Deformatsiya darajasini qabul qilingan ko‘rsatkichga bog`liq holda birinchi va ikkinchi xildagi mustahkamlanish egri chiziqlarini farqlaydilar. Birinchi xildagi mustaxkamlanish egri chiziqlarida haqiqiy kuchlanish nisbiy cho‘zilishga, ikkinchi xildagi egri chiziqlarda esa - nisbiy torayishga bog`liq holda beriladi. 13-rasm. Mustahkamlanish egri chiziqlari. Birinchi va ikkinchi xildagi mustahkamlanish egri chiziqlari, ularni standart cho‘zilishga sinash ma’lumotlari bo‘yicha tahminiy qurish imkoniyatini beradigan ba’zi xususiyatli xossalarga ega. Birinchi xildagi mustahkamlanish egri chizig`ini ko‘rib chiqamiz (14-rasm). Deformatsiyaning bo‘yin hosil bo‘lishi boshlanguncha bo‘lgan istalgan payti uchun haqiqiy kuchlanish (1.2) nisbatdan shartli kuchlanish σshart shart va ko‘ndalang kesim yuzasi F ning joriy qiymatlari bo‘yicha aniqlanishi mumkin: Birinchi xildagi mustahkamlanish egri chizig`ini ko‘rib chiqamiz (14-rasm). Deformatsiyaning bo‘yin hosil bo‘lishi boshlanguncha bo‘lgan istalgan payti uchun haqiqiy kuchlanish (1.2) nisbatdan shartli kuchlanish σshart shart va ko‘ndalang kesim yuzasi F ning joriy qiymatlari bo‘yicha aniqlanishi mumkin: σhaq=σshart F0 / F (1.2) bu yerda: σshart =R/F0 - berilgan paytda ta’sir etayotgan kuchni namunaning dastlabki ko‘ndalang kesim yuzasiga xususiy bo‘linishi. 14-rasm. Birinchi xildagi mustahkamlanish egri chizig`i.
Do'stlaringiz bilan baham: |