy manba emas deb baholanadi. Keltirilgan boshqa funksiyalarni to‘liq ado etilishi uchun oqsillar tarkibida bo‘ladigan barcha zaruriy aminokislotalar, ya’ni almashtirib bo‘lmaydigan va almashtirsa bo‘ladigan aminokislotalarning bo‘lishi shartdir. O‘z tarkibida zaruriy aminokislotalar to‘plamini tutuvchi oqsillar to‘la qiymatli oqsillar va o‘z tarkibida deyarli almashtirsa bo‘ladigan aminokislotalar to‘plamini tutuvchi oqsillarni esa to‘la qiymatli bo‘lmagan oqsillar deb ataladi. Almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni essensial aminokislotalar deb atalib, ular odam organizmida sintezlanmaydi (metionin, lizin, triptofan, fenilalanin, leysin, izoleysin, treonin, valin). Bunday aminokislotalar hayvon mahsulotlari tarkibida bo‘ladi (go‘sht, sut va sut mahsulotlari, tuxum, baliq, parranda go‘shti). To‘la qiymatli aminokislotalar dukkakli o‘simlik donlarida ancha-muncha miqdorda bor -mosh, loviya, no‘xat, soya kabilar. Donlar tarkibida ularning miqdori juda kam yoki bo‘lsa ham ular muvozanatlashmagan holdadir, ammo bu mahsulotlarda almashtirsa bo‘ladigan aminokislotalar yetarli miqdorlarda bor, shuning uchun don mahsulotlari tarkibida bo‘ladigan oqsillar to‘la qiymatli bo‘lmagan oqsillar qatoriga kiritiladi. Kunlik ovqat ratsioni tarkibidagi oqsillarning fiziologik me’yori keng diapozonda tebranishi mumkin bo‘lib, ularning o‘rtacha miqdori kuniga 90-100 grammni tashkil qiladi. O‘suvchi organizmning oqsillarga bo‘lgan ehtiyoji, xamda homilador va emizuvchi ayollarning oqsillarga bo‘lgan fiziologik ehtiyoji yuqoridir. Oqsillarning o‘rtacha fiziologik me’yorlarini jadval bo‘yicha aniqlash mumkin, masalan, o‘suvchi organizmning har bir kg vazni uchun o‘rtacha 2,0 gramm, o‘rta yoshli odamning 1 kg vazni uchun 1,5 gramm, homilador va emizuvchi ayollarning 1 kg vaznlari uchun 2,5 gramm to‘g‘ri kelishi kerak.

Download 76.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling