Mavzu: “O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri


Download 38.18 Kb.
bet3/8
Sana10.01.2023
Hajmi38.18 Kb.
#1085963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marjonaga 2 mavzu

Mezolit (mezo... va lithos-tosh)-o‘rta tosh davri; paleolitdan neolitga o‘tish davri (mil. av. 10-7 ming yillik). Geologik pleyspgosendan hoz. golosenga o‘tish davri. Mezolitda hayvonot dunyosi, landshaftlar muzlik davridan xalos bo‘lib hozirgi tabiiy sharoitga moslashgan. Muzlik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yo‘q bo‘lib, yangilari paydo bo‘lgan. Inson hayotida katta o‘zgarishlar sodir etilgan. Mezolitda o‘q-yoyning kashf etilishi bilan yakka oila bo‘lib yashash imkoniyati tug‘ilgan. Tosh, suyak, yog‘ochdan mikrolit qurollar (pichoq, qirg‘ich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov qilish imkoniga ega bo‘lishgan. Shu tariqa jamoa bo‘lib yashashga barham berilgan. Mezolit davri odamlari ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan shug‘ullanganlar.
O‘zbekiston hududida Mezolit davriga oid eng qad. yodgorlik Qo‘shilish bo‘lib, u mil.av. 10 ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qo‘lga o‘rgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa Mezolit davri boshida O‘zbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor bo‘lganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda Mezolitga oid ko‘plab yodgorliklardan Farg‘ona vodiysining So‘x tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay g‘ori kabilarni ko‘rsatish mumkin.
2. Odamzodning ilk ajdodlari.
Odamzodning paydo bo’lishi xaqidagi nazariyalar. Driopitek, Avstralopitek, Zinjantrop, Petikantrop, Sinantrop, Neandertal, Kramanion, Xoma xabilis, Xoma sapines.
Driopiteklar (Dropithecinae)-qirilib ketgan odamsimon maymunlar kenja oilasi. D.ning skelyet qoldiqlari (asosan tishlari, jag‘larining siniqlari, ba'zan bosh suyagi va qo‘loyoqlar skelyeti) miosen va ilk pliosen yotqiziqlaridan G‘arbiy Yevropa, Jan.Osiyo va Sharqiy Afrikada topilgan. Ayrim D.da gorilla va shimpanzenikiga o‘xshash belgilar paydo bo‘la boshlagan. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, D. kam ixtisoslashgan chala maymunlar hisoblanadi. Ularga hoz. Afrika odamsimon maymunlari sifatida qarash mumkin. Ular orasida qoldiqlari O‘rta dengiz cho‘qindilari (Avstriya) da topilgan darvin driopitegi (Dropithecus darvini) boshqalariga nisbatan odamga eng yaqin turadi.

Download 38.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling