Mavzu: Paskal dasturlash tili r e j a: Kirish 1
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Paskal dasturlash tili
Mavzu: Paskal dasturlash tili R e j a: Kirish 1 Paskal dasturlash tili bilan tanishish 2 Paskal tilining asosiy tushunchalari 3 Paskal algoritmik tilining asosiy operatorlari 4. Chiziqli jarayonlarni dasturlash 5. Takrorlanish operatorlari Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar 2 Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Islom Karimov KIRISH Ta’lim tizimidagi chuqur va keng ko’lamli islohotlarning mazmuni va amalga oshirish muddatlari O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’z ifodasini topgan. O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dagi yetakchi vazifalardan biri ta’lim-tarbiyaning sifatini ko’tarish, ta’lim mazmunini yangilash, yosh avlodning aqliy intellektual taraqqiyotini ta’minlashga yo’naltirilgan uzluksiz ta’lim-tarbiyaning yangi modelini pedagogik jihatdan ta’minlangan holda muntazam takomillashtirib borishdan iboratdir. “Kadrlar tayyorlash milliy modeli” ning tarkibiy qismlaridan bo’lmish uzluksiz ta’lim raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimining asosi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining jadal taraqqiyotini ta’minlash, davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o’ynovchi malakali mutaxassislarni tayyorlashda uzluksiz ta’lim tizimining o’rni beqiyosdir. Hozirgi kunda ushbu sohani takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Informatika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarni o’rganish va tahlil etishda asosiy vositalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu vositalarning imkoniyatlaridan samarali va tez suratlar bilan foydalanishni kompyuter texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kompyuter – murakkab elektron qurulma, mufassal o’rganish uchun ancha vaqt zarur bo’ladi. Biroq, kompyuterdan foydalanuvchilar – dasturchilar uchun uning ishi haqida eng umumiy ma’lumotlarga ega bo’lish yetarlidir. Dasturchini, asosan, mashina dastur buyruqlarini qanday qilib amalga oshirishi, bunda u qanday amallarni bajarishi qiziqtiradi. Kompyuter dasturni bajara borib, turli turli ma’lumotlar (sonlar, mantiqiy qiymatlar, matnlar va h.k) ustidan amallar bajaradi. Ishlash usuliga ko’ra, translyatorlar kompilyatorlarga va interpretatorlarga bo’linadi. Kompilyatorning interpretatorlardan farqi shuki, kompilyator foydalanuvchi yozgan dasturni EHM uchun tushunarli ko’rinishga o’tkazadi (u ichki ko’rinish deyiladi), so’ngra bu ko’rinishdagi dastur bajariladi. Interpretator esa har bir ko’rsatmani ichki ko’rinishga o’tkazib bajaradi. Paskal tilining translyatorlari uning boshlang’ich ko’rinishlaridan so’nggi Turbo Paskal 7.0 versiyasigacha kompilirlovchi tamoyil asosida ishlaydi. Foydalanuvchidan kompyuter bilan muloqot qilish uchun kompyuter tilini bilish ham talab qilinadi. Kompyuter tushunadigan til dasturlash tili deb ataladi. Biror masalani kompyuterda 3 yechish uchun, avvalo, uning algoritmi tuzilishi va bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko’rsatmalar va qonun-qoidalar asosida yozilishi kerak bo’ladi. Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dasturni tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi. Hozirgi paytda dastrulash tillarining soni juda ko’payib ketmoqda. Lekin, shuni aytish kerakki, har qanday dasturlash tili o’zining darajasi va qo’llash sohasiga ega. Ba’zi bir tillar bir necha xil soha masalalarini yechishga ishlatiladi. Bunday tillar universal tillar deb ham ataladi. Paskal algoritmik tili ham universal til hisoblanadi. U dasturlashning asosiy tushunchalari va konstruksiyalarini o’z ichiga olishi bilan birga boshqa universal dasturlash tillariga qaraganda ancha sodda. 4 1 Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling