Mavzu: O’z ustida ishlashni tashkil etish reja kirish asosiy qism
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING O`Z USTIDA ISHLASH VA O`Z-O`ZINI TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI
Download 74.48 Kb.
|
2. O’Z USTIDA ISHLASHNI TASHKIL ETISH. 2023
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING O`Z USTIDA ISHLASH VA O`Z-O`ZINI TARBIYALASHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI
Tarbiyachi o`z-o`zini tarbiyalashi uchun, avvalo o`zini atroflicha chuqur o`rganishi, o`z ishidagi yutuq va kamchiliklarni ko`ra olishi kerak. O`z-o`zini o`rganish va boshqa kishini anglash uchun ham zarurdir. Boshqa yutuqlarni o`rganmay, o`zini boshqalar bilan qiyos qilmay turib, o`zini shaxs sifatida o`rganish mumkin emas. O`zini anglash, o`zini baxolash xususiyati boshqa kishilar bilan munosabat protsessida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi. Pedagogik vazifasi-faqat irodaviy fazilatlar doirasini ko`rsatib berishdan, ularning muxim axloqiy prinsplari bilan ichki aloqasini ochib berishdan tashqari o`z irodasini o`zi tarbiyalashga intiluvchi tarbiyalanuvchiga yordam berish, irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning qanday usullari kam samarador va qaysi birlari jiddiy yordam bermasligini ko`rsatishdan iboratdir. Agar pedagogik adabiyotda ta`rif-tasvirlanayotgan yoshlar qullayotgan sodda va yasama usullarga e`tibor beradigan bo`lsak, yana xam muhimdir. Aslida esa irodani kundalik hayotda, o`qishda va birinchi navbatda uchraydigan qiyinchiliklarni muntazam ravishda bartaraf etish ni tashkil etadi. Buning ustiga mexnat, o`qish, sport faoliyatining har bir daqiqasi irodani chiniqtirish uchun o`quv, mexnat va boshqa faoliyatni amalga oshirishga halaqit beradigan bir daqiqalik istaklarni bartaraf etish uchun sharoit yaratadi. Eng avvalo tarbiyachi o`zida pedagogik qobiliyatning qanday xislatlari borligini o`rganishi kerak. Pedagogik faoliyatga muxabbati yuksak tarbiyachi ishga chin ko`ngildan berilib ishlaydi, xech qanday formalizmga yo`l qo`ymaydi. O`z kasbini sevgan tarbiyachi doimiy ravishda g’oyaviy-siyosiy saviyasini oshirish va bilim doirasini kengaytiradi, o`z predmetini chuqur bilish ustida qunt bilan ishlaydi. Ma`lumki, insoniyat kamolotga chorlovchi imkoniyatlari shunchalik ko’pki, ularga erishish maqsadlari intilishida sabr-toqat bilan o’z ustida ishlash orqali erishishi mumkinligini tarixiy faktlarda ko’ramiz. Buyuk nemis pedagogi D.Disterverg har bir tarbiyachi o’z-o’zini tarbiyalashni o’z oldiga sharafli vazifa qilib belgilashi lozim. Rus pedagogi A.B.Lunacharskiy; «Pedagog o’zida insoniyat idealini shakllantirishi lozim» -degan edi. Aynan insoniyatning go’zal fazilatlarini o’zida shakllantirish har bir pedagogning kasbiy tayorgarligining poydevorini tashkil etadi. Ushbu poydevorda pedagogning kasbiy maxorati o’z ustida ishlash tufayli kundan-kunga o’sib borishi mumkin. A.S. Makarenko kasbiy takomillashtirish masalasida shunday degan edi. «Men pedagogik talantga ega edim. Pedagogikaga kutilmaganda kirib keldim va o’rgandim. Men o’z ishimning ustasi darajasida ko’tarildim Uz ishimning ustasi darajasiga har bir intiluvchi pedagog erishishi mumkin.» Bunda unga yordam berishi, o’zi ustida ishlash asosiy rol o’ynaydi. Otto Yulyevich Shimit umrining har bir daqiqasidan sermaxsul foydalanadi. Yerning va sayyoralarning paydo bo’lishi nazariyasining asosi. U o’z-o’zini tarbiyalash bilan shug’ullanib, inson imkoniyatlari keng ekanligini isbotladi. A.A.Lyubishev, shunday degan, inson uchun yomon, bo’sh, ortiqcha vaqt bo’lishi mumkun emas. U o’z umrining daqiqalarini ongli xolda xisoblashdan qo’rqmas edi. K.D Ushinskiy o’z-o’zini tarbiyalash orqali quydagilarga erishdi: 1) xotirjamlik; 2) so’zda ishonch va to’g’rilikka; 3) xatti-harakatga mulohaza bilan yondoshish; 4) qatiylik 5) o’zi xaqida sababsiz biror og’iz gapirmaslik; 6) lozim narsalardangina foydalanish; 7) har kuni kechasi o’ziga o’zi xisobot berish; 8) biror marotaba maqtanmaslik. Shuni aytish joizki, ko’plab insonlar o’zining bebaxo vaqtini bekorga o’tkazib yuboradi. Inson o’z odatlarning bir xillik kun tartibi xukmronligi ta`siriga kirib, o’zining rejalarini keyingi kunga yoki xaftaga yoki yillarga qoldira boshlaydi. O’z-o’zini ishontirish, sobitqadam iroda orqaligina o’zining qobiliyatlarini namayon etishga erishish mumkin. O’z-o’zini tarbiyalash o’z faoliyatini taxlil qilishdan va o’z shaxsini takomillashtirishdan boshlanadi. Tarbiyachi o’z ustida ishlashi, o’z-o’zini tarbiyalashda quydagi uslublardan foydalanadi: a) o’zini kuzatish. b) o’z harakatlarini taxlil etish. v) o’z-o’zini sinashi. g) o’rtoqlarining fikrini tushuna olish O’z-o’zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi. O’z shaxsiy fazilatlarini taxlil qilishga, xatti-xarakatlarini o’ylashga o’rgatadi. O’z-o’zini nazorat qilish uchun o’zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishini kuzatib boradi. O’z-o’zini baxolash tarbiyachini, o’z imkoniyatlarini baxolashda, o’zidan qoniqish xosil qilishda yordam beradi. Tarbiyachi o’z-o’zini tarbiyalash bilan birga o’z ustida tinmay ishlab, o’zining g’oyaviy-siyosiy ongini doimiy ravishda o’stirib va pedagogik maxoratini takomillashtirib boradi. M.I.Kalinin tarbiyachilarga qarata shunday degan edi: «Tarbiyachi o’zini butun kuch-quvvatini, imkonini, o’zida bor hamma qimmatbaxo narsalarni o’z tarbiyalanuvchilariga, xalqqa beradi. Ammo, o’rtoqlar, agar siz o’zingizda bor narsalarning xammasini bugun, ertaga, indinga bersangiz-u, lekin o’zingizda bunda o’z bilimlarizni, o’z kuchingizni, o’z quvvatingizni yana va yana to’ldirib bormasangiz, u xolda o’zingizda xech narsa qolmaydiku, axir. Tarbiyachi, bir tomondan, o’zida borini beradi, ikkinchi tomondan, xuddi gubka kabi o’ziga xalqdan, xayotdan, fandan xamma yaxshi narsalarni olib xazm qiladi va bu xamma yaxshi narsalarni yana yangidan bolalarga beradi». Ilg’or tarbiyachi hamma vaqt pedagogika soxasidagi yangiliklarni bilishga intiladi, boshqa tarbiyachilarning tajribalaridan foydalanishga xamda o’z shaxsiy tajribalaridan foydalanishga xamda o’z shaxsiy tajribalarini umumiylashtirishga xarakat kiladi. Agar shaxs izlansa, o’z qobiliyatlari ustida ishlasa, o’zidagi yaxshi fazilatlarni kamol toptirsa, uning obro’si, mavqei ham shu darajada yuksaladi va doimo el nazarida bo’ladi. Tarbiyachi o’zida kuzatuvchanlikni, g’amxo’rlikni tarbiyalashi lozim. Tarbiyachining mustakil bilim egallashi va malakasini oshirishi zaruriy shartlardandir. Sharq mutafakkirlari tarbiyachi o’zi uo’qb tursagina-tarbiyachi bo’la oladi, agar o’qishni to’xtatib qo’yar ekan, unda tarbiyachilik xam o’ladi, deb xaqqoniy aytganlar. Tarbiyachi o`z-o`zini tarbiyalashi uchun, avvalo o`zini atroflicha chuqur o`rganishi, o`z ishidagi yutuk va kamchiliklarni ko`ra olishi kerak. O`z-o`zni o`rganish va boshqa kishini anglash uchun xam zarurdir. Boshqa yutuqlarni o`rganmay, o`zini boshqalar bilan qiyos qilmay turib, o`zini shaxs sifatida o`rganish mumkin emas. O`zini anglash, o`zini baxolash xususiyati boshqa kishilar bilan munosabat protsessida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi. Pedagogik vazifasi-faqat irodaviy fazilatlar doirasini ko`rsatib berishdan, ularning muxim axlokiy prinsplari bilan ichki alokasini ochib berishdan tashkari o`z irodasini o`zi tarbiyalashga intiluvchi tarbiyalanuvchiga yordam berish, irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning kanday usullari kam samarador va kaysi birlari jiddiy yordam bermasligini ko`rsatishdan iboratdir. Download 74.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling