Mavzu: O’z ustida ishlashni tashkil etish reja kirish asosiy qism
TARBIYACHINING KASBIY MAHORATIDA KOMMUNIKATIV QOBILIYATNING AHAMIYAT
Download 74.48 Kb.
|
2. O’Z USTIDA ISHLASHNI TASHKIL ETISH. 2023
TARBIYACHINING KASBIY MAHORATIDA KOMMUNIKATIV QOBILIYATNING AHAMIYAT
Tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muomalasi jarayonida munosabatning ikki xil xissiy (emotsional) holati vujudga kelishi mumkin. Pedagogning ijodiy xissiyotlari asosida o’zaro hamkorlikni tashkil eta olish qobiliyati haqiqiy samara beradi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, pedagogik jarayonning borligi tarbiyachiga munosabatni ijodiy hissiyotlar asosida tashkil etishga, bolalar bilan psixologik muloqot o’rnatishga imkon beradi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga biron -bir narsani o’rgata olishi uchun ular bilan munosabatga kirishishi shart. Munosabat odamlar o’rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishning ko’p qirrali jarayonidir. Munosabat birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayriboshlashni o’z ichiga oladi. Bunday axborot ayriboshlanishi munosbatning kommunikativ jihati sifatida ta'riflanishi mumkin. Munosabatning ikkinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas,balki harakatlar, hatti - harakatlar bilan ham ayriboshlashdan iborat. "Ta'lim to’g’risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablariga muvofiq ta'lim - tarbiya ishlarida milliy - madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga e'tibor berib kelinmoqda. Bu ustuvorlik turli xildagi muloqotlarda ham saqlab kelinsa maqsadga muvofiqdir. Bunda ayniqsa, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ko’rsatib berilgan O’zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy axloqiy negizlari: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; vatanparvarlik kabilar turli muloqotlarda asos bo’lib xizmat qilishi lozim. Milliy qadriyatlarimiz va sharqona tarbiyamizning ta'siri muloqotda ham sezilib turadi. Bizda kishilar bilan munosabat, so’zlashuv va shuningdek ish, xizmat bilan bog’liq aloqaga muomala deyiladi. Eng go’zal muomala lutf - karamdir. A.Navoiy buni muomala - pardoz deb yozadi. Xullas xalqimizda odamlar bilan munosib tarzda muomala qila bilishlik madaniyat, olijanoblik alomati deb tushunilgan. Barcha madaniy xalqlarda bo’lgani kabi o’zbeklarda ham muomal "Assalomu - alaykum" va "Vaalaykum assalom"dan boshlanadi, keyin hol-ahvol so’rashishga o’tiladi. Muomala va muloqotda xalqimizning milliy an'analari va urf-odatlari ham ta'sirini ko’rsatadi. Muloqot - pedagogik faoliyatdagi eng muhim kasbiy quroldir. Pedagogik muloqot - bu tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan darsda va darsdan tashqari vaqtda eng qulay psixologik muhit yaratishga qaratilgan kasbiy munosabatdir Noto’g’ri pedagogik muloqotdan tarbiyalanuvchida qo’rquv, ishonchsizlik, e'tibor, diqqat, ishchanlik pasayadi, nutq dinamikasi buziladi. , mustaqil fikrlash pasayadi. Pedagogik jarayon borishida muloqotni boshqarish. Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish va uni yangi faoliyat uchun modellashtirish. Muloqotning har bir bosqichida tarbiyachinimani bilishi kerak? Modellashtirish bosqichi auditoriyaning o’ziga xosligi, xususiyatlarini bilishini talab etadi: bilish faoliyati xarakteri, uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar: ish dinamikasi tayyorlanayotgan dars o’zaro hamkorlikka mos va faqat tarbiyachishaxsidan emas, balki o’kuvi shaxsi tomonidan hamo’ylangan bo’lishi, turli variantlarda tuzilishi lozim. "Kommunikativ ataka" bosqichida sinfning tezda ishga jalb qiladigan texnika kerak, samoprezantitsiya va dinamik ta'sir priyomlarini egallash lozim. Muloqotni boshqarish bosqichida tarbiyalanuvchilar tashabbusini quvvatlash, dialog muloqot tashkil etish, o’z fikrlarini real sharoitga moslay olish ko’nikmalari zarur bo’ladi. Tahlil etapida maqsad, vosita va natijalar birgaligini tahlil etadi. O’quv tarbiya jarayonida tarbiyachimuloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbar, tashabbuskor bo’ladi. Insonning axloqiy tarbiyalanganligi uning atrofidagi narsalarga bo’lgan turli - tuman munosabatlarda namayon bo’ladi. U insonning hislarida kechinmalarida ifodalanadi hamda xulq atvorida hatti harkatida bo’ladi. Bolalarga yaxshilik qilish va mehribonlik ichki kechinmamiz bilan holatdagina emas, balki pedagogik faoliyatimizdagi bola bilan yoki sinf bilan munosabatdagi asosiy motiv asosiy rag’bat bo’lishi kerak. Pedagogik muloqotning tarkibiy qismlari uning vazifalari tarbiyachining tarbiyalanuvchilar va kasbdoshlari bilan uzviy aloqalari vositalar hamda usullari muloqot xarakteriga baho berishdan iborat bo’ladi. Muloqot vazifalari o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: tarbiyalanuvchiga yangi ma'lumot berish yoki fikr almashish, tarbiyachiva tarbiyalanuvchilarning bir - birlarini o’zaro bilishlarini; bir - birini xulqlarini tuzatish va boshqarish muloqot har bir ishtirokchisi shaxsning imkoniyatlarini ochish va undan foydalanish, ularning o’z oldilarida turgan muammolarni o’zlari mustaqil hal etishlari; tarbiyachishaxsiy fikrining pedagogik jihatdan maqsadga muvofiqligi muloqot ishtirokchilarining bir - birlaridan qanoat qilganliklari va hokozo. Pedagogik muloqotning boshqa jihati uning vositalari va usullaridir: vositalar tashkil etuvchi, baho beruvchi, intizomga undovchi bo’lishi mumkin. Adabiyotlarda tarbiyachio’z ishining ustasi ekanligi ta'kidlanib intizomga undovich vositalarga nisbatan tashkiliy ta'sir ko’rsatishga ko’proq yondashiladi. Muloqot usuli sifatida shakllangan uslub amalda o’zining uchta shakli bilan namoyon bo’ladi, bilimlarni egallashda tarbiyachibilan tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi hamkorlik qilishlari tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga tazyiq o’tkazish va ularning aktivligini ruyobga chiqarmasligi, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga nisbatan neytral munosabatlarda bo’lishi va uning hal etilayotgan masaladan chetga chiqishi. Umuminsony va milliy axloqda burch tushunchasi har bir kishining o’z vazifasini to’liq bajarishi boshqalarga to’g’ri munosabatda bo’lishini ifodalaydi. Burchda shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabati namoyon bo’ladi. O’z burchiga sodiqlik har bir kishiga obro’, shon-sharaf keltiradi. Kishining o’z burchiga sodiqligi jamiyatga, Vatanga, mehnatga, oilaga, farzandlariga bo’lgan munosabatida bilinadi. Tarbiyachilik burchi ta‘lim-tarbiya ishlarini bajarishga va muallimning shaxsiga nisbatan jamiyat qo’yadigan axloqiy talablar va yo’l-yo’riqlar majmui dir. Tarbiyalanuvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar bilan xushmuomala, yaxshi munosabatda bo’lish, tanlagan kasb uchun pedagoglar jamoasi va jamiyat oldidagi ma‘suliyatini his etish shular qatoriga kiradi. Yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash tarbiyachilik burchining asosini tashkil etadi. Tarbiyachilik burchining mazmuni ta‘lim-tarbiya jarayonining mohiyati bilan belgilanadi. Bu jarayonda tarbiyalanuvchilar insoniyat asrlar davomida to’plagan bilim, ko’nikma va malakalarni egallab oladilar. Shuningdek, o’qitish jarayonida muallimning bajarayotgan ishiga munosabati ham, uning shaxsiy fazilatlari va qo’yiladigan axloqiy talablari aks etadi. Tarbiyachilik kasbini tanlagan kishi bu axloqiy talablar va yo’l-yo’riqlarni albatta bajarishi zarur. Pedagogik amaliyotda muallimlar o’z pedagoglik burchlarini bajarishga halol intilsalar ham ish sharoitlari turlicha bo’lgani uchun bir xil natijaga erishavermaydilar. Buning oqibatida shaxs bilan jamiyat o’rtasida ma‘lum darajada qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Bu kelishmovchiliklar turlicha bo’lishi mumkin. Kishi tarbiyachilik burchini anglasa ham biror shaxsiy mulohazaga ko’ra o’z burchini bajarishni istamasligi mumkin. Bunday hollar kamroq uchrasa ham umumiy ishga, tarbiyalanuvchilar tarbiyasiga zarar yetkazadi. Jamoatchilik ta‘siri va ma‘muriy yo’llar bilan uni bartaraf etish lozim. Tarbiyachilik burchi aql bilan hissiyotning birligidan iborat. Muallim kasbiga nisbatan qo’yiladigan talablarning mohiyati va mazmunini bilsa, uning shaxs va jamiyat uchun muhimligini anglasa, bu vazifalarni bajarish uchun o’zida qobiliyat borligini sezsa, pedagog uchun zarur fazilatlarni tarbiyalash yo’llarini belgilab olsa-shundagina unda professional burch shakllana boshlaydi. Shundagina muallim belgilangan xatti-harakatlarni o’z ixtiyori bilan amalga oshira boshlaydi, demak, unda burch hissi shakllangan deyish mumkin. Tarbiyachining eng muhim burchlaridan biri o’z bilimlarini muntazam oshira borishdir. Buning uchun esa yuqoridagilar bilan birga moddiy imkoniyat va sharoitlar ham bo’lishi zarur. O’zbekiston davlati tarbiyachilar, maorif, madaniyat xodimlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ularga har xil yengilliklar yaratish, maoshlarini oshirishga e‘tibor berib kelmoqda. Toshkentda, viloyat markazlarida pedagogik xodimlar malakasini oshirish institutlari ishlab turibdi, tumanlarda tashkil etilayotgan kurslarda muallimlar malaka oshirmoqdalar. Tarbiyachilar mustaqil o’qib, sho’z bilimlarini oshirishlari uchun davlat tilida ko’plab metodik adabiyotlar, qo’llanmalar, tavsiyanomalar chop etilmoqda. Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas‘uliyatdir. Boshqa kishilar oldidagi o’z burchini anglash va uni kishi xulqining rag’batiga aylantirish, odam o’z faoliyatini boshqalarga ko’proq yaxshilik qtsilishga ongli va ixtiyoriy ravishda yo’naltirishi mas‘uliyat tushunchasining mazmunini tashkil etadi. Muallim sinfda jamiyatning, xalqning, davlatning vakili sifatida tarbiyalanuvchilar jamoasi bilan yolg’iz o’zi ish olib boradi. Bunday sharoitda tarbiyachining mas‘uliyati uning xulqini tartibga solib turadigan, boshqaradigan kuch, tarbiyalanuvchilarga ta‘sir o’tkazish darajasining asosiy mezoni hisoblanadi. Jamiyatning kelajagi, ota-onaning umidi, nuri-diydasi-farzandning taqdiri, kelajagi uning qo’liga ishonib topshirilgan. Muallim tarbiyalanuvchilarning bilimiga baho qo’yadi, baho esa jamiyatning, kattalarning, ota-onaning bolaga munosabatini belgilovchi mezon, omillardan biridir. Yaxshilik, adolat, sha‘n, qadr-qimmat insoniylik kabilarning mavjudligiga bolada ishonchni vujudga keltirish ham tarbiyachining mas‘uliyatiga bog’liq. Shunisi ham borki, buni ko’pincha nazorat qilib ham bo’lmaydi. Bu muallimning vijdoniga havola qilinadi. Tarbiyachi odobida sha‘n, qadr-qimmat tushunchasi tarbiyachining pedagoglar jamoasida egallagan hurmatini bildiradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilar va ota-onalar orasidagi hurmatini ham ifodalaydi. Muallimning tarbiyalanuvchi qadr-qimmatini hurmat qilishi, tarbiyalanuvchilar orasida muallimning hurmati va qadr-qimmatini oshirish shartlaridan biridir. Pedagoglik burchi xatti-harakatlari pedagogik odob normalarining bu muallimdan tarbiyalanuvchilarda sha‘ni va qadr-qimmat hissini ustirishni talab etadi. Bu, o’z navbatida, bolalarga bo’lgan hurmatni ularga nisbatan ishonch va talabchanlik bilan bog’lab olib borishni taqazo qiladi. Tarbiyachi odobida halollik fazilati pedagoglik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Tarbiyachiodobida adolatlilik muallimning obektivligida, axloqiy tarbiyalanganlik darajasi (insoniyligi, printsipialligi, yaxshligi) da, tarbiyalanuvchilar xulqini, jamoat ishlariga munosabatini, bilimini baholashda namoyon bo’ladi. Demak, adolatlilik bir tomondan tarbiyalanuvchilarga o’tkazilgan tarbyaviy ta‘sirni baholashning mezoni hisoblanadi. Muallimning tarbiyalanuvchilarga va pedagogik jarayon qatnashchilariga bo’lgan munosabati manmanlikdan, noxolislik, o’zboshimchalikdan holi bo’lish lozim. Tarbiyachining ta‘lim-tarbiya sohasida ijtimoiy qimmatli xatti-harakatlari adolat mezoni bilan baholanadi. Adolatli muallim, odil ustoz degan nomga sazovor bo’lish har bir tarbiyachining sharafli burchidir. Bunda muallimning ishchanlik va axloqiy fazilatlari o’z ifodasini topadi. Adolatlilik boshqalarga yaxshilik qilish fazilati bilan chambarchas bog’liq. Adolat bo’lmasa, yaxshilik bo’lmaydi. Shuningdek yaxshiliksiz adolat ham bo’lmaydi. Pedagogik odob nuqtai-nazaridan adolatlilik, bu, ta‘lim-tarbiya jarayonini normal amalga oshirishning sharti hamdir. Pedagoglik ishida adolatli bo’lish bu tarbiyalanuvchining ishonchini qozonishdir. Buning uchun esa bolaning qalbidagini, dilidagini bilmoq, tushunmoq kerak. Download 74.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling