Mavzu: “O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri
O’zbekistonda Qadimgi tosh davrining ilk bosqichi
Download 38.18 Kb.
|
Marjonaga 2 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘lbuloq makoni
3. O’zbekistonda Qadimgi tosh davrining ilk bosqichi.
Paleolitning bosqichlarga bo’linishi. Vatanimiz xududida odamzodning ilk ajdodlari. Fergantrop. Sulengur g’ori. Ko’lbuloq manzilgohi. Ovchilik va termachilik. Chopper. Selungur g‘ori-Farg‘ona vodiysi So‘x tumanidagi qad. manzilgoh. Selung‘ur Farg‘ona sh.dan taxm. 100 km jan. g‘arbida, Haydarkonning g‘arbiy chekkasida joylashgan. Bu ulkan g‘orning chuq. 120 m, kengligi 34 m va bal. 25 m. Arxeologik qazish ishlari 1980 y.dan buyon olib borilyapti. G‘orda 20-40 sm qalinlikdagi beshta madaniy qatlam aniqlandi. Ular biron arxeologik qoldiqlarsiz toza qatlamlar (30-100 sm) bilan bo‘lingan. Bu shundan dalolat beradiki, ibtidoiy odamlar mazkur g‘orda 5 marta yashaganlar va vaqt-vaqti bilan o‘z maskanlarini uzoq muddatga tark etishgan. Bu yerdan tosh qurollar, hayvon suyaklari qoldiqlari va arxantrop tipidagi odam qoldiqlari (10 ta tish va.yelka suyagining bo‘lagi) ning boy kolleksiyasi topildi. Ushbu kolleksiyada qo‘l cho‘qmori, yirik tosh qirg‘ichlar va pichoqlar, ko‘p miqdorda o‘yib kertib ishlangan tishsimon qurollar mavjud. Ular, asosan, yashma, kremniyli chaqmoqtosh, kremniyli ohaktoshlardan tayyorlangan. Madaniy qatlamlardan 32 turdagi yirtqich, tuyoqli, mayda sut emizuvchi va kemiruvchi hayvonlarning suyak qoldiqdari topilib, tadqiq etiladi. Tadqiqotlar natijasida qad. davr tabiiy sharoiti, iqlimi xronologik davrini aniqlashga erishildi. Selung’ur g‘oridan topilgan materiallar kompleks o‘rganilib, pastki qatlamlarining sanasi 1,5 mln. yil deb belgilanadi. Bunga qadar O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixi o‘rta paleolit davridan (mil. av. 100 ming yildan) boshlanardi. Ko‘lbuloq makoni – qadimgi tosh (paleolit) davriga tegishli ko‘p madaniy qatlamli yodgorlik. Ko’lbuloq makoni Qizilolmasoyning Jarsoy o‘zani sohiliga joylashgan Ko‘lbuloq yaqinidan (1962 y.) topilgan. Ko’lbuloq makoni arxeologik jihatdan o‘rganish ishlari 1963-1983 y.larda arxeolog M.R.Qosimov tomonidan davomli, keng ko‘lamda olib borilgan. Uning madaniy qatlamlari 19 m gacha chuqurlikda o‘rganib chiqilsada, qazishmalar zarang qatlam (materik) gacha yetkazilmagan. Shunga qaramay, Ko’lbuloq makoni ajdodlarimizning qad. tosh davrida bir necha yuz ming yillar davomida uzluksiz yashagan turar joy makoni bo‘lib, u faqat O‘rta Osiyoda emas, balki O‘rta Sharq mintaqalari yodgorliklarining yoshini aniqlashda noyob tayanch yodgorlik hisoblanadi. Ko’lbuloq makonining yuqori qatlamlari 1,5-2 m qalinlikda so‘nggi paleolit davriga oid bo‘lib, u 600 m2 maydonda o‘rganilgan. Qazishma chuqurlashgan sari uning maydoni qisqarib borgan. Ko’lbuloq makonining yaqin 11 m. qalinlikdagi o‘rta qatlamlari mustye davriga oid bo‘lib, uning ostidan 0,7-0,8 m qalinlikdagi toza qumli loy qatlami topilgan. Uning ostidan esa 5 m qalinlikdagi ashel davriga tegishli quyi qatlam ochilgan. Tadqiqotchilar fikriga qaraganda, Ko’lbuloq makonida, ajdodlar hayoti quyi sheystosining so‘nggi bosqichidan to yuqori pleystosenning oxirigacha davom etgan, ya'ni Ko‘lbuloqda hayot bundan rosa 600-700 ming yil avval boshlanib, to mil. av. 40-ming yillikkacha davom etgan. Ko’lbuloq makonining har bir davr qatlamlaridan juda boy tosh qurollar va tegishli xayvon suyaklari topilgan. Mustye va yuqori paleolit qatlamlaridan esa o‘choq qoldiqlari, kuygan hayvon suyaklarining parchalari topilgan. Tosh qurollarga berilgan ishlov texnikasiga ko‘ra, Ko‘lbuloq tosh «industriyasi» o‘ziga xos sifatlarga ega bo‘lib, paleolitshunos mutaxassislar unga Ko‘lbuloq makon-ustaxonasi maqomini berganlar. Download 38.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling