Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish


-Jadval Surxondaryo viloyati veterinariya boshqarmasi va viloyat veterinariya laboratoriyasining 2012-2016 y. hisobotidan pasterellyoz bo’yicha olingan


Download 327.01 Kb.
bet16/20
Sana29.01.2023
Hajmi327.01 Kb.
#1138677
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
587f232e55f7d

1-Jadval Surxondaryo viloyati veterinariya boshqarmasi va viloyat veterinariya laboratoriyasining 2012-2016 y. hisobotidan pasterellyoz bo’yicha olingan

ma’lumotlar tahlili natijasi


Yil










Tekshirildi patologik material

Jami

Ijobiy

Hayvonlar va parrandalar turi va nosog’lom punkt nomi

2012

150

1

2
1


1


Buzoq. Pastdarg’om tumani Musurmon Rashid Ilyos x/zoovet korxonasi. Sh/s. Buzoq. Tayloq tumani “Siyob chashmasi” d/x. Qo’y. Urgut tumani Oxunboboyev M. M.T.R. Quyi qishloq vetpunkti. Sh/s.
Cho’chqa. Surxondaryo sahri. Fuqaro Qobilov R. Sh/s.

2013

40

1

Cho’chqa. Surxondaryo shahar veterinariya bo’limi, sh/s.

2014

190

3

Jo’ja. Surxondaryo tumani “Asr” D.K. f/x.

2015

100

1
1
1

Mshm (uloq). Urgut t. “Chor chinor” mahallasi. Sh/s. Mshm (echki). Pastdarg’om tumani. “Q.To’rayev” j/x.
Cho’chqa. Surxondaryo shahar veterinariya bo’limi, sh/s.

2016

30

-

-

Jami

510

12



2014-2016 yillarda Surxondaryo qishloq xo’jalik instituti “Hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari” kafedrasi, O’zbekiston veterinariya ilmiytadqiqot instituti “Yosh mollar kasalliklarini o’rganish” laboratoriyasiga Surxondaryo viloyati xo’jaliklaridan keltirilgan patologik materiallarni tekshirish natijalari bo’yicha olingan ma’lumotlar va birgalikda olib borilgan bakteriologik tekshirish natijalari bo’yicha parrandalar pasterellyoz kasalligining epizootologiyasini organish uchun Respublikamizda eng ilg’or “Axalik-Loman – parranda”, “Surxondaryo-parranda”, “Kattaqo’rg’on, broyler parranda”, “Maroqand” va “Oriyon” parranda fabrikalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Epizootik holatlarini tahlil etib, kasallikning parrandalar orasida tarqalishi o’rganildi. “Kattaqo’rg’on, broyler parranda”, fabrikalarida tovuq va jo’jalar orasida kasallik yilning barchafasllarida uchrab, ayniqsa kuz, bahor, qish fasllarida noqulay sharoitlar ta’sirida ko’proq paydo bo’lishini aniqladik. Pasterellyoz bilan barcha yoshdagi parrandalarning kasallanishi, ayniqsa ko’proq jo’jalarning kasalikka moyilligini kuzatdik. Pasterellyoz qo’zg’atuvchisining asosiy manba’si kasal parrandalar va bakteriya tashuvchilardir. Ularda pasterellalar yuqori nafas olish organlari-burun yo’llari, traxeya, o’pka ham hazm traktida joylashib, so’lak, tezak, siydik orqali ajralib chiqadi. Infeksiya aerogen, kasal parrandalar bilan kontaktda va oziqa, suv orqali alimentar yo’llar bilan o’tadi.


Qo’zg’atuvchining tabiatda uchraydigan virulentligi har xil bo’lgan shtammalari xo’jalikka oziqa, yangi keltirilgan parrandalar va boshqa yo’llar bilan kirib epizootik o’choq paydo qiladi.
Birinchi kasal parrandalarda paydo bo’lganda, asosan yosh jo’jalar kasallanadi. Ular qo’zg’atuvchini ko’p miqdorda tashqi muhitga ajratib juda xavfli infeksiya manbai bo’lib, har xil yoshdagi rezistentligi mustahkam parrandalarni ham zararlashadi.
Kasallik tashqaridan kirmasdan spontan paydo bo’lishi va tezda to’xtashi mumkin; ba’zan bir-biri bilan iqtisodiy va umumiy aloqalari yo’q bir nechta fabrikalarda bir vaqtda paydo bo’ladi. Kasallik bunda noqulay omillar ta’siri natijasida parranda organizmi immun holatining pasayishi va bakteriya tashuvchilarda pasterellyoz qo’zg’atuvchisining faolligi ortib ketishidan paydo bo’ladi deb hisoblaymiz.
Qo’zg’atuvchi organizmdan organizmga o’tib, uning virulentligi yanada ortib, kasallik o’choqlari paydo bo’ladi.
Nosog’lom fabrikada 60% gacha parrandalar kasallandi.
Yuqori virulentli pasterellalar bilan zararlanganda infeksiya o’tkir va o’ta o’tkir septik jarayonlar bilan kechishi, virulentligi pastroq pasterellalar bilan zararlanganda yoki parranda organizmining chidamliligi yuqori bo’lganda kasallik uzoqroq vaqt davom etishi bilan namoyon bo’ldi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan bir necha kungacha davom etib, barcha parrandalarda o’ta o’tkir, o’tkir, yarim o’tkir va surunkali kechdi. Jo’jalarda kasallik o’ta o’tkir kechganda parrandaning tana harorati 42-430C ga ko’tarildi, yurak faoliyati buzilib og’ir xastalandi, qonli ich ketish paydo bo’ldi. Kasal parranda bir necha soatdan keyin yurak xastaligi va o’pkaning shishidan o’ldi. O’tkir kechganida kasallik 2-3 kun davom etdi. Holsizlanish, tana haroratining 42-430C gacha ko’tarilishi kuzatildi.
Bosh, bo’yin, hiqildoq, til, to’sh, oyoqlarining teri osti kletchatkasida shishlar rivojlandi, yarim o’tkir va surunkali kechganda, kasallik yanada og’irlashib, o’pka kasalliklari va enterit belgilari paydo bo’ldi. Kaxeksiya va bo’g’inlarning shishi kuzatildi. Kuzatishlarimiz natijasida pasterellyoz bilan asosan katta yoshdagi parrandalar va jo’jalar ko’proq kasallanishini aniqladik. Ko’pincha epizootiya vaqtida pasterellaning haemolytica, boshqa hollarda multocida va ba’zan aralash tiplari kasallik chaqirishini olingan patologik materiallarni laboratoriyada tekshirganimizda aniqladik. Jo’jalar hayotining birinchi kunlarida kasallanib, kasallik bexosdan, belgilarini namoyon qilmay paydo bo’lishiga ko’proq e’tibor berdik. Jo’jalarda birinchi navbatda enterit belgilari paydo bo’ldi.
Keyinchalik 5 oylikgacha bo’lgan parrandalarda pasterellyoz ko’proq respirator kasalliklar ko’rinishida o’tib o’pkaning har xil darajada yallig’lanish belgilari, konyunktivit, ko’zdan yosh oqish bilan namoyon bo’ldi. Parrandalarda pasterellaning haemolytica va multocida turlari kasallik chaqirganda septik jarayonlar va bronxopnevmoniya kuzatildi. Xarakterli jihati shundaki, kasallik bahor-yoz vaqtlarida havoning isishi bilan paydo bo’lib, yozning issiq kunlarida og’ir shaklda kechdi, parrandachilik fabrikasida chiqim katta bo’ldi. Ko’proq 3-4 oylik jo’jalar kasallandi. Qishda oziqlantirish, saqlash sharoitining yomonlashishi bilan organizmning tabiiy chidamliligi pasayib, yoshiga yetgan, hatto katta yoshdagi parrandalar ham kasallandi. Kasallangan 5 oylik parrandalarning tana harorati 420-430C ga ko’tarilib, yurak pulsi 1 daqiqada 101-142 taga, nafas olishi
21-55 tagacha yetdi. Parrandalarda ishtaha yo’qolib, tanasida titrash paydo bo’ldi. Ularda umumiy holsizlik, darmonsizlik, kuchli yo’tal paydo bo’lib, burnidan ajratmalar oqdi. Tezagi suyuqlashib shilimshiq va kamroq qon aralash bo’ldi.
Parrandaning bargaklarida, tojida shishlar rivojlandi.

Kasal parrandalar komatoz holatda yoki tomir falajlanib o’ldi. O’lishidan avval tana harorati mo’tadillashib, hatto 350C gacha tushishini kuzatdik.
250 ta o’lgan va majburiy so’yilgan parrandalarda pasterellyoz kasalligining patanotomik belgilarini o’rgandik. Kasallik o’ta otkir yoki o’tkir kechganida o’zgarish faqat nafas olish organlarida bo’lib, nafas yo’llarining va o’pka parenximasining kataral yallig’lanishi bilan namoyon bo’ldi. Nafas olish yo’llarining shilimshiq qavatlarida shishish, shilimshiq ekssudat, ba’zi bir-ikkita qon quyilishlar kuzatildi. O’pka lobar, ba’zan lobulyar pnevmoniya ko’rinishida zararlanganligini, krupoz bronxopnevmoniyada o’pka hajmi kattalashib, to’qima zichlashib mo’rtlashganini, o’pka plevrasi qalinlashganini aniqladik. Kesib, bosib ko’rganda kul rang, qizil rang qismlardan ko’pik aralash suyuqlik ajraldi. Ushlab ko’rganda kichik no’xat kattaligicha bo’lgan nekroz o’choqlari topildi. Absesslar uyqashib ketgan, kapsula bilan chegaralangan bo’lib, undan cho’ziluvchan yiringli modda yoki tvorogsimon massa ajraldi. Nafas yo’llarida yiringli shilimshiq, yara, qon quyilishlar bo’lib, plevrit bilan og’irlashganda, ko’krak bo’shlig’ida loyqa kulrang-sariq suyuqlik to’planganligini kuzatdik.
Boshqa organlarda patalogoanatomik o’zgarishlar kamroq gemorragik yallig’lanish belgilari bilan xarakterlangan. Bunda ko’proq yurakda o’zgarish bo’lgan-hajmi kattalashgan, yumshoq konsistensiyada, rangi kulrang-pushti bo’lib xuddi pishirilganday ko’rinadi. Yurak asosida, epikardda qon quyilishlar bo’lgan.
Boshqa organlarda o’zgarishlar asosan gemorragiyalar ko’rinishida bo’lgan. 5 oylik jo’jalarda burun, kekirdak shilimshiq qavatlarida yallig’lanish namoyon bo’ladi.

Limfa tugunlari kattalashgan, taloq kattalashmagan. Ingichka ichak shilimshiq qavatida kataral yallig’lanish, kamgina qon quyilish xarakterli qon quyilishlar buyrak kapsulasi ostida va epikardda kuzatiladi. Jigar qonga to’lgan, qon quyilish va unda har xil ranglanish ko’rinadi. Yurak kuylakchasida ko’p, xira
(loyqa) ekssudat bo’ladi. Parrandalarning ko’krak bo’shlig’ida yiringli plevrit, qovurg’a qismida fibrinli ajratmalari bilan bo’shliqdagi ekssudat xira bo’ladi. O’pkaning yallig’lanishi aralash tipda bo’lib, unda sog’ qismi yo’q edi. Uni kesib ko’rganda u nekrozli zararlanib, undan yomon hid keladi. O’pkaning rangi qo’ng’ir bo’lib, xamirsimon konsistensiyada bo’ladi.
Kasallanib o’lgan parrandalar patologoanatomik yorib ko’rilganda o’pkada ko’p miqdorda turli kattalikdagi qon quyilishlar, o’pkaning hajmi kattalashgani, yurak kuylakchasida suyuqlik yig’ilishi va yurak klapanlarida qon quyilishlar, yurak qon tomirlari kengaygan, giperemiya, o’pka bronxlarida va kekirdakda qon

kattalashgani aniqlandi. Ichaklarda kataral yallig’lanishlar va ichak limfa tugunlarining 2-3 marta kattalashganligi aniqlandi. Parrandalarning ichki organlaridan olingan patologik materiallardan pasterella kulturalari ajratib olindi.
Laboratoriyada ajratilgan pasterellalar go’sht peptonli bulonda loyqalanish va oqimtir cho’kma hosil qilib o’sdi. Probirka chayqatilganda cho’kma ingichka ipsimon soch o’rimi shaklida yuqoriga ko’tarildi. Go’sht peptonli agarda pasterellalar shudringsimon oqimtir-ko’kish rangda tovlanuvchi alohida-alohida mayda koloniyalar hosil qilishdi. Koloniyalardan surtmalar tayyorlab mikroskop ostida ko’rganimizda pasterellalarning tartibsiz joylashgan yakka va juft holdagi gram manfiy mayda ovoid shaklda ekanligi aniqlandi.


Download 327.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling