Mavzu: Plastik deformatsiyaning tabiati
Download 0.98 Mb.
|
6-7 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Sovuq deformatsiyada mustahkamlanish
MAVZU: Plastik deformatsiyaning tabiati.Reja:1. Metallarning tuzilishi2. Plastik deformatsiya haqida tushuncha3. Monokristallning sovuq plastik deformatsiyasi mexanizmi4. Polikristallning sovuq plastik deformatsiyasi5. Sovuq deformatsiyada mustahkamlanish6. Mustahkamlanish egri chiziqlariMETALLARNING TUZILISHI.Barcha metall va qotishmalar kristall tuzilishga ega. Kristall tuzilish umuman atomlarning fazoda qonuniyatli va davriy joylashuvi bilan ajralib turadi. Bunda har bir atom qo‘shnilari bilan bir hil joylashgan bo‘ladi. Kristallarning rentgenogrammalari ko‘rsatishicha, ularda atomlar to‘g`ri chiziq va tekisliklar bo‘yicha joylashadi va nafaqat atomlarning fazoda o‘zaro joylashishini ochib berishni, balki ular orasidagi angstremlarda o‘lchanadigan masofani (1A0=1‧10-8) ham aniqlashga imkon beradi.1-rasm. Kristall panjaraning ramziy tasviri.Atomlarning tekisliklar va to‘g`ri chiziqlar bo‘yicha qonuniyat bilan joylashishi natijasida, kristallning tuzilishini uch o‘lchovli to‘g`ri chiziqlardan iborat to‘r ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Ularning kesishish nuqtalarida (tugunlarida) atomlar joylashgan. Bu 1 - rasmda ramziy ko‘rsatilgan.Atomlarning tekisliklar va to‘g`ri chiziqlar bo‘yicha qonuniyat bilan joylashishi natijasida, kristallning tuzilishini uch o‘lchovli to‘g`ri chiziqlardan iborat to‘r ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Ularning kesishish nuqtalarida (tugunlarida) atomlar joylashgan. Bu 1 - rasmda ramziy ko‘rsatilgan.Bunday to‘rni bir hil kattalikdagi umumiy tegib turuvchi qirralarga ega geometrik ko‘pburchaklardan (parallelopipedlar, prizmalar va hokazo) tashkil topgan deb hisoblash mumkin. Bu to‘rning har qanday ko‘pqirrasi, masalan ABVGDEJZ parallelopiped (agar to‘r parallelopipedlardan tashkil topgan bo‘lsa) berilgan to‘rning har qanday boshqa parallelopipedi bilan uch yo‘nalishdan (a;b;c) har biri bo‘ylab belgilangan masofaga ko‘chirish yo‘li bilan to‘liq almashtirilishi mumkin ekanligini payqash qiyin emas.Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling