Mavzu: Paskal dasturlash tili r e j a: Kirish 1
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Paskal dasturlash tili
6. Xizmatchi so’zlar:
1. AND – va 17. GOTO – ga o’tish 2. ARRAY – massiv 18. IF – agar 3. BEGIN – boshlamoq 19. IN – ga 4. CASE – variant 20. LABEL – belgi 5. CONST – o’zgarmas 21.MOD – modul 6. DIV –butunga bo’lish 22.NOT – yo’q 7. DO – bajarmoq 23.OF – dan 8. DOWNTO – gacha kamaytirish 24.OR –yoki 9. ELSE – aks holda 25.PROCEDURE – prosedura 10. END–tamom 26. PROGRAM – dastur 11. FILE – fayl 27. RECORD – yozuv 8 12. FOR – uchun 28. REPEAT – takrorlamoq 13. FUNCTION – funksiya 29.UNTIL – gacha 14. THEN –u holda 30.VAR – o’zgaruvchi 15. TO – gacha 31.WHILE – hozircha 16. TYPE – turi 32. SET – to’plam 2. Nom (yoki identifikator) harf va raqamlar ketma-ketligidan tashkil topadi va albatta harfdan boshlishi shart. Nom dasturda o’zgaruvchilarni, o’zgarmaslarni, turlarni, protseduralarni va funksiyalarni nomlash uchun qo’llaniladi. Nomlarni tanlash to’laligicha dasturlovchining ixtiyorida. Iloji boricha qaralayotgan ob’ektlarning ma’nosiga to’g’ri keluvchi nomlarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Nom sifatida Paskal tilining xizmatchi so’zlari va standart nomlarni qo’llash mumkin emas. Ko’pgina kompyuterlarda nomlarning uzunligi chegaralangan, ya’ni 8 ta simvoldan ortmasligi kerak. Masalan: X,Y, X5, XI, MAX, MIN, A55, ALFA, BETTA va hokazo. 3. Hisoblash jarayonida qiymati o’zgarmaydigan kattaliklar o’zgarmaslar deyiladi. Pskal algoritmik tilida o’zgarmaslar: butun (integer), haqiqiy (real), mantiqiy (boolean), belgili (char), matnli (text) ko’rinishlarida bo’lishi mumkin. Butun yoki haqiqiy turdagi o’zgarmaslar, oldiga “+” yoki “–” ishorasi qo’yilgan raqamlardan hosil bo’ladi. Mantiqiy turdagi o’zgarmaslar faqatgina 2 ta qiymat: TRUE (rost) va FALSE (yolg’on) qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Belgili turga mansub o’zgarmaslar qo’shtirnoq belgisi ichiga olingan belgilar ko’rinishida yoziladi. Masalan, «KASSA», «INFORMATIKA». Matnli konstanta (qatorlar) belgilar ketma- ketligini qo’shtirnoq belgisi ichiga olib yoziladi. Masalan: «Y=», «ILDIZ=»… Hisoblash jarayonida qiymati o’zgaradigan kattaliklar o’zgaruvchilar deyiladi. Mazkur algoritmik tilda dasturda qatnashayotgan o’zgaruvchi miqdorlarni belgilab yozish uchun o’zgaruvchilardan foydalaniladi. Paskal tilida oddiy va indeksli o’zgaruvchilardan foydalaniladi. Oddiy o’zgaruvchilar butun, haqiqiy, mantiqiy va belgili turlarning biriga tegishli bo’lishi mumkin. Masalan: SR, XMAX, DELTA, IFA, REZ, SUMAR. Indeksli o’zgaruvchilar massivlarning elementini tashkil qiladi. Umumiy ismga ega bo’lgan o’zgaruvchilar to’plami massivlar deb ataladi. Bitta indeks bilan belgilangan massivlar bir o’lchovli massivlar deb, ikkita indeks bilan belgilangan massivlar esa iki o’lchovli massiv deb ataladi. Massivlarning elementlari kvadrat (o’rta) qavsga olinib yoziladi. Masalan: A[4], A[25], A[I] – bir o’lchovli massivlar; B[2,5], B[I, J] – ikki o’lchovli massivlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling