Mavzu: “O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri


Download 38.18 Kb.
bet1/8
Sana10.01.2023
Hajmi38.18 Kb.
#1085963
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marjonaga 2 mavzu


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM YO’NALISHI
O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN

MUSTAQIL ISHI




MAVZU:O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri.
Bajardi:_________________
Tekshirdi:________________


2022
MAVZU: O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri.


Reja:

1. Ibtidoiy jamoa tuzumini tarixiy va arxeologik davrlarga bo’linishi.


2. Odamzodning ilk ajdodlari.
3. O’zbekistonda Qadimgi tosh davrining ilk bosqichi.
4. O’zbekistonda Qadimgi tosh davrining o’rta bosqichi.

1. Ibtidoiy jamoa tuzumini tarixiy va arxeologik davrlarga bo’linishi.
Tarixiy davrlashtirish. Arxeologik davrlashtirish. Ibtidoiy to’da. Urug’ jamoasi. Matriarxat, Patriarxat, Paleolit, Mezolit, Neolit, Eneolit, Bronza davri, Ilk temir davri.
Ibtidoiy jamiyat-ibtidoiy odamlarning paydo bo‘lishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar bo‘lgan davr. Jamoa bo‘lib mehnat qilish va jamoa bo‘lib iste'mol qilish Ibtidoiy jamiyatning o‘ziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega bo‘lgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat qilib, o‘z mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamiyat iborasi juda buyuk kashfiyot hisoblanib, u birinchi navbatda eta. olim L.G.Morgan nomi bilan bog‘liq. L.G.Morgan o‘zining «Qadimgi jamiyat» (1877) asarida juda boy etn. materiallarga asoslangan holda ilmiy olamda birinchi bo‘lib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar bo‘lgan davrini ikki bosqichga bo‘lgan:1-bosqichni «ibtidoiy to’da», 2-bosqichni esa «ibtidoiy urug‘chilik jamoasi» deb atadi. Ibtidoiy to’da bosqichi o‘z mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning «hayvonot» olamidan ajralib insoniyat olamiga o‘tish davri bilan xarakterlanadi. L.G.Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamiyatga kiritmagan. Aslida Ibtidoiy jamiyat urug‘chilik jamoasini vujudga kelishi bilan boshlanadi. L.G.Morgan fikriga F.Engels va V.I.Leninlar qo‘shilsada, ammo ular urug‘chilik jamoasi davrini «ibtidoiy kommuna», «qadimgi kommunizm» iboralari bilan almashtirib katta nazariy xatoga yo‘l qo‘yadilar. I.V.Cmashinning «Dialektik va tarixiy materializm haqida» asari paydo bo‘lgach, masala yanada chalkashib ketdi. U Ibtidoiy jamiyat tushunchasiga kishilik tarixini ibtidoiy to’da bosqichini ham qo‘shib yubordi. Stalincha konsepsiya keyinchalik sobiq sovet tarixshunosligida asosiy yo‘l-yo‘riq bo‘lib qoldi. Aslida, tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formasiya-ibtidoiy urug‘chilik jamoasi edi. U urug‘ jamoalarining paydo bo’lishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ibtidoiy tuda davrida esa ishlab chiqarishning o‘zi bo‘lmagan.
Bu davr odamzodning uzoq, davom etgan tadrijiy shakllanish bosqichi bo‘lib, u haqiqatan Ibtidoiy jamiyatga o‘tish davri hisoblanadi. L.G.Morgan o‘z vaqtida Ibtidoiy jamiyatni 2 bosqichga bo‘lgan: birinchisini «ibtidoiy urug‘chilik jamoasi», ikkinchisini esa «harbiy demokratiya bosqichi» deb ataydi. 20-a. davomida etn. va arxeologiya sohalarida fan olamida qo‘lga kiritilgan yutuqlar harbiy demokratiya davrini sinfsiz jamiyatdan birinchi sinfiy jamiyatga o‘tish bosqichi sifatida qarashni, shuningdyek, «ibtidoiy urug‘chilik jamoasi» davrini ikki fazaga bo‘lishlikni taqozo etadi. Ibtidoiy urug‘ jamoasining har ikkala fazasi davomida inson hayotida juda katta sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Bu davrda dastlabki jamoa bo‘lib yashash kurtagi paydo bo‘ldi. Bu kurtak urug‘ jamoasining tarkib topishiga asos solgan onalar atrofida yuz berdi. Shuning uchun ham urug‘chilik jamoasining bu ilk fazasi-ona urug‘i-matriarxat deb ataldi. Urug‘chilikning birinchi tadrijiy rivojlanish fazasida ishlab chiqarish munosabatlari to‘laligicha urug‘ manfaatiga mos tushadi, jamoada ijtimoiy ishlab chiqarish hukmron. Endi ibtidoiy urug‘chilik jamoasining ikkinchi fazasida ishlab chiqarish munosabatlari asta-sekin urug‘ manfaati doirasidan chiqa boshlaydi. Bunday ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ibtidoiy jamoa xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikning kelib chiqishi rivojlanishi bilan, jamoada ortiqcha mahsulotning paydo bo‘lishi va bozor munosabatlarining tarkib topishi bilan bog‘liq edi. Bu jarayonlar, albatta, ishlab chiqarishda erkaklar mehnatiga talabning ortishi va urug‘lararo guruxli nikohning buzilishi va urug‘ jamoasidan tashqarida patriarxal juft oilaning qaror topishi bilan bog‘liq edi. Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi zamonida ro‘y bergan bu o‘zgarishlar matriarxal urug‘ jamoasining patriarxal urug‘ jamoasiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishiga olib keldi. Ota urug‘i (patriarxat) shakllandi.
Jamoada erkaklar rolining kuchayishi tabiiy ravishda patriarxal juft oilani keltirib chiqardi. Patriarxal urug‘ jamoasidagi juft oila nikohi va uning tarkibida monogam nikoh tizimining qaror topishiga olib keldi. Ilk urug‘chilik jamoasi davrida odamzod birinchi bor amaliy san'atni kashf etdi, ya'ni san'at dastlab ayol haykallarini yasashdan, birinchi navbatda, homilador ayol tasvirini ishlashdan boshlandi. Bu davrning boshqa bir buyuk o‘zgarishi odamzodning biologik jismoniy tuzilishida ro‘y berdi, ya'ni yevropoid, negroid va mongoloid irqlar shakllandi va, nihoyat, eng qad. ajdodlarimiz tabiiy g‘ordan chiqib, ma'lum mintaqalarda o‘zlari uchun kulba yasash yo’lini kashf etdilar.
Ibtidoiy ajdodlarimiz hayotidagi bu inqilobiy o‘zgarishlar ona urug‘i-matriarxatning dastlabki ming yilliklari davomida, ya'ni mil. av. 40-30ming yilliklarda sodir bo‘ldi. Ibtidoiy tuda davrida ilk ajdodlarimiz o‘rtasida biologik aloqalar cheklanmagan, tartibsiz holda yuz bergan bo‘lsa, ibtidoiy urug‘chilik jamoasi tarkib topishi bilan odamlar o‘rtasidagi biologik aloqalar ma'lum tartibga tushdi, ya'ni biologik aloqalar endi ikki urug‘ jamoasi a'zolari o‘rtasida sodir bo‘ladigan bo‘ldi. Bu nikoh tartibi guruxli nikoh deb yuritildi. Keyinroq, ona urug‘i davrining so‘nggi fazasida ana shu guruxli nikoh doirasida ayollar farzandlarining otalaridan o‘z urugi uchun ishlab berishni, o‘z urug‘i yumushlariga yordam berishni talab qila boshlaydilar. Bu talablar, albatta, iqtisodiy muammolar bilan bog‘liq bo‘lib, ona urug‘i jamoasi zaminida matriarxal juft oilani rasmiylashishiga olib keldi. Onalar, endi, o’z farzandlariga uz otasini tanishtira boradi. Uzoq, davom etgan bu nikoh tartibi va axloq normalari ona urug‘i doirasida erkaklar rolining kuchayishiga olib keldi. Iqtisodiy hayot tashvishlari endi erlar qo‘lida jamlandi. Erkaklar iqtisodiy xo’jalik jilovini o’z qo‘llariga oladilar va ularning farzandlari oldidagi nufuzi ortib boradi. Ibtidoiy urug‘chilik jamoasining ikkinchi fazasida urug‘ jamoalari xo‘jaligida qo‘shimcha daromad paydo bo‘ladi, u esa, o‘z navbatida, mol ayirboshlashni keltirib chiqaradi. Ana shu davrdan boshlab urug‘larning qabilalarga birlashishi boshlanadi. Qabilalararo iqtisodiy aloqalar vujudga keladi va ularning oqibat natijasi sifatida kishilik tarixida harbiy demokratiya davri boshlandi. Bu inqilobiy o‘zgarishlar otalar urug‘i (patriarxat) ga xos bulib, ular ibtidoiy urugchilik jamoasi zaminida dehqonchilik va chorvachilikning kashf etilishi bilan bog‘liq edi.
Arxeologik jihatdan ilk va o’rta paleolit davriga muvofiq keluvchi ibtidoiy tuda davrida yashagan ajdodlarimizning odamsimon maymun podalariga xos xatti-harakatlari, ularni fan olamida eng oliy tipdagi odamsimon maymunlardan tarqalgan, degan tasavvurni keltirib chiqardi. Aslida, hech bir odamsimon maymunlardan (shimpanze, gibbon, orangutan, gorillalardan) odam tarqalmagan. Odamzotning eng ilk ajdodlari o‘zlarining oziq tishlaridagi naqshlari va bosh miyasining maymun bosh miyasidan kattaligi bilanfarqqiluvchi maymunsimon odam ajdodi (Goranna driopiteki) dan tarqalgan. Bu tipdagi odamzot ajdodlarining qoldiqlari Jan. Afrikada zinjantrop, Indoneziyaning Yava o.da pitekantrop, Xitoyda sinantrop, O‘zbekistonda Fergantrop, Germaniyada neandyertallar nomlari ostida topib o‘rganildi. Fan olamining xulosasiga ko‘ra, ular to «aqlli odam» («homo sapiens) holatiga kelguniga qadar (mil. av. 40-35 ming yillikka qadar) o‘zining tadrijiy shakllanish taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Ular eng oddiy tosh qurollardan va olovdan foydalanishni o‘rgandilar. Madaniyatning dastlabki kurtaklari vujudga keldi, ma'noli nutq paydo bo‘ldi. Inson asta-sekin biologik jihatdan takomillasha bordi, eng ibtidoiy (pitekantrop, sinantrop va neandertal va b.) tipdan yuksak taraqqiy etgan va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan odam darajasiga yetdi. Avvalo mehnat, so‘ngra so‘zlash ikkita eng muhim sabab bo‘ldiki, bu sabablar ta'siri ostida eng ilk ajdodlarimizning miyasi sekin-asta aqlli odam miyasiga aylandi. Ilk va o‘rta paleolitdan uning so‘nggi bosqichiga o‘tish davrida tosh qurollarni yasashda, ovchilikda ancha yutuqlarga erishildi. Ibtidoiy to‘dadan so‘nggi paleolitga o‘tish davrida ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasi ancha o‘zgardi va taraqqiy etdi. O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda Ibtidoiy jamiyatning har bir davriga mansub mehnat qurollari Farg‘ona vodiysidagi Selungur g’orida va b. joylarda topildi. Arxeolog A.P.Okladnikov tomonidan 1938-1939 yillarda tekshirilgan Teshiktosh g’ori yodgorliklari ham mazkur davrning muste bosqichiga mansubdir.
So‘nggi paleolit davrida suyak va shoxdan yasalgan buyumlar-igna, bigiz, qarmoq, kamon o‘qi, turli xil bezaklar va h. k. keng qo‘llanilgan. Bu davrda parma ham paydo bo‘ldi. Ibtidoiy tuda o‘rnini ijtimoiy jamoaning ancha mukammallashgan shakli-ona urug‘i jamoasi (matriarxat) oldi. Bir urug‘ ichida nikoh qilish man etildi, natijada ibtidoiy odamlarning jamoa bo‘lib uyushishi kuchaydi. Arxeologik jihatdan so‘nggi paleolit, mezolit va neolit davriga muvofiq keluvchi matriarxat davrida urug‘chilik jamoasi ancha uyushqoq ijtimoiy-iqtisodiy kurtak bo‘lib, kishilar birgalikda mahsulot tayyorlar va iste'mol qilar edi. Ular ovchilik, baliqchilik bilan shug‘ullanganlar, keyinchalik esa motiga bilan yer haydab, dehqonchilik qilib va uy hayvonlarini boqib, tirikchilik o‘tkazishgan. Matriarxatning rivojlangan davrida mehnat taqsimoti tufayli xo‘jalikda va jamiyatda ayollar muhim rol o‘ynay boshladi.
Ibtidoiy guruh-guruh oiladan alohida xo‘jalikka ega bo‘lmagan beqaror juft-juft oilaga utildi. Matriarxat davrida qishki turar joy, kiyim va bezaklar, qurolning murakkab turlari (o‘q yo’y, yelmiltiq va b.), terini qayta ishlash, mato to‘qish, kulolchilik, tasviriy san'at va din vujudga kela boshladi. Bu davrning so‘nggi bosqichida etnik birlik-qabila tarkib topdi. O‘rta Osiyoda shu davrga oid ko’p yodgorliklar topilgan (mas, Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati).
Neolitning so‘nggi bosqichi va jez davrining boshlarida ona urugchilik jamoasining ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotida katta o‘zgarishlar ro’y berdi. Chorvachilik, omoch bilan yer haydash, baliq tutish, metallni oddiy usulda qayta ishlash yuzaga keldi. Natijada ayollarning xo’jalik yuritishdagi roli pasayib, erkaklarning roli oshdi. Kishilar tabiat kuchlariga qarshi kurashish uchun turli qurollardan foydalandilar. Erkaklar o‘zlari topgan boyliklarini umumiy jamoaga emas, o‘z bolalariga berishga intildilar. Shu tariqa matriarxatdan patriarxat davriga o‘tildi, urug‘chilik oilalariga ota boshchilik qiladigan bo‘ldi. Ota urug‘i asosida katta patriarxal oilalar tashkil topdi. Patriarxal oilada urug‘chilik tuzumining kurtagi saqlangan bo‘lsada, uning yemirilayotgani sezilib turardi. Barqaror nikoh vujudga kelishi bilan ayol kishi erkak turgan joyga borib yashaydigan bo‘ldi. Bolalar ota ismining va mulkining merosxo‘ri bo‘ldilar, uyda ota hukmronligi yuzaga keldi. Ishlab chiqarish kuchlarning o‘sishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi xususiy xo‘jalikning paydo bo‘lishiga, urug‘ning yemirilishiga, o‘ziga to‘q yuqori tabaqaning ajralib chiqishiga olib keldi, bu tabaqa dastlab harbiy asirlar, so‘ng qashshoqlashgan qabiladoshlarini qullarga aylantirdi. Qabilalararo xo‘jalik va madaniy aloqalarning rivoji tufayli etnik birlikning Yangi shakli-elat vujudga keldi. Natijada sinflar va davlatlar paydo bo‘ldi. Urug‘ qabila boshliqlaridan davlat hokimiyati tashkil topa boshladi. Jez davrida O‘zbekiston hududida sug‘orma dehqonchilik rivojlana boshladi. Bu davrga oid arxeologik topilmalar moddiy madaniy belgilari va etnik xususiyatlariga qarab ko‘pgina arxeologik madaniyat ismlari bilanataladi (Amirobod madaniyati, Sopollitepa madaniyati, Zamonbobo madaniyati, Suvyorgan madaniyati, Tozabog‘yop madaniyati, Chust madaniyati va b.) O‘rta Osiyo hududidagi jez davri yodgorliklarining juda boy majmuasi vohalarda iqtisod va madaniyat taraqqiy etganidan bu yerda qadim davrlardayoq sinfiy jamiyat tug‘ila boshlaganidan dalolat beradi.

Download 38.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling