Mavzu: Paskal dasturlash tili r e j a: Kirish 1
Turbo Paskal dasturlash tizimi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Paskal dasturlash tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Borland Paskal with Objects 7.0 dastur yaratish muhitining tarkibi
5 Turbo Paskal dasturlash tizimi Turbo Paskal dasturlash tizimi ikkita, ma’lum ma’nodagi, mustaqil boshlang’ichlarning yagona birligidan iborat. Ularga Paskal dasturlash tili kompilyatori va dastur yaratish samaradorligini oshirishga imkon yaratuvchi instrumental dastur qobig’i kiradi. Aniqlik uchun bundan keyin kompilyator tomonidan amalga oshiriluvchi dasturlash tilini Turbo Paskal tili deb, dastur qobig’i yordamida berilayotgan har xil servis xizmatlarini Turbo Paskal muhiti deb ataymiz. Turbo Paskal muhiti tushunchasiga to’xtalamiz. Dasturlashga yordam beruvchi har xil servis xizmatlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Bu dasturlar nimalar qilishi kerak? Dastlab ular Turbo Paskalda tuzilgan dastur matnini kiritishga imkon berishi, vaqt – vaqti bilan diskka ishning navbatdagi natijasini yozib borish, yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan kichik imloviy xatoliklarni tuzatish jarayonida, uning to’g’ri ishlayotganligini ko’rib turishi uchun dasturni tez – tez ishga tushirib turishi zarur. Bu va shunga o’xshash boshqa ishlar jamlovchi muhitda bajariladi. Borland Paskal with Objects 7.0 dastur yaratish muhitining tarkibi Turbo Paskal tilida dastur yaratish uchun Borland firmasining oldingi mahsulotlari kompilyator va standart protsedura hamda funksiyalar kutubxonasidan tuzilgan modullardan iborat edi. Kompilyator ikki versiyaga ega, ulardan biri ishlab chiqishning integral muhitida (TURBO.EXEfayli), ikkinchisi paket rejimda (TPC.EXE fayli) ishlagan. Borland Paskal with Objects 7.0 kompilyatorning yangi mahsuloti oldingilaridan keskin farq qiladi. U ishlab chiqishning uchta integral muhitiga (TURBO.EXE, BP.EXE, BPW.EXE) va ikkita paket versiyalariga (TPC.EXE va BPC.EXE) ega. Ularni guruhlarga quyidagicha ajratish mumkin: Protsessorning real rejimida MS – DOS boshqaruvida ishlovchi kompilyator versiyalari (TURBO.EXE, TPC.EXE); Protsessorning himoya rejimida MS – DOS boshqaruvida ishlovchi kompilyator versiyalari (BP.EXE va BPC.EXE); Kompilyatorning Windows boshqaruvida ishlovchi versiyalari (BPW.EXE). Borland Paskal with Objects 7.0 kompilyatori versiyalarining imkoniyatlarini taqqoslash uchun ularning ba’zi bir tavsiflarini keltiramiz. Protsessorning real rejimida MS – DOS boshqaruvida ishlovchi kompilyator versiyalari (TURBO.EXE, TPC.EXE). 1. Kompilyator versiyalari: a) ishlab chiqishning integral muhitida (IM) ishlovchi kompilyator versiyasi (TURBO.EXE); b) kompilyatorning paketli versiyasi (TPC.EXE). 6 2. Kompilyatorning operatsion ishchi muhiti: protsessorning real rejimidagi MS – DOS. 3. Kompilyator chiqish kodi bilan quvvatlanuvchi operatsion muhitlar: protsessorning real rejimidagi MS – DOS. 4. EXE.TPU chiqish fayllari turlari. 5. Asosiy modullar kutubxonasi fayllari: TURBO.TPL. Protsessorning himoya rejimida MS–DOS boshqaruvida ishlovchi kompilyator versiyalari (BP.EXE, BPC.EXE). 1. Kompilyator versiyalari: a) ishlab chiqishning integral muhitida (IM) ishlovchi kompilyator versiyasi (BP.EXE); b) kompilyatorning paketli versiyasi (BPC.EXE). 2. Kompilyatorning operatsion ishchi muhiti: protsessor himoya rejimida MS – DOS. 3. Kompilyator chiqish kodi bilan quvvatlanuvchi operatsion muhitlar. a) prorsessor real rejimidagi MS – DOS; b) protsessor himoya rejimidagi MS – DOS; c) Windows 4. Chiqish fayllari turlari: EXE, TPU, TPP, PPW, DLL. 5. Asosiy modullar kutubxonasi fayllari: TPP.TPL. Windows boshqaruvida ishlovchi kompilyator versiyalari (BPW.EXE). 1. Kompilyator versiyalari: a) ishlab chiqishning jamlovchi muhitida (IM) ishlovchi kompilyator versiyasi (BPW.EXE); b) kompilyatorning paketli versiyasi (mavjud emas) 2. Kompilyatorning operatsion ishchi muhiti: Windows 3. Kompilyator chiqish kodi bilan quvvatlanuvchi operatsion muhitlar: a) protsessor real rejimidagi MS – DOS; b) protsessor himoya rejimidagi MS – DOS; c) Windows 4. Chiqish fayllari turlari: EXE, TPU, TPP, PPW, DLL. 5. Asosiy modullar kutubxonasi fayllari: TPW. TPL Hozirgi paytga kelib, foydalanuvchilar orasida keng tarqalgan va muhandislik masalalarini yechishga mo’ljallangan algoritmik tillardan biri 1969- yili shveytsariyalik olim Blez Paskal nomi bilan yuritiladi. 1981 yili Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi. Shaxsiy kompyuterlarda Borland firmasining Turbo-Paskal dialekti keng qo’llaniladi. Hozirgi paytda mazkur tilning 7 versiyasi foydalanuvchilar uchun taklif qilingan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling