Paskal tilining asosiy tushunchalari
Paskal tilining alifbosi
1. Ixtiyoriy tabiiy (o’zbek, rus, ingliz, fransuz va hokazo) bir necha asosiy elementlardan, ya’ni
simvollar, so’z, so’zlar birikmasi va gaplardan tashkil topadi. Xuddi shunday algoritmik tillar
ham tabiiy tillar kabi asosiy elementlardan tashkil topadi. Bu yerda asosiy elementlar simvollar,
so’z, ifoda (so’zlar birikmasi) va operator (gap)lardan tashkil topadi.
1. 26 ta lotin alifbosi harflari: A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, M, N, O, P, R, Q, S, T, U,
V, W, X, Y, Z va rus alifbosi harflari.
2. Arab raqamlari: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 0. nol soni O harfidan farq qilishi uchun dastur
tuzishda uning usti chizib yoziladi.
3. Arifmetik amallar. Paskal tilida quyidagi arifmetik amal belgilari mavjud: ko’paytirish
(*), masalan: A*B; bo’lish (/), masalan: A/B; qo’shish (+), masalan: A+B; ayirish (-),
maslan:A-B. paskal tilida darajaga ko’tarish amamli yo’q. shuning uchun ham sonlarni
butun darajaga ko’tarish (daraja ko’rsatkichi katta son bo’lmasa) ularni bir necha
marotaba ko’paytirish yo’li bilan amalga oshirish mumkin. Haqiqiy darajaga ko’tarish
(agar asos musbat son bo’lsa) logarifmlash yo’li bilan amalga oshiriladi.
x
n
n
e
x
ln
yoki
x
n
n
x
lg
10
4. Munosabat amal belgilari: < (kichik), <= (kichik yoki teng), > (katta), >= (katta yoki
teng), =(teng), <>(teng emas).
5. Maxsus belgilar: .(nuqta); ,(vergul); ; (nuqtali vergul); : (ikki nuqta); oddiy, kvadrat va
figurali qavslar: ( ), [ ], { }; probel yoki bo’sh joy tashlash, ` (apostrof); «»(qo’shtirniq)
va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |