Mavzu: Paxta navlari va ular haqidagi ma’lumot beruvchi ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish Reja Kirish i-bob. Paxta navlari va ular haqidagi ma’lumot beruvchi ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish mavzusiga oid dasturiy ta’minotni yaratishni nazariy


Download 1.49 Mb.
bet8/12
Sana19.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1604561
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Oqdaryo-6: Nav O’zPITI Samarqand filialida duragaylash yo’li bilan yaratilgan. O’suv davri 120-125 kun. Ko’sak yirikligi 6,5-7,0 g. Tolasining uzunligi 33-34 mm, tola chiqishi esa 35-36 foiz. Tola pishiqligi 4,6 gk bo’lib, nisbiy uzilish kuchi 28,3 gk/ teks. 1000 dona chigit massasi 120-125 g. Hosildorligi Samarqand viloyatining turli tuproq-iqlim sharoitida gektaridan 30-45 sentnergacha, tolasi V-tip.

  • Namangan-77: G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot instituti va Qizil Rovot tajriba xo’jaligida yaratilgan. Nav o’rtapishar bo’lib, o’suv davri 110 - 125 kun. Vilt kasalligiga chidamli. Bir ko’sakdagi paxta massasi 5,2 g, tola chiqishi 33,3 foiz, shtapel uzunligi 33,7 mm, tolaning uzilish kuchi 4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 26,2 gk/teks. Tolasi V- tip. Hosildorligi gektariga o’rtacha 44 s. Unumdor bo’z o’tloq va o’tloq–botqoq tuproqlarda gektariga 80-90 ming tupdan, sho’rlangan yerlarda 120-140 ming tupni tashkil etgani ma’qul. Bo’z tuproqlarda o’g’itlarning me’yori N250P175K125 kg/ga.

  • S-6524: G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida duragaylash yo’li bilan yaratilgan, o’rtapishar. Tola uzunligi 35,2 mm, tola pishiqligi 4,5-4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 28,5 gk teks, tola chiqishi 33-34 foiz. Tolasi IV- tipga mansub.

  • S-6530: G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida duragaylash yo’li bilan yaratilgan. O’rtapishar navlar guruhiga kirib, vilt kasalligiga chidamli. O’suv davri 114-124 kunni tashkil etadi. Bir ko’sakdagi paxta massasi 5,4-6,2 g, tola chiqishi 36,8-37,2 foiz, shtapel uzunligi 35,2 mm, pishiqligi 4,5 gk, nisbiy uzilish kuchi 27,1 gk/teks. Hosildorligi gektariga 40-48 s gacha yetadi.

  • Yulduz: O’zbekiston Fanlar Akademiyasining o’simliklar biologiyasi institutida O.Jalilov tomonidan tanlash yo’li bilan yaratilgan. O’suv davri 115-120 kun. Ko’sakdagi paxta massasi 6,5-7,5 g, tola chiqishi 39-40 foiz, tola uzunligi 33-34 mm, tolaning pishiqligi 4,5-4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 26,4-27 gk teks, tolasi V-tipga mansub.

  • S-4727: G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi institutida duragaylash yo’li bilan yaratilgan. O’suv davri 132- 136 kun. Ko’sakdagi paxta massasi 6,3-6,8 g, tola chiqishi 36 foiz, shtapel uzunligi 33,2 mm, tolaning pishiqligi 4,6-4,8 gk, nisbiy uzilish kuchi 26,2 gk/teks. Tolasi V-tip. Kasallikka chidamsiz. 52


  • Download 1.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling