Mavzu: Plastik deformatsiyaning tabiati


Download 0.98 Mb.
bet10/18
Sana16.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1095427
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
6-7 ma\'ruza

Bu ma’lumotlar har bir metallning monokristalli uchun oquvchanlik chegarasi kattaligini (plastik deformatsiya boshlanishiga mos keluvchi σ= normal kuchlanishni), kuchlar ta’siri yo‘nalishiga nisbatan  burchaklarda minimumga ega bo‘lib, sirpanish tekisliklarining qanday yo‘nalganligiga sezilarli bog`liqligini ko‘rsatadi.

Bu ma’lumotlar har bir metallning monokristalli uchun oquvchanlik chegarasi kattaligini (plastik deformatsiya boshlanishiga mos keluvchi σ= normal kuchlanishni), kuchlar ta’siri yo‘nalishiga nisbatan  burchaklarda minimumga ega bo‘lib, sirpanish tekisliklarining qanday yo‘nalganligiga sezilarli bog`liqligini ko‘rsatadi.

Xuddi shunday tajribalar bilan plastik deformatsiya kattalashgan sari namunani keyingi deformatsiyalanishi uchun zarur bo‘lgan siljituvchi kuchlanish oshib borishi ko‘rsatilgan.

Ko‘p sonli tadqiqotlar bilan sirpanish jarayoni bitta tekislikdagi barcha atomlarning ko‘shni atomlarga nisbatan bir vaqtdagi siljishi sifatida qaralishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan.

  •  

Zamonaviy tushunchalar bo‘yicha sirpanish jarayoni atomlarning alohida guruhlarini ketma-ket siljitish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Deformatsiya jarayonida atomlarning parallel kristallografik tekisliklarda joylashgan faqat bir qisminigina nisbiy siljishi mumkinligi metallda to‘g`ri kristall tuzilishning buzilishi borligi bilan izohlanadi. Haqiqiy monokristall va donachalar mozaik tuzilishga ega, ya’ni o‘lchami 10-4 - 10-6 sm atrofida bo‘lgan bloklardan iborat, shuningdek har bir blok mukammal kristall (to‘g`ri kristall tuzilishga ega) ekanligi, qo‘shni bloklar bir biriga nisbatan 10˚- 20˚ atrofida burchakka burilganligi tajribalarda isbotlangan. Bunday bloklar mozaika bloklari deb ataladi. Bundan tashqari haqiqiy monokristall va donachalarda kristall tuzilishi to‘g`riligining maxalliy buzilishi mavjud bo‘lib, bunda panjaraning alohida tugunlarida atomlar bo‘lmaydi yoki panjaraning ba’zi joylarida «ortiqcha» atomlar bo‘ladi. Haqiqiy kristall tuzilishidagi to‘g`rilikning bunday buzilishi, ko‘rinib turibdiki, kristallanish jarayonining mukammal emasligini natijasi bo‘ladi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling