Mavzu: O'zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyati asoslari. Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Download 289 Kb.
|
O\'zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyati asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. DARS MUNDARIJASINI ROYOBGA CHIQARISH
- Fuqarolik jamiyati
- ISLOM KARIMOV
2. O'TGAN MAVZUNI TAKRORLASH: Blits – so'rab bilishni o'tkazish uchun namunali savollar.
Mashq uchun savollar. 3. DARS MUNDARIJASI: Fuqarolik jamiyatiga qanday tushuncha? Fuqarolik jamiyati qanday belgilari bilan ajralib turadi? Fuqarolik jamiyati sharoitida davlatning roli qanday bo'ladi? 4. DARS MUNDARIJASINI RO'YOBGA CHIQARISH: Fuqaro va fuqarolik haqidagi tasavvurlar pay do bo'lgan davrlardan boshlab fuqarolarning umumiy uyushmasi sifatida jamiyat tushunchasi yuzaga keldi. Bu tushuncha avvalo, Sharqda, jumladan. qadimgi Bobilda "Hammurapi qonunlari", qadimgi Turonda '"Avesto"' siyosiy va huquqiy-axloqiy ta'limoti bilan bog'liq otashparastlik, ya'ni zardo'shtiylik davrida, keyinchalik qadim Ellada va Rimda paydo boldi. Demak, fuqarolik jamiyati - komil fuqarolardan. ya'ni uzviy bog'liqlikda bo'lgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyat. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning kuchi bilan, balki uning a'zolari bo'lmish fuqarolarning o'zlari tomonidan boshqarilib turiladigan va qat'iy qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat o'zini-o'zi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik amiyatiga davlatning kuchli ta'siri talab etilmaydi. Aksincha, davlat bunday amiyatning nazoratida bo'lishi kerak, chunki davlat-fuqarolik jamiyatining -yollanma xizmatkoridir". Bunday jamiyat nafaqat o'zining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham o'zi boshqarib turadi. Fuqarolik jamiyati - komil fuqarolardan, ya 'ni uzviy bog 'liqlikda bo'Igan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyatida oila asosiy andoza va hal qiluvchi bo'g'in hisoblana-di. Oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq, ma'naviyat, axloq va davlatlatchilik -fuqarolik jamiyatida ta'sir etuvchi omillardir. Biz mustaqillik davridaoila institutini jamiyatning boshqamuhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma'naviy o'zgarishlar bilan uyg'un tarzda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo'nalishi sifatida doimiy e'tibor berib kelmoqdamiz. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida oilaning ijtimoiy maqomi aniq belgilab qo'yilgani, shu asosda Oila, Fuqarolik, Uy-joy kodekslari va boshqa zarur qonun huijatlari qabul qilinib, bu borada tegishli huquqiy poydevor yaratilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. ISLOMKARIMOV ("Yuksak ma 'naviyat -yengilmas kuch " kitobidan) Fuqarolik jamiyatini barpo etish, jamiyat hayotini tubdan isloh qilish va rivojlantirish oldimizdagi ulkan vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda olimlarning diqqat markazida turgan fuqarolik jamiyatini yanada takomillashtirish muammosi O'zbekiston uchun alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish imkoniyatlari va uning o'ziga xos jihatlarini tahlil qilib ko"raylik. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish tashabbuslarining uyg'onishi natijasida mamlakatimizda bunday jamiyatning shakllanayotganligini ko'rsatuvchi belgilar tobora yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Fuqarolik jamiyati, davlatning tazyiqisiz, qonun doirasida vujudga kel-gan muayyan kishilik jamiyatining ixtiyoriy o'zini o'zi boshqarishi deb tu-shuniladi. "Shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug'ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko'paytirsak, amaldorlarning zo'ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun bizjamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo'l yo'q". ISLOM KARIMOV 1. "Jamoatchilik nazorati" deganda siz nimani tushunasiz? 2. Prezident tomonidan jamoatchilik nazoratiga bu darajada jiddiy e'tibor berilayotganligiga sabab nimada deb o 'ylaysiz? Aynan fuqarolik jamiyatini shakllantirish respublikamizda amalga oshiri-layotgan islohotlarning bosh maqsadidir. O'zbekistonda hozirgi kunda besh mingdan ortiq nohukumat va jamoat tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. O'zbekistonda fuqarolik jamiyatining quyidagi elementlari shakllanib bormoqda: Siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar. Jamoat tuzilmalari. Nodavlat, notijorat tashkilotlar. Ta'lim-tarbiya muassasalari. Diniy tashkilotlar. Milliy-madaniy markazlar. Jamoatchilik fikrini o'rganish tashkilotlari. Oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari. 10.Ommaviy axborot vositalari. 11.Demokratik saylov tizimi. Shu bilan birga, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun hali ko'p ishlarni amalga oshirish lozim. O'zbekistonda fuqarolarining o'zini-o'zi boshqarish tuzilmalari mavjud bo'lib, bunda mahalla alohida ahamiyatga ega. Yashashjoyidagi milliy o'zini o'zi boshqarishning o'ziga xos modeli bo'lgan mahalla, xalqimizning asriy an'analari va urf-odatlariga tayanib, muhim tashkiliy-iqtisodiy va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. "Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi - demokratik davlat, fuqarolikjamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustah- kamlash yo 'lidan og'ishmay, izchil va qat 'iyat bilan borishdir ". ISLOMKARIMOV Mahalla odamlar yashaydigan muhit bo'lib, bu yerda ularning ongi va xulq-atvoriga jamoatchilik fikri jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Munosabatlar adolat, c'zaro hurmat, mehr-muruvvat, o'zaro yordam asosida quriladi. Mohiyatan -nahalla sharqiy demokratiyaning boshlang'ich maktabi vazifasini bajaradi. Mahalla timsolida mavjud bo'lgan fuqarolik jamiyatining ijtimoiy negizi O'zbekistonda bunday jamiyatni shakllantirishning tayanch nuqtasi bo'lib xizmat qilishi lozim. Mustaqillik yillarida mahalla hayoti bilan bog'liq ko'plab qadriyatlar, udum va an'analarimiz qayta tiklanib, zamon talablari asosida boyib bormoqda. Shu bilan birga, mahallaning huquq va vakolatlari kengaytirilmoqda, ular bugun o'zini o'zi boshqarish idorasi, haqiqiy demokratiya darsxonasi sifatida keng ko'lamli faoliyatolib bormoqda. Davlatchiligimiztarixida birinchi marta"mahalla" tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o'rni va maqomi qat'iy belgilab qo'yildi. ISLOMKARIMOV ("Yuksak ma 'naviyat -yengilmas kuch " kitobidan) Huquqning ustuvorligi O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim elementidir. Bag'rikenglik va hamkorlikda ish olib borish o'zbek xalqining mentali-tetiga xosdir. Umid bildirish mumkinki, O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini -hakllantirishda ayni mana shu xususiyatlar yetakchilik qiladi. O'zbekistonda fuqarolik jamiyatining taraqqiy topishining quyidagi asosiy yo'nalishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: mulkni davlat tasarrufidan chiqarish; ko'ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish; ishlab chiqarishni yuksaltirish; maqbul ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish. O'zbekistonda yoshlar fuqarolik jamiyati ijtimoiy negizining o'zagini tashkil etishi lozim. Fuqarolik jamiyati sharoitida davlat va shaxs huquqning teng subyektlari sifatida faoliyat yuritadilar. Bu esa, o'z navbatida huquqiy demokratik davlat sharoitidagina yuz berishi mumkin bo'lgan holatdir. Bundan xulosa qilish mumkinki, fuqarolik jamiyatida davlat tomonidan muayyan kafolatlar tizimi tashkil etilishi lozim. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan qonun, farmon va farmoyishlar tizimi ana shunday tizimlarga misol bo'la oladi. Abu Nasr Forobiy o'zining "Fozil odamlar shahri asarida, "Talxis-u navomisi Aflotun" ("Aflotun qonunlari mohiyati") nomli asarga asoslanib shunday deydi: "Aflotunning aytishicha, eng mushkul ish-qonunni joriy qilishdir. Qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir. Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni o"rganishi zarur, chunki ular keyinchalik xalqning o'ziga foyda keltiradi". Adolatli jamiyat asosiy yo'llarini Forobiy quyidagicha bayon etib bergan: Fozil (12 xislatni o'zida aks ettirgan) davlat rahbari va davlat a'zola-rining bo'lishi. Qonun-qoidalarning mavjudligi va ularga davlat rahbarlarining, bar-cha aholining bo'ysunishi. Ilm-fanning taraqqiy etishi. Insonlarda yaxshi axloq va xulqning shakllanganligi. ♦ Davlat urush va bosqinchiliklarga qarshi bo'lmog'i. mamlakatda tinchlik, barqarorlikning o'rnatilishi. Download 289 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling