Mavzu: Paxta navlari va ular haqidagi ma’lumot beruvchi ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish Reja Kirish i-bob. Paxta navlari va ular haqidagi ma’lumot beruvchi ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish mavzusiga oid dasturiy ta’minotni yaratishni nazariy


Download 1.49 Mb.
bet10/12
Sana19.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1604561
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
An-chillaki-1: O’zbekiston FA o’simliklar biologiyasi institutida yaratilgan. Nav juda tezpishar, o’suv davri 100-110 kun. Past bo’yli bo’lib, balandligi 60-70 sm gacha. Hosildorligi gektaridan 25-35 sentnergacha. Nav tezpishar bo’lganligi uchun vilt kasalligiga chalinguncha rivojlanish davrlarini o’tishga ulgura oladi. Navni boshoqli don ekinlari yoki ayrim yem-xashak ekinlaridan keyin ekish mumkin. Undan takroriy ekin sifatida yoki qalin tup son hosil qilish uchun foydalanish paxtachilikda yangi yo’nalishni vujudga keltirish mumkin.

  • An-Boyovut-2: O’zbekiston FA o’simliklar biologiyasi institutida S.Sodiqov va boshqalar tomonidan yaratilgan. Tezpishar nav. O’suv davri 129-130 kun. Ko’sagidagi paxta massasi 6,5-7,0 g. Tola chiqishi 35-36 foiz, tola uzunligi 34-3 5 mm, tolaning nisbiy uzilish kuchi 26,1-26,7 gk/teks. Tolasi V tip.

  • Armug’on: Bu nav L-9263 x L-541 duragay kombinasiyalarini o’zaro chatishtirib, ko’p marotaba yakka tanlash orqali P.G.Gubanova, O.D.Djurayev, J.A.Musayev, 3.Yu.Sadiqovalar tomonidan yaratilgan. Hosildorligi 48-55 sentner, bitta ko’sakdagi paxta massasi 6,0-6,5 g, o’suv davri 120-125 kun, tola chiqishi 38-39 foiz, tola uzunligi 33-34 mm, nisbiy uzilish kuchi 25,6 gk/teks, tolasi V tip. Vilt bilan zararlanishi 5,1- 11 foiz. Nav 1999 yilda rayonlashtirilgan.

  • Buxoro-8: Nav gossipium xirzutum turiga mansub bo’lgan Buxoro6 naviga bir pallalik o’simliklarining fotosintez irsiyatini sun’iy o’tkazish yo’li bilan yaratilgan. Muallifi A.M.Battalov va boshqalar. Navning bo’yi o’rtacha 90-120 sm. Hosil shoxlari agrotexnik sharoitga mos ravishda 2 yoki 3 tipda shoxlaydi, hosil shoxi asosiy poyaning 5-7 bo’g’inlaridan chiqadi. O’suv shoxlari 0-3 tagacha. Ko’saklari yirik, tuxumsimon, ko’sakdagi paxta massasi 7,0-11 g. Hosili to’kilmaydi. Nav o’rtapishar, o’suv davri 118- 120 kun. Ko’sagi asosan 5 chanoqli, ba’zan 4 chanoqlilari ham uchrab turadi. Chigiti yirik, 1000 dona chigit massasi 120-140 g atrofida, tukli, yashil kulrangda. Tolasi III va IV tipga mansub bo’lib, mayin va uzun. Tola chiqishi 35-37 %, tola uzunligi 33-36 mm ni tashkil etadi.


  • Download 1.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling