Mavzu: O’zbekiston respublikasida davlat budjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilashga o’tishning ilk tajribalari reja: Kirish


Download 160.56 Kb.
bet2/7
Sana22.02.2023
Hajmi160.56 Kb.
#1220156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT BUDJETINING O’RTA MUDDATLI ISTIQBOLINI BELGILASHGA O’TISHNING ILK TAJRIBALARI

Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari

Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun samarali faoliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me‘yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda davlatning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat 1,2

  • Bozor xo’jaligining institutsional asoslarini shakllantiruvchi qonun hujjatlarini ishlab chiqish, qabul qilish, amalga oshirish va takomillashtirish

  • Makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiyotni samarali boshqarish va tartibga solish

  • Milliy manfaatlarni himoya qilgan holda mamlakatning jahon iqtisodiyotiga

integratsiyalashuv jarayonlarini boshqarish va tartibga solish

Davlat yuqorida bayon qilingan o’z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi, shuningdek, mamlakat taraqqiyoti- ning har bir bosqichida dolzarb bo’lgan strategik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma‘lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i obyektiv zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat byudjetining mavjud bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi.
Iqtisodiy ilm ahllari orasida o’zining teran ilmiy qarashlari, moliya, soliq, sug’urta, davlat byudjeti kabi iqtisodiy kategoriyalarning mazmun-mohiyati, funksiyalari, kishilik taraqqiyotidagi o’rni, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi ahami- yati, amaliyotda namoyon bo’lish shakllari to’g’risidagi fundamental ilmiy tadqiqotlari va o’quv-uslubiy ishlanmalari bilan tanilgan o’zbek iqtisodchi olimlari i.f.d., professor T.Malikov va i.f.d., professor N.Xaydarovlarning ―Davlat byudjeti‖ nomli o’quv qo’llanmalarida ―davlat byudjeti‖ tushunchasi haqida quyidagi fikrlar keltirilgan: ―Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma‘lum bir bosqichida paydo bo’lgan bo’lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita
bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyati- ning va byudjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi‖2.
Turli davrda va turli iqtisodiy maktab vakillari tomonidan yaratilgan darslik va ilmiy adabiyotlarda ―davlat byudjeti‖ tushunchasining turlicha talqini keltiriladi. Ayrim adabiyotlarda davlat byudjetiga ―davlat daromadlari va xarajatlari yozilmasi‖ sifatida ta‘rif berilsa, boshqalarida
―davlatning asosiy moliyaviy rejasi‖ deb ta‘riflanadi,
uchinchilari esa ―markazlashgan pul fondini shakllantirish va ishlatish shakli‖ deb qaraydilar.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflarning har biri davlatning
muayyan funksiyalarini bajarish maqsadida markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ularda jamlangan moliyaviy resurslarni sarflash bilan bog’liq munosabatlarning u yoki bu jihatini aks ettiradi.
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga yuqorida nomi keltirilgan o’quv qo’llanmada ―Davlat byudjeti, deyilganda eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi‖3, - deb izohlangan.
Xorijiy adabiyotlardagi ―davlat byudjeti‖ tushunchasining talqiniga nazar tashlasak, masalan, ―Public budgeting systems‖4 nomli qo’llanmada keltirilishicha, ―davlat byudjeti- ning kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib borilishi davlat boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o’z xatti-harakatlari uchun

  1. huquqiy kategoriya sifatida mavjud ekanligi va amal qilishi nazarda tutilgan.

Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning, uning faol qismi bo’lgan milliy daromadning (qisman milliy boylikning) qiymatini qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo’lib, ular natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa, davlat boshqaruvi va boshqa davlat ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo’ljallangan pul fondi – davlat byudjeti shakllanadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi.

Download 160.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling