Mavzu: Paskal dasturlash tili r e j a: Kirish 1


  Turbo Paskal dasturlash tizimi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana16.11.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1777644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Paskal dasturlash tili

 



Turbo Paskal dasturlash tizimi
 
Turbo Paskal dasturlash tizimi ikkita, ma’lum ma’nodagi, mustaqil boshlang’ichlarning 
yagona birligidan iborat. Ularga Paskal dasturlash tili kompilyatori va dastur yaratish 
samaradorligini oshirishga imkon yaratuvchi instrumental dastur qobig’i kiradi. Aniqlik uchun 
bundan keyin kompilyator tomonidan amalga oshiriluvchi dasturlash tilini Turbo Paskal tili deb, 
dastur qobig’i yordamida berilayotgan har xil servis xizmatlarini Turbo Paskal muhiti deb 
ataymiz.
Turbo Paskal muhiti tushunchasiga to’xtalamiz. Dasturlashga yordam beruvchi har xil 
servis xizmatlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Bu dasturlar nimalar qilishi 
kerak? Dastlab ular Turbo Paskalda tuzilgan dastur matnini kiritishga imkon berishi, vaqt – vaqti 
bilan diskka ishning navbatdagi natijasini yozib borish, yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan kichik 
imloviy xatoliklarni tuzatish jarayonida, uning to’g’ri ishlayotganligini ko’rib turishi uchun 
dasturni tez – tez ishga tushirib turishi zarur. Bu va shunga o’xshash boshqa ishlar jamlovchi 
muhitda bajariladi.
Borland Paskal with Objects 7.0 dastur yaratish muhitining tarkibi 
 
Turbo Paskal tilida dastur yaratish uchun Borland firmasining oldingi mahsulotlari 
kompilyator va standart protsedura hamda funksiyalar kutubxonasidan tuzilgan modullardan 
iborat edi. Kompilyator ikki versiyaga ega, ulardan biri ishlab chiqishning integral muhitida 
(TURBO.EXEfayli), ikkinchisi paket rejimda (TPC.EXE fayli) ishlagan. Borland Paskal with 
Objects 7.0 kompilyatorning yangi mahsuloti oldingilaridan keskin farq qiladi. U ishlab 
chiqishning uchta integral muhitiga (TURBO.EXE, BP.EXE, BPW.EXE) va ikkita paket 
versiyalariga (TPC.EXE va BPC.EXE) ega. Ularni guruhlarga quyidagicha ajratish mumkin:

Protsessorning real rejimida MS – DOS boshqaruvida ishlovchi kompilyator versiyalari 
(TURBO.EXE, TPC.EXE);

Protsessorning himoya rejimida MS – DOS boshqaruvida ishlovchi kompilyator 
versiyalari (BP.EXE va BPC.EXE); 

Kompilyatorning Windows boshqaruvida ishlovchi versiyalari (BPW.EXE). 
Borland Paskal with Objects 7.0 kompilyatori versiyalarining imkoniyatlarini taqqoslash 
uchun ularning ba’zi bir tavsiflarini keltiramiz.
Protsessorning real rejimida MS – DOS boshqaruvida ishlovchi kompilyator versiyalari 
(TURBO.EXE, TPC.EXE).
1. Kompilyator versiyalari:
a) 
ishlab chiqishning integral muhitida (IM) ishlovchi kompilyator versiyasi 
(TURBO.EXE);
b) 
kompilyatorning paketli versiyasi (TPC.EXE). 



2. Kompilyatorning operatsion ishchi muhiti: protsessorning real rejimidagi MS – DOS. 
3. Kompilyator chiqish kodi bilan quvvatlanuvchi operatsion muhitlar: 
protsessorning real rejimidagi MS – DOS. 
4. EXE.TPU chiqish fayllari turlari.
5. Asosiy modullar kutubxonasi fayllari: TURBO.TPL. 
Protsessorning himoya rejimida MS–DOS boshqaruvida ishlovchi kompilyator versiyalari 
(BP.EXE, BPC.EXE). 
1. Kompilyator versiyalari:
a) 
ishlab chiqishning integral muhitida (IM) ishlovchi kompilyator versiyasi (BP.EXE); 
b) 
kompilyatorning paketli versiyasi (BPC.EXE).
2. Kompilyatorning operatsion ishchi muhiti: protsessor himoya rejimida MS – DOS. 
3. Kompilyator chiqish kodi bilan quvvatlanuvchi operatsion muhitlar.
a) prorsessor real rejimidagi MS – DOS; 
b) protsessor himoya rejimidagi MS – DOS; 
c) Windows 
4. Chiqish fayllari turlari: EXE, TPU, TPP, PPW, DLL. 
5. Asosiy modullar kutubxonasi fayllari: TPP.TPL. 
Windows boshqaruvida ishlovchi kompilyator versiyalari
(BPW.EXE). 
1. Kompilyator versiyalari:
a) ishlab chiqishning jamlovchi muhitida (IM) ishlovchi kompilyator versiyasi 
(BPW.EXE); 
b) kompilyatorning paketli versiyasi (mavjud emas) 
2. Kompilyatorning operatsion ishchi muhiti: Windows
3. Kompilyator chiqish kodi bilan quvvatlanuvchi operatsion muhitlar:
a) protsessor real rejimidagi MS – DOS; 
b) protsessor himoya rejimidagi MS – DOS;
c) Windows 
4. Chiqish fayllari turlari: EXE, TPU, TPP, PPW, DLL. 
5. Asosiy modullar kutubxonasi fayllari: TPW. TPL 
Hozirgi paytga kelib, foydalanuvchilar orasida keng tarqalgan va muhandislik 
masalalarini yechishga mo’ljallangan algoritmik tillardan biri 1969- yili shveytsariyalik olim 
Blez Paskal nomi bilan yuritiladi. 1981 yili Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi. Shaxsiy 
kompyuterlarda Borland firmasining Turbo-Paskal dialekti keng qo’llaniladi. Hozirgi paytda 
mazkur tilning 7 versiyasi foydalanuvchilar uchun taklif qilingan. 




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling