Mavzu: Plastik deformatsiyaning tabiati

Download 0.98 Mb.
bet9/18
Sana16.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1095427
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
6-7 ma\'ruza

Qiyofadoshlanish orqali deformatsiya olgan kristall bo‘lagining panjarasi, kristallning deformatsiyaga uchramagan qismi panjarasini qiyofadoshlanish tekisligiga nisbatan oynadagi tasviri (qiyofadoshi) bo‘ladi. Qiyofadoshlanish statik yuklanishda nisbatan kam, zarb bilan deformatsiyalanishda ancha tez-tez kuzatiladi. Qiyofadoshlanish nafaqat deformatsiyalanuvchi jismga tashqi kuchlarning ta’siri natijasida, balki plastik deformatsiyadan so‘ng otjig (bo‘shatash) natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunday xodisa, xususan, misda, latun (jez) va ba’zi boshqa, kubsimon yon tomoni markazlashtirilgan panjarali metallarda kuzatiladi. Qiyofadoshlanish sirpanib deformatsiyalanish bilan birga kelishi mumkin. Sirpanish bilan deformatsiyalanishda qiyofadoshlanish deformatsiyalash uchun zarur bo‘lgan kuchni keskin kamaytiradi.

7-rasm. Deformatsiya natijasida hosil bo‘lgan qiyofadosh.

Ishlov beriladigan metallarning plastik deformatsiya jarayoni asosan sirpanish hisobiga amalga oshiriladi.

Berilgan metallni sirpanish bilan plastik deformatsiyasi boshlanishi uchun zarur bo‘lgan siljituvchi (urinma) kuchlanishlar, berilgan temperatura va deformatsiya tezligida, jismga ta’sir ko‘rsatayotgan kuchlarga nisbatan sirpanish tekisliklar yo‘nalishiga bog`liq bo‘lmagan doimiy kattalik ekanligi ko‘p sonli tadqiqotlarda ko‘rsatilgan. Agar ko‘ndalang kesim yuzasi F bo‘lgan monokristall namunani R kuch bilan cho‘zilsa, bunda sirpanish tekisligiga normal (tik chiziq) ta’sir etayotgan kuchlar yo‘nalishi tomoniga  burchak ostida, sirpanish yo‘nalishiga esa  burchak ostida qiyalangan bo‘lsa (8 -rasm), u holda siljituvchi kuchlanish  kattaligi ushbu formula bo‘yicha topilishi mumkin:

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling