Mavzu: “O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri
Download 38.18 Kb.
|
Marjonaga 2 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omonqo‘ton g‘ori
- Takalisoy g‘ori
- Uchtut chaqmoqtosh konlari
Obirahmat g‘ori - mustye madaniyatiga doir qad. manzilgoh. Toshkentdan 100 km shim.-sharqda, Ko‘ksuv tizmasi etagidagi Paltovsoyning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. O.g‘.ni A.P.Muhammadjonov va S.K.Nasriddinov topgan (1962). R.Sulaymonov tekshirgan. Obiraxmat g‘ori keng yoysimon shaklda bo‘lib, eni 20 m dan ortiq; u quruq va yorug‘, sharqiy chekkasidagi qiyadan chuchuk suvli shalola oqib tushadi. G‘orning og‘zi janub tomonga qaragan. Obiraxmat g‘orida uzoq, vaqt davomida hosil bo‘lgan 21 madaniy qatlamning umumiy qalinligi 10 m. Obiraxmat g’oridan nayzasimon qurollar, nukleuslar, turli xildagi tosh kesgichlar, ponasimon qurollar, bigizlar topilgan. Topilmalar O‘rta Osiyoda tosh davrining eng boy kolleksiyalaridan birini tashkil qiladi. Omonqo‘ton g‘ori-mustye davriga oid g‘or Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi Omonqo‘ton qishlog‘idan 2 km sharq tomondagi Bulbulzorsoyning baland sohilida joylashgan. Arxeolog D.N.Lev tekshirgan (1947-1957) 2 ta madaniy qatlam aniqlangan. Obiraxmat g‘orida yashagan odamlarning mehnat qurollari diorit, kvars va chaqmoqtoshdan yasalgan qirg‘ichlar, tig‘i qirrali qo‘pol pichoqlar, nayzasimon tosh qurollar va nukleuslardan iborat (jami 140 ta tosh qurol topilgan). G‘ordan ko‘pdab hayvon (arxar, qo‘ng‘ir ayiq va b.) suyaklari chiqqan; suyaklar uzunasiga yorilgan, ularda olovda kuyganlik izlari bor. Obiraxmat g‘ori O‘zbekistondagi eng qad. manzilgoxlardan bo‘lib, fan uchun ahamiyati katta. Takalisoy g‘ori-mustye davriga oid g‘or (mil. av. 40-30ming yillik). Samarqanddan 50 km jan.sharqda, Taxtaqoracha dovonida joylashgan. Arxeolog D.N.Lev tekshirgan (1951). T.g‘.ning uz. 25 m, kirish qismining bal. 2 m. Kiraverishda 9 m2 maydonchaning qora tuproqli loy qatlami orasidan (25-40 sm chuqurlikda) suyak parchalari, ko‘mir qoldig‘i, 3 dona uzunchoq oq tosh parrakchasi va bir qancha tosh siniqlari topilgan.
Uchtut chaqmoqtosh konlari - ashel, mustye va yuqori paleolit davrlarida tayyorlangan tosh qurollar uchun xom ashyo manbalari. U.ch.k. mil. av. 5-4 ming yilliklarga oid. 1958 yilda Buxoro viloyati Navoiy tumanining Uchtut qishlog‘i yaqinidan Ya.G‘ulomov rahbarligidagi Mohandaryo ekspedisiyasi a'zolari tomonidan topilgan va shu qishloq nomi bilanatalgan. 1961-1967 y.lari M.R.Qosimov va 1967-1980 y.lar T.Mirsoatov tomonidan o‘rganilgan. Konning umumiy mayd. 8000 m2 bo‘lib, shundan 1000 m2 qazib o‘rganilgan va 32 ta chaqmoktosh koni ochilgan. U.ch.k. voronka yoki oval shaklida (eni 95-110 sm dan 4-5,5 m gacha, chuq. 5-5,5 m gacha) bo‘lgan. Tog‘ jinsiga 1-2 m qolganda konlar 3-4 martagacha kengayib borgan. U.ch.k.ning tuproq qatlamidan saqlanib qolgan qurol izlari shaxtalar qanday qurollar yordamida qazilganligini aniqlash imkonini beradi. U.ch.k.ning tuproq qatlamidan bug‘uning kurak suyagi, yog‘och qurollarning izlari, shaxtalar ichidan uchi silliqlangan hayvon shoxlari topilgan. Chaqmoqtoshlarni tosh qurollar bilan kavlab tog‘ jinsidan ajratib, so‘ngra og‘ir vazndagi qayroq toshlar bilanurib, bir necha bo‘laklarga bo‘lganlar. Nam tortgan chaqmoqtosh mo‘rtroq bo‘lib, qurol yasash oson bo‘lgan. Odamlar kon yaqinida chaqmoqtoshlardan qurollar yasab, ibtidoiy ustaxonalar vujudga keltirishgan. Bunday toshga ishlov berish joylari Qizilqumning boshqa r-nlaridan ham topilgan. Bunga Amudaryo bo‘g‘ozi yaqinidagi Sultonuizdog‘ toshkon makoni misol bo‘la oladi. Hozirgacha U.ch.k.dan 35 xil tosh hamda hayvon shoxidan yasalgan qurollar topildi. Bular qad. odamlarning U.ch.k.dan uzoq muddat davomida xom ashyo manbai sifatida foydalanganini ko‘rsatadi. Mezolit-o`rta tosh davri bo`lib, yunoncha mezos-o`rta, litos-tosh demakdir. So`nggi paleolit davridan mezolitga o`tish boshlanishi bilan ulug’ muzliklar (Mindilov, Ris, Vyurm) eriy boshlaydi. Iqlim barqarorlashib, o`simliklar va hayvonot dunyosi asta-sekin hozirgi zamon hayvonlari va o`simliklari qiyofasiga kira boshlaydi. Demak, tabiatdagi: hayvonot dunyosidagi bu buyuk o`zgarishlar bilan yangi davr, ya`ni mezolit davri boshlanadi. Olimlarning fikricha bu davr mil. avvalgi 12 minginchi yillarda boshlanib, mil. avval 6 minginchi yillargacha davom etgan. Muzlik chekinishi bilan shimolda Boltiq dengizi hozirgi chegarasiga yaqin bo`lgan chegarani tashkil etgan va katta kichik bo`lgan botqoqliklar paydo bo`lgan. Janubiy xududlarda keng yaproqli daraxt o`rmonlari vujudga kelgan. Volga, Don, Dnepr daryolarining Quyi oqimidan janubrokda Qozog’iston, O`rta Osiyo va Janubiy Sibir xududlarida hayvonlar uchun yaylov-cho`l zonasi vujudga kelgan, muzlikning erishi bilan shimoldan janubga kelgan shoxdor bug’ular endi shimolga ko`chib o`ta boshladi. Uzun junli mamontlar ham tugab bu yirik hayvonlar o`rniga kichik tez chopar mayda xayvonlarlar vujudga keldi. O`q yoyning kashf etilishi ushbu hayvonlarning vujudga kelishi bilan bog’liq edi. Bu bilan insoniyat yirik hayvonlardan qurqish xavfini tugatdi va ovchilikning yangi usullarini kashf etdilar va ovchilik-ibtidoiy kishilarning hayot manbaiga aylandi. Xayvonlarni qo`lga o`rgatish boshlandi. Birinchi qo`lga o`rgatilgan hayvon esa it edi. Bu davr odamlari o`simlik ildizi bilan emas, balki mazali mevalari tirikchilik qiladigan bo`lganlar. Suyakdan qurollar yasalgan (qarmoq). Daraxt novdalaridan savatlar to`qiganlar mezolit davrida o`troq xyot tarzi boshlangan va yangi muzlikdan bo`shagan erlarni o`zlashtirishga kirishganlar, insoniyatning mehnat qurollari ham tanomillashib xar xil geometrik shakldagi kichik tosh qurol(mikrolit)lar paydo bo`ldi. Dastlab bu qurollarni Frantsiyaning janubida yashagan arunta qabilalari ishlatganlar chunki 1887 yildagi arxeologik tekshirishlar natijasida aniqlangan. Mezolit davrida O`rta Osiyoda ham iqlim qulay bo`lib, 1970-80 davrlarda Islomov So`x yaqinidagi Obishir manzilgohini o`rgangan. G’orning quyoshga qaragan tomonida ungurlar bo`lib Obishir va Obishir-5 dan mezolit yodgorliklari topilgan. Farg’ona vodiysidan 100 dan ortiq manzillar topilgan. Toshkentning Sariqamish tumanidagi Buzsuv soyining 2 irmog’i qo`shilishi joyidagi Qo`shilish manzilgohi aniqlandi. Surxondaryo viloyatidan Ayritom, Kattaqo`rg’on, Zaranjuk-chut Dukanxona, eski Termiz, Podaxona, Oqtosh yodgorliklari aniqlandi. 1930 yilda G.F.Parfinov Machay g’orini tekshirdi. 1970-80 yillarda Islomov shu erda yana qazilma ishlarini olib borib, madaniy qatlamni aniqladi. Bu erdan topilgan 80% qurollari ovchilik va hayvon terisini ishlash qurollari bo`lgan. Bu qurollar mil. avv. 7-6 ming yillarga borib taqaladi. Lekin bu asrda O`rta va Yaqin Sharqda neolit davri gullab yashagan davri bo`lgan. O`zbekistondagi mezolit davri yodgorliklari Qo`shilish madaniyati. 1) Mil avv 11-10 yilliklar 2) Obishir madaniyati. 3) Machay madaniyati 7-6 ming yilliklar. Bu davrda diniy tasavvurlar ham vujudga kelganligi (Kayla, Tutkaul, Machaydan) aniqlangan. Qayla g’oridan topilgan mozorda chalqanchasiga yotqizilgan ustiga oxra (qizil) rang sepilgan, oyoqlari bukilgan bo`lib, taqinchoqlar, ayollar yonidan toshmo`nchoqlar topilgan. Surxondaryoning Zarautsoy qoya suratlari shular jumlasidandir. Bular qizil rang bilan ishlangan, avvalgi hayvonlarning ov qilish manzarasi tasvirlangan, ovchilarning yonlarida iti, ustlarida yopinchiq, qo`llarida o`q-yoy va toshlar bo`lgan. Neolit yunoncha, neo-yangi, litos-yangi, yangi tosh davri bo`lib, mil avv 6-4 ming yilliklarini o`z ichiga oladi. Bu davrda odamlar toshni pardozlashni bilganlar, qurollarning turi kupaygan. Boltalardan turli maqsadlarda foydalanganlar. Bu davrda erto`lalar, loydan qurigan uy – doimiy o`troq hayot tarzi barpo bo`lgan. O`troq hayot tarzi oqibatida hunarmandchilik sohasi vujudga kelib sopol buyumlar ishlab chiqarildi, bu esa o`lkan kashfiyot edi. To`qimachilik vujudga kelib undan to`r yasashgan. Juft oila vujudga kelgan. Neolit manzilgohi O`rta Osiyoda Turkmanistonning Joytun madaniyati bo`lib (mil. avv. 6-5 ming yilliklar) dastlabki dehqonchilik vujudga kelgan edi. Yana bir madaniyat Ashxaboddan 40 km naridagi Chaqmoqlidir. Bu erdan kulbalar topilgan bo`lib ular somonli loy bilan suvalgan, xonalari supali bo`lgan. Xorazmdan esa neolit davriga oid Kaltaminor madaniyatini S.P.Tolstov o`rgangan. Bu erda ovchilik rivojlangan. Kaltaminor madaniyatiga xos qatlam Amudaryo va Sirdaryo oralig’idan topilgan. Janbos-4 yodgorligi o`rganilgan. Janbos odamlari chaylada yashagaganligi ma`lum bo`lgan. Kulbaning maydoni 300m kv bo`lgan. Oqchadaryo xavzasidan Kavat-7 manzilgohi maydoni 580 m kv bo`lgan. Tuxumsimon naqshlangan idishlar topilgan. Termachilik rivojlangan chunki jiyda danaklari topilgan. Neolit davriga oid Tumek-Kichidjik qabristoni o`rganilgan. 1972-74 yillarda 27 ta qabr o`rganilgan, marxumlarning boshlari shimolga qaratib chalqonchasiga quyilgan. Bu Turkmanistondagi Kayla qabristoniga o`xshash bo`lgan. Neolit davriga oid Xisor madaniyati mavjud bo`lgan. Tojikistonning g’arbidan Xisor-Pomir tog’laridan topilgan joydan 200 dan ortiq yodgorliklar topilgan Tutqavul, Saysayyod, Quyi Bulyon, bo`lib bular mil avv 5-3 ming yillarga xosdir. Tasviriy san`at namunalari Zarautsoy (8-4 ming yil) Sarmisoy, Bironsoy, Ko’ksaroy, Taqatosh, Teraklisoy va boshqalar. Download 38.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling