Mavzu: “O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri
Download 38.18 Kb.
|
Marjonaga 2 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pitekantroplar
- Sinantroplar
- Neandertallar
- Kromanonlar
Zinjantrop (Zinj Sharqiy Afrikaning qad. arabcha nomi va yun. Anthropus-odam) avstralopiteklarga mansub qad. qazilma odamsimon maymun. 3. bosh skletini ilk bor arxeolog Luis Liki 1959 y. Oldovay darasi (Tanzaniya) dan topgan. Liki uning ensa qismi va kesmasi tuzilishiga ko‘ra dastlab Homo urug‘iga kiritgan va ekspedisiya uchun mablag‘ ajratgan Boysi sharafiga Boysi zinjantrop deb atagan. Lekin Zinjantropning morfologik tuzilishi uning hatto tosh qurol ham yasashi mumkin emasligini ko‘rsatdi, shuning uchun uni Boysi jan. odami (Zinjanthropus boisei) deb nomlagan. Zinjantropning bosh skleti bo‘ylab pushtacha o‘tgan, kichik oziq tishlari yirik oziq tishlariga bir oz o‘xshash, kurak va qoziq tishlari nisbatan mayda bo‘lgan. Dag‘al o‘simlik bilan oziqlangan. 3. bundan 2 mln. yil ilgari yashagan deb taxmin qilinadi.
Pitekantroplar (yun. Pithekos maymun va anthropos-odam)-eng qad. qazilma odamlar (taxm. 900 ming yil avval). Neandertallardan oldin yashaganlar. Ilk paleolit madaniyatini yaratganlar. 1890-1892 y.larda golland olimi E.Dyubua Yava o.dagi Solo daryosi yaqinidan 4 qatlam quyi yotqiziqlarida odamning eng qad. ajdodiga mansub bosh miya qopqog‘i, son suyagi va uchta tishini topgan. 1973 yilda suyak bo‘laklari, pastki jag‘, son suyagi parchalari va 20 ga yaqin alohida tishlar topilgan. P. bosh miya qopqog‘i shakli va kattaligiga ko‘ra odam va odamsimon maymun oralig‘ida turadi. P.ning miya hajmi 900 sm3 ga yaqin (gorillaniki 500 sm3, hoz. zamon odamlarida o‘rtacha 1400 sm3). Uning peshonasi nishab bo‘lib, shimpanzenikiga o‘xshaydi. P.ning topilishi antropologiyat. muhim voqyea bo‘ldi. P. qo‘lda murakkab harakatlar bajarishgan va poda-poda bo‘lib yashagan. Qo‘lda murakkab harakatlar qilish mehnat harakatiga, poda-poda bo‘lib yashash esa, jamiyatning ilk kurtagiga aylangan. Sinantroplar (lot. Sina Xitoy va yun. Antropos-odam) eng qadimgi odamlar (arxantropyaar)ga mansub qazilma odamlar. Juda ko‘p suyaklari (kalla qutisi, pastki jag‘lar parchalari, oyoq va ko‘l suyaklari) o‘rta pleystosen qoldiqlaridan ilk bor 1927-1937 y.larda Xitoydan topilgan (nomi shundan olingan). S. morfologik jihatdan pitekantroplarga yaqin, lekin ulardan miya hajmining kattaligi (1000 sm3 ga yaqin), peshonasining birmuncha kengligi bilanfarq qiladi. S.ning suyak qoldiqlari bilan birga ular foydalangan, ilk paleolit davriga mansub sodda tosh qurollar, ularning olovdan foydalanilganiga guvohlik beruvchi kul va hayvonlarning kuygan suyak qoldiqlari topilgan. Neandertallar-qad. Qazilma odamlar, palyeoantroplarning bir guruhi. N. skyelyet qoldiklari (bosh miya qutisi, qovurg‘alarning bo‘laklari, yelka hamda son suyaklari va b.). 1856 y.da Neandertal vodiysida (GFR ning Dyusseldorf sh. yaqinida; nomi shundan olingan), shuningdek, Osiyo, O‘rta Osiyo (q. Teshiktosh odami) va Afrikada topilgan. Neandertal bo‘yi uncha baland bo‘lmagan (160 sm ga yaqin), miyasi yirik (1700 sm3), lekin hozirgi odamlarnikiga nisbatan sodda tuzilgan, ko‘zining ustida qalin bo‘rtig‘i bo‘lgan. Neandertal bundan 200-35 ming yil avval-vyurm muzligi davrida G‘arbiy Yevropada, odatda, g‘orlarda yashab, yirik hayvonlarni ovlashgan, qurollar yasashgan (Must’e madaniyati). Olov yoqishni va undan foydalanishni bilishgan, to‘da bo‘lib yashashgan. Kromanonlar (Fransiyadagi Kroman’on g‘ori nomidan) so‘nggi paleolit davrining hozirgi (neoantroplar) ko‘rinishida bo‘lgan qazilma odamlarining umumlashma nomi. Dunyoning barcha qismida Kroman’onga oid suyak qoldiqlari topilgan. Kramon’onning yuz tuzilishi hoz. zamon odamiga o‘xshaydi. Ular taxm. 140 ming yil muqaddam paydo bo‘lishgan. Download 38.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling