Mavzu: Paskal dasturlash tili r e j a: Kirish 1
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Paskal dasturlash tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’sh operator
- Kiritish operatori
10 Tarkibiy operator Tarkibiy operator deganda begin va end so’zlarining ichiga olib yozilgan bir nechta operatorlar ketma-ketligi tushuniladi. Tarkibiy operatorning umumiy ko’rinishi quyidagicha: begin operator 1; operator 2; ………….. operator n-1; operator n; end. Bu yerda begin va end xizmatchi so’zlari operator qavslari deyiladi. Begin – ochiluvchi qavs, end – yopiluvchi qavs vazifasini bajaradi. Tarkibiy operatordagi operatorlar soni bitta bo’lishi ham mumkin. Tarkibiy operatorlarga misollar: begin y:=x+1; end begin y:=5*sin(x); z:=sqrt(x+5); end Tarkibiy operatorning har bir operatori o’z navbatida yana tarkibiy operator bo’lishi mumkin. Bo’sh operator Bo’sh operator deganda hech qanday harakatni bajarmaydigan operator tushuniladi. Bo’sh operatorga operator mavjud bo’lishi kerak bo’lgan joydagi yozuvning yoq’ligi to’g’ri keladi. Operatordan so’ng nuqtali vergul qo’yiladi. Masalan: Y:=sin(x); Z:=5*x; ; r:=6/5; bu yerda uchinchi qatordagi operator bo’sh operatordir. Kiritish operatori Dasturda qatnashayotgan o’zgaruvchilarga boshlang’ich ma’lumotlarni berish uchun kiritish operatori qo’llaniladi. Kiritish operatori 3 xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: 1. READ (a,b,c, …); 2. READLN (a,b,c, …); 11 3. READLN; Bunda a, b, c, … lar qiymatlari kiritilishi kerak bo’lgan o’zgaruvchilar ro’yxati. READ (a,b,c, …) – operatori bajarilganda a, b, c, …o’zgaruvchilarning qiymatlari ketma-ket kiritiladi. READLN (a,b,c, …) – operatori bajarilganda a, b, c, … o’zgaruvchilarning qiymatlari kiritiladi, so’ng keeyingi satrga o’tiladi. Keyingi kiritish operatoridagi o’zgaruvchilarning qiymatlari yangi qatordan kiritiladi. READLN – bundaberilganlar kiritilgandan keyin yangi satrga o’tish ta’minlanadi. READ (a, b, c,…) va READLN operatorlarining birgalikda qo’llanilishi READLN (a,b,c, …) operatorlariga ekvivalent hisoblanadi. Paskal tilida butun, haqiqiy va simvolli berilganlarni kiritish mumkin. Mantiqiy berilganlarni kiritish mumkin emas. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling