Mavzu: Paskal dasturlash tili r e j a: Kirish 1


Paskal dasturlash tili bilan tanishish


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana16.11.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1777644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Paskal dasturlash tili

. Paskal dasturlash tili bilan tanishish 
 
Paskal tili shveysariyalik olim Niklas Virt tomonidan, talabalarga dasturlashni o’rgatish 
vositasi sifatida 1969 – yilda o’ylab topilgan edi. Tilning poyasi mashhur fransuz matematigi va 
faylasufi Blez Paskal (1623 - 1662) sharafiga qo’yilgan.
Dastlab Paskal tili universitetlarda keng tarqaldi, ma’lum bir vaqtdan keyin har xil turdagi 
EHMlarda Paskal tili uchun o’nlab translyatorlar ishlab chiqildi. 1981 – yilda Paskal tilining 
xalqaro standarti taklif etildi. 
Paskalning 4.0 versiyasidayoq foydalanuvchilar o’z qo’l ostilariga, tizimdan chiqmasdan 
turib katta dasturlar tuzish va yaxshilash imkoniyatlari bo’lgan, qulay tizim (dasturlar ishlab 
chiqishning yig’ma muhiti) ga ega edilar. 5.5 versiyasining paydo bo’lishi bilan Turbo Paskalda 
obyektli dasturlash imkoniyati ham paydo bo’ldi. 6.0 versiyasida dastur matinlariga assemblerda 
yozilgan bo’laklarini kiritish mumkin bo’ldi. Bundan tashqari yig’ma muhit birmuncha o’zgardi. 
Bu versiyaga , shuningdek, boshlang’ich matinlar paketi (Turbo Vision) taklif etildi.Undan 
foydalanish natijasida tashqi jihatdan Borland firmasining dasturlar ishlab chiqarish yig’ma 
muhitiga o’xshash muloqot tizimlarini tez yaratish mumkin bo’lib qoldi.
IBM PS turidagi shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan Borland firmasining mahsuloti – 
Turbo Paskal dasturlash tizimi hozirgi kunga kelib eng keng tarqalgan dasturlash tizimlaridan 
biriga aylandi. Bunga, bir tomondan Paskal dasturlash tili asosining soddaligi sabab bo’lgan 
bo’lsa, ikkinchi tomondan, tilni mukammallashtirishga ko’p kuch sarflagan Turbo Paskalning 
yaratuvchisi Anders Xeylberg rahbarligidagi Borland xodimlarining mehnati va mahorati sabab 
bo’ldi. Til murakkab bo’lmagan hisoblash masalalarini yechishga mo’ljallangan oddiy dasturlar 
tuzishdan tortib ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi murakkab relyatsion tizimlarni ishlab 
chiqarishgacha bo’lgan har qanday masalani yecha oladigan qudratli zamonaviy professional 
dasturlash tizimiga aylandi.
Windowsning va Windows muhitida dasturlar ishlab chiqish uchun Borland Paskal with 
Objects va Delphi instrumental vositalarining paydo bo’lishi yana bir marta Turbo Paskalning 
bitmas – tuganmas imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatdi.
Borland Paskal ham, Delphida ishlatiluvchi Objects Paskal ham Turbo Paskalga 
asoslanishadi va uning g’oyalarini rivojlantirishadi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling