Mavzu: Paxta navlari va ular haqidagi ma’lumot beruvchi ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish Reja Kirish i-bob. Paxta navlari va ular haqidagi ma’lumot beruvchi ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish mavzusiga oid dasturiy ta’minotni yaratishni nazariy


Download 1.49 Mb.
bet9/12
Sana19.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1604561
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Buxoro-6: O’zPITI Buxoro filialida turlararo duragaylash yo’li bilan yaratilgan, o’rtapishar. Ko’sakdagi paxta massasi 7,2 g. Tola chiqishi 36,5 foiz, tola uzunligi 34 mm, tolaning pishiqligi 4,5-4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 28,3 gk/teks. Omad. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutining olimi R.Kim tomonidan yaratilgan. O’suv davri 115- 118 kun. G’o’zaning bo’yi 80-90 sm ga boradi. Ko’saklar tanaga yopishgan holda joylashgan. Ko’sak massasi 5,0-5,5 g. Hosildorlik 40 sentnergacha. Tola chiqishi 35-36 foiz. Tola uzunligi esa 33-34 mm ni tashkil qiladi. Tolasi V-tipga mansub. Mikroneyr ko’rsatgichi 4,5-4,6. Suvga talabi o’rtacha, vilt bilan zararlanishi 5-8 foizni tashkil qiladi. Mineral o’g’itlarga o’rtacha talabchan.

  • Navbahor: Nav O’zbekiston genetika va o’simliklar eksperimental biologiya institutining olimi akademik D.Musayev va P.G.Gubanova tomonidan yaratilgan. O’suv davri 118-120 kun. G’o’za shoxlanmaydi, ko’saklari tanaga yopishgan holda bo’ladi. Gektaridan 40 sentner va undan ko’p hosil olish mumkin. Tola chiqishi 35-36 foiz, tolasining uzunligi esa 33-34 mm ni tashkil qiladi. Tolasi V tipga mansub. Chigiti boshqa navlarni chigitiga nisbatan mayda. Nav qurg’oqchilikka, viltga chidamli, mineral o’g’itlarga talabi o’rtacha.

  • Gulbahor: O’zbekiston FA «Biolog» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida S-4534 x L-434 avlodidan yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan. Bo’yi 100-120 sm. Tup piramidasimon, 0-1 monopodial shoxi hosil qiladi. Ko’sagi tuxumsimon, cho’zinchoq uchli, 1000 dona chigit massasi 128 g. Hosildorligi gektaridan 46,3 sentnergacha. Tola chiqishi 38,1 foiz, ko’sak yirikligi 5,7 g. Vilt bilan kasallanish darajasi 11 foizgacha. O’suv davri 125-138 kun. Tolasi V tipga mansub.

  • Mehr: O’zbekiston o’simliklar ekspirimental biologiyasi instituti olimi akademik O.Jalilov tomonidan yaratilgan. O’suv davri 119-123 kun. G’o’zaning bo’yi 90-100 sm ga boradi. Shoxlanishi 0,5-1 tipga mansub. Ko’saklarining massasi 5,5-6 grammni tashkil qiladi. Qurg’oqchilikka chidamsiz, vilt kasalligi bilan zararlanishi o’rtacha, mineral o’g’itlarga talabchanligi kuchli. Gektaridan 45 sentnergacha hosil olish mumkin. Tola chiqishi 35-36 foiz, tola uzunligi 33-35 mm ni tashkil qiladi. Tolasi V tipga mansub.


  • Download 1.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling