Mavzu: Paskal dasturlash tili r e j a: Kirish 1
Paskal dasturlash tili bilan tanishish
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Paskal dasturlash tili
. Paskal dasturlash tili bilan tanishish
Paskal tili shveysariyalik olim Niklas Virt tomonidan, talabalarga dasturlashni o’rgatish vositasi sifatida 1969 – yilda o’ylab topilgan edi. Tilning poyasi mashhur fransuz matematigi va faylasufi Blez Paskal (1623 - 1662) sharafiga qo’yilgan. Dastlab Paskal tili universitetlarda keng tarqaldi, ma’lum bir vaqtdan keyin har xil turdagi EHMlarda Paskal tili uchun o’nlab translyatorlar ishlab chiqildi. 1981 – yilda Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi. Paskalning 4.0 versiyasidayoq foydalanuvchilar o’z qo’l ostilariga, tizimdan chiqmasdan turib katta dasturlar tuzish va yaxshilash imkoniyatlari bo’lgan, qulay tizim (dasturlar ishlab chiqishning yig’ma muhiti) ga ega edilar. 5.5 versiyasining paydo bo’lishi bilan Turbo Paskalda obyektli dasturlash imkoniyati ham paydo bo’ldi. 6.0 versiyasida dastur matinlariga assemblerda yozilgan bo’laklarini kiritish mumkin bo’ldi. Bundan tashqari yig’ma muhit birmuncha o’zgardi. Bu versiyaga , shuningdek, boshlang’ich matinlar paketi (Turbo Vision) taklif etildi.Undan foydalanish natijasida tashqi jihatdan Borland firmasining dasturlar ishlab chiqarish yig’ma muhitiga o’xshash muloqot tizimlarini tez yaratish mumkin bo’lib qoldi. IBM PS turidagi shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan Borland firmasining mahsuloti – Turbo Paskal dasturlash tizimi hozirgi kunga kelib eng keng tarqalgan dasturlash tizimlaridan biriga aylandi. Bunga, bir tomondan Paskal dasturlash tili asosining soddaligi sabab bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, tilni mukammallashtirishga ko’p kuch sarflagan Turbo Paskalning yaratuvchisi Anders Xeylberg rahbarligidagi Borland xodimlarining mehnati va mahorati sabab bo’ldi. Til murakkab bo’lmagan hisoblash masalalarini yechishga mo’ljallangan oddiy dasturlar tuzishdan tortib ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi murakkab relyatsion tizimlarni ishlab chiqarishgacha bo’lgan har qanday masalani yecha oladigan qudratli zamonaviy professional dasturlash tizimiga aylandi. Windowsning va Windows muhitida dasturlar ishlab chiqish uchun Borland Paskal with Objects va Delphi instrumental vositalarining paydo bo’lishi yana bir marta Turbo Paskalning bitmas – tuganmas imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatdi. Borland Paskal ham, Delphida ishlatiluvchi Objects Paskal ham Turbo Paskalga asoslanishadi va uning g’oyalarini rivojlantirishadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling