Mavzu: Plastik deformatsiyaning tabiati

Download 0.98 Mb.
bet8/18
Sana16.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1095427
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
6-7 ma\'ruza

Geksagonal kristall panjarali metallarda odatda sirpanish tekisligi bo‘lib (0001) turdagi bazis tekisligi, sirpanish yo‘nalishi bo‘lib esa, oltiburchakning diagonaliga mos tushadigan (100) turdagi (bu katakchaning asosi) yo‘nalish hisoblanadi.

Atomlarning qandaydir kristallik tekisliklari bo‘yicha siljishi mumkinligiga temperatura ancha sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Temperaturaning oshishi qator hollarda shunga olib keladiki, bunda sirpanish jarayoni, hona temperaturasida sirpanish bo‘ladigan tekisliklardan farqli, boshqa tekisliklar bo‘yicha amalga oshishi mumkin. Masalan, geksagonal zich joylashgan panjarali metallarda hona temperaturasida bitta sirpanish tekisligi - (0001) bazis tekisligi bo‘ladi, 2000 dan oshiq temperaturada esa qo‘shimcha (1011) yoki (1012) turidagi tekisliklar bo‘yicha sirpanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Qiyofadoshlanish «qiyofadoshlanish tekisligiga» parallel tekisliklarda joylashgan atomlarning ma’lum masofaga siljishidan iborat bo‘lib, bu masofa tekisliklarning qiyofadoshlanish tekisligigacha bo‘lgan masofasiga proportsional bo‘ladi. 7 - rasmda deformatsiya natijasida hosil bo‘lgan qiyofadosh punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan. Bunda kristall panjara qirralari, dastavval qiyofadoshlanish tekisligiga   900 burchak ostida bo‘lgan bo‘lsa, 1800 - 2 ga teng burchakka buriladi.

Qiyofadoshlanish orqali deformatsiya olgan kristall bo‘lagining panjarasi, kristallning deformatsiyaga uchramagan qismi panjarasini qiyofadoshlanish tekisligiga nisbatan oynadagi tasviri (qiyofadoshi) bo‘ladi. Qiyofadoshlanish statik yuklanishda nisbatan kam, zarb bilan deformatsiyalanishda ancha tez-tez kuzatiladi. Qiyofadoshlanish nafaqat deformatsiyalanuvchi jismga tashqi kuchlarning ta’siri natijasida, balki plastik deformatsiyadan so‘ng otjig (bo‘shatash) natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunday xodisa, xususan, misda, latun (jez) va ba’zi boshqa, kubsimon yon tomoni markazlashtirilgan panjarali metallarda kuzatiladi. Qiyofadoshlanish sirpanib deformatsiyalanish bilan birga kelishi mumkin. Sirpanish bilan deformatsiyalanishda qiyofadoshlanish deformatsiyalash uchun zarur bo‘lgan kuchni keskin kamaytiradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling