Mavzu; O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar bilan hamkorligi. Kirish I bob. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning mohiyati,zaruriyati va funksiyalari


Download 264.02 Kb.
bet9/14
Sana09.10.2023
Hajmi264.02 Kb.
#1696608
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ek 59 Mahmudov Muzaffar O\'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar

Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro
fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar
ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati
davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend tulaydilar hamda turli
maqsadlar uchun zaxira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar
jumlasiga Xalqaro Investitsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Xamkorlik Xalqaro
bankini (IXXB), YTTB, XVFni kiritish mumkin.
Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan
daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini
ko’rish mumkin.
Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag’lari, xalqaro
ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va
byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi xisoblanadi.
YeI da ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, YeI ning
byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va
boshqalar.
Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga
byudjetlari tashkil etiladi.
Bunday tashkilotlarga ma’lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini
muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga:
BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo’yicha xalqaro Agentlik,
Dengiz yo’ldosh aloqasi bo’yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning
umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Uchinchi tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bo’lgan ilmiy
dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi
ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi
(1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971 -1980 yy.), Xalqaro
osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab xar ikki-uch yilda
chaqiriladigan Xalqaro tog’ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli
mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

Download 264.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling