Mavzu: Paxta navlari va ular haqidagi ma’lumot beruvchi ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish Reja Kirish i-bob. Paxta navlari va ular haqidagi ma’lumot beruvchi ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish mavzusiga oid dasturiy ta’minotni yaratishni nazariy


Download 1.49 Mb.
bet11/12
Sana19.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1604561
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Xorazm-126: «Paxta» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Xorazm tajriba tayanch punktida Xorazm-125 navidan yakka tanlash yo’li bilan D.Yo’ldoshev, K.Matnazarov, A.Iskandarov, A.Hasanova, Sh.I.Ibragimov, I.Bahromov, No Gi Xvalar tomonidan yaratilgan. 54 Nav 1997 yilda davlat reyestriga kiritilgan. Tupining bo’yi 90-120 sm, piramida-ustunsimon, poyasi yashil, kam tuklangan, ko’sagi tuxumsimon, 1000 dona chigit massasi 100 g. O’rtacha hosildorligi 40,8 s. Vegetasiya davri 119 kun. Bir ko’sakdagi paxta massasi 5,2 g, tola chiqishi 37,0 %, viltga chidamli. Tolasi V tipga mansub. Mikroneyr ko’rsatkichi 4,1.

  • Xorazm-127: 163-F navi S-9062 navi bilan chatishtirilib, ko’p marotaba yakka tanlash hamda qayta tanlash yo’li bilan yaratilgan. 2002 yilda Davlat Reyestriga kiritilgan. O’suv davri 120-130 kun. Poyasi tik, bo’yi 90-120 sm, tanasi yashil, o’rtacha tuklangan. Hosil shoxlari 5-6 bo’g’imdan chiqadi. 1,0-1,5 tipda shoxlaydi. Chigiti och yashil, kulrang. 1000 dona chigit massasi 122-132 g. Moydorligi 24,5 foiz. Tola chiqishi 36,5-38,4 foiz, tola uzunligi 34,5- 36 mm, uzulish uzunligi 26,2 gk, nisbiy uzulish kuchi 26,0-27,3 gk/teks. Sifat markazi ma’lumotiga ko’ra, tolaning mikroneyr ko’rsatkichi 4,2-4,4 ga teng.

  • Ashxabod-25: Turkmaniston G’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida D.Boboyev tomonidan duragaylash yo’li bilan yaratilgan. O’suv davri 140-150 kun. Tola chiqishi 34,6 foiz, bir ko’sagining massasi 3,0-3,3 g. Tola uzunligi 40-41 mm, pishiqligi 4,6-4,8 gk, nisbiy uzilish kuchi 37,5 gk/teks. Tolasi 1 tip. Fuzarioz viltga chidamli.

  • Termiz-16: O’zPITI Surxondaryo filialida A.G.Gavrilov, N.Xolmurodov va boshqalar tomonidan duragaylash usulida yaratilgan. Bir ko’sakdagi paxta massasi 3,2 g, tola chiqishi 33,7 foiz. Shtapel uzunligi 39,1 mm, tolaning pishiqligi 4,6-4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 36,6 gk/teks, o’suv davri 119 kun. III tip tola beradi. Fuzarioz vilt kasalligiga chidamli. Termiz-24. O’zPITI Surxondaryo filialida tanlash yo’li bilan yaratilgan. Bir ko’sakning vazni 2,8 g, tola chiqishi 33 foiz. Tola shtapel uzunligi 39,7 mm. Tolaniig pishiqligi 4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 36,2 gk/teks. II tip tola beradi.


  • Download 1.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling