Mavzu: O’z ustida ishlashni tashkil etish reja kirish asosiy qism


YOSH AVLOD KAMOLOTIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING TUTGAN O’RNI


Download 74.48 Kb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi74.48 Kb.
#1513227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2. O’Z USTIDA ISHLASHNI TASHKIL ETISH. 2023

1. YOSH AVLOD KAMOLOTIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING TUTGAN O’RNI
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari
qilib tarbiyalashdek muhim, fahrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashiga, ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etishga ijodiy yondoshishi, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi hamkasblarining o‘sishiga ko‘maklashishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan yurti hayotini bilishi, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya tarbiyachiikasi, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.
SHuningdek, tarbiyachining tarbiyachiik hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolalarni har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi.
Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan bunday muhim vazifani amalga oshirishda talim maktablar bilan bir qatorda xalq ta’limi tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari ham muhim rol o‘ynaydi.
Har bir tarbiyachi o‘ziga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni his eta bilishi – davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘yayotgan talablarni muvaffaqiyatli amalga oshirishining garovidir. Bu talablar:

  • bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash;

  • aqliy qobiliyatlarini o‘stirish;

  • milliy qadriyatlar, ma’naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy tamoyillariga mos e’tiqod va qarashlarni tarkib toptirish;

  • Ona vatanga muhabbatni, ijtimoiy faollikni shakllantirish;

  • yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib toptirish.

Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, uning har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgarligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda o‘yinlarga, mashg‘ulotlarga, birgalikda mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi, bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganishi, uning shahsiy xusutiyatlari, qobiliyatlarini bilishi, tarbiyachiik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori, ish natijalarini haqqoniy baholash va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olish hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi.
Tarbiyachi va uning shaxsi haqida mutafakkirlarimiz ko‘plab fikrlar bildirishgan. Bu o‘rinda Navoiyning «Inson zebi ziynati bilim va odobidir. Bularni shogirdlarga singdira olgan ustozlargina chinakam ustozlardir» - degan hikmatli so‘zlarini eslab o‘tish kifoyadir.
Ma’lumki, yosh avlodni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda islom ta’limotining ahamiyati katta. Islom dini – bu ota-bobolarimiz dini, biz uchun ham iymon, ham diyonat, ham ma’rifatdir.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, o‘tmish allomalar odamlarni o‘z-o‘zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko‘paytirib, yomonlardan halos bo‘lishga chorlagan. «Demak, din xalq ma’naviyatining yuksalishiga katta hissa qo‘shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so‘z yuritganda, rejalar tuzganda dinni eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e’tiborga tutishimiz lozim.2 Hamma gap ana shu umuminsoniy va milliy qadriyatlarni uyg‘unlashtirib hayotga tatbiq etishda.
SHuningdek, xadislarda yomon xulq, razolat, kibr-havo, adovat, hasad, hiyonat, yolg‘onchilik, munofiqlik, poraxo‘rlik, buzuqlik kabi illatlar qoralanadi.
Islom ta’limotida yaxshilik qilish insonning tabiiy ehsoni bo‘lib, insonlar boshqalarga yaxshilik qilish, sahovatli bo‘lish kerakligi ta’kidlanadi. YOki sabr-toqatli bo‘lish yuksak axloqiy fazilat sifatida ulug‘lanadi. Sabr hamma fazilatlarning onasi, har bir fazilatning asosidir. Bu fazilat qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘lida uchraydigan har narsaga chidamlilik, insonlardan kelayotgan aziyatni yo‘qotish kabilarga bardoshli bo‘lish fazilatidir.
Insonga xos olijanob sifatlardan biri kechirimli bo‘lishdir. Bu sifat keng qalbli, birovlarning adovati va aziyatiga chiday oladigan kishilarda bo‘ladi. Insonlar ko‘pincha xato qiladilar va xatolarning kechirilishiga muhtojlik sezadilar.
Tarbiyachining maqsadlaridan biri-komil insonni o‘qitish va tarbiyalash natijasidir. Komil inson g‘oyasi ham milliy, ham umumbashariy mohiyat va qadriyatga ega bo‘lgan g‘oyadir. Odamzodga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g‘oyadir.
Tarbiyachiga ishonib topshirilgan bu vazifa nafaqat alohida shaxslarni, balki butun-butun xalqlarni yuksak taraqqiyot sari etaklagan, ularning ma’rifat va madaniyat sohasida tengsiz yutuqlarga ilhomlantirgan.
Tarbiyachining eng zarur sifatlaridan biri chidamlilik, bolalar jamoasini tashkil qila bilish va unga rahbarlik qilish, jamoat ishida faol, ilg‘or bo‘lish, o‘rtoqlariga g‘amxo‘r, o‘zaro yordam bera bilishdan iboratdir.
Tarbiyachi va maktabgacha ta’lim muassasa xodimlarining ko‘rinishida go‘zallik, oddiylik, ozodalik bo‘lishi lozim.
Tarbiyachining o‘zi bunda shaxsan namuna ko‘rsatish lozim, chunki bolalar taqlidchan bo‘ladilar.
U quyidagi shartlarga amal qilishi lozim:

  • tarbiyachi yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali tarbiyachilarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oladigan kishi bo‘lishi kerak;

  • tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa oladigan bo‘lishi kerak;

  • yosh avlodni kerakli bilim, malaka ko‘nikmalaridan xabardor qilish uchun tarbiyachining nutqi ravon, aniq, mantiqiy ixcham bo‘lishi lozim;

  • tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish ularning diqqatini jalb qilib, faollikni o‘tsirish bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqiqiy baxolay olishi kerak;

  • har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yish, ya’ni bilimni egallagan bilimlari bilan to‘g‘ri baholay olishi va bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalar ularning yosh imkoniyatlariga mos bo‘lishi va ularni sekin-asta murakkablashtirib berishi kerak;

  • kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta bilishi har bir bolanni etiborga olgan holda rahbarlik qila bilish ularning faoliyatiga (o‘quv, o‘yin, mehnati) mazmunli bo‘lishi uchun kerakli materiallar bilan ta’minlash zarur;

  • bolalarning ruxiy va jismoniy holatini aniqlay bilish va buni bolalar bilan amalga oshiradigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi lozim;

  • kun davomida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak;

  • tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazish, ularni bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishning mazmuni, metodlari bilan tanishtirib borishi oila tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o‘zining ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanish lozim;

  • tarbiyachi bolalarga nisbatan xayrixoh munosabatda bo‘lishi, sabr-toqatli, yumshoq, bolaning kuch va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydigan bo‘lishi kerak.

O‘qish davridagi jamoatchilik ishlari faol fuqaroni, uning g‘oyaviy yo‘nalishini va tarbiyachilik malakalarni shakillantirishda yordam beradi.
YOsh tarbiyachida yana quyidagi sifatlarni shakllantirish kerak: tarbiyachi mahoratni egallashga sidqidildan intilish;

  • o‘z ish natijalari uchun javobgarlik hissini sezish;

  • o‘z ishiga sodiqlik;

  • insoniy izlanishga mustaqil intilish;

  • shahar, tuman miqyosidagi metodik ishlarda faol qatnashish.



  1. Download 74.48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling