Mavzu: Paxta navlari va ular haqidagi ma’lumot beruvchi ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish Reja Kirish i-bob. Paxta navlari va ular haqidagi ma’lumot beruvchi ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish mavzusiga oid dasturiy ta’minotni yaratishni nazariy


Download 1.49 Mb.
bet12/12
Sana19.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1604561
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Termiz-31: Nav O’zPITI Surxondaryo filialida A.E. Avliyoqulov, A.A. Tvorogova, Sh.I. Ibragimov va boshqalar tomonidan 6608.V x 55 Termiz-11 navlarini chatishtirish va turlararo duragaylash hamda qayta tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1997 yilda Davlat reyestriga kiritilgan. Navning tupi cheklangan tipda, konussimon, bo’yi 100-120 sm, ayrim hollarda har bir tupida 1-2 ta uzun hosil elementlari, 2-3 ta ko’sak bo’ladi. Birinchi hosili 3-4 bo’g’inlarida paydo bo’ladi. Ko’sagi o’rtacha kattalikda, tuxumsimon, yuraksimon, o’tkir burunli, yaxshi ochiladi, ochilgach paxtasi chanoqlardan to’kilmaydi. Tolasining pishiqligi 4,8 gk, nisbiy uzilish kuchi 33,3 gk/teks, uzunligi 38,9 mm, tola chiqishi 34,6 % gacha. O’suv davri 115 kun. Tolasining rangi oppoq, jahon standartiga to’g’ri keladi. Fuzarioz va ildiz chirish kasalliklariga chidamli.

  • Qarshi-8: G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutining Qashqadaryo tayanch punktida tanlash yo’li bilan yaratilgan. Ko’sakdagi paxta vazni 3,1-3,3 g, tola chiqishi 33,2 foiz. Shtapel uzunligi 38,5 mm, tolasining pishiqligi 4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 32,2 gk/teks. Tolasi II tip. O’suv davri 110-115 kun. Vilt kasalligiga chidamli. S-6037. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida Yu.Xutornoy va Sh.Ibragimovlar tomonidan chatishtirish yo’li bilan yaratilgan. Ko’sagining massasi 3,6-3,8 g, tola chiqishi 30-31 foiz. Tola uzunligi 40-41 mm, pishiqligi 4,3-4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 35,5 gk/teks. Kasallikka chidamli.

    Download 1.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling