Mavzu: professional ta`limi tizimi va jarayoni
Download 23.91 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-5MAVZU ta\'lim tizimi va jarayoni
MAVZU: PROFESSIONAL TA`LIMI TIZIMI VA JARAYONIREJATa`limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha. Predmet tizimi, operatsiya tizimi, operatsiya-predmet tizimi, motorlimashq tizimi, operatsion-kompleks va boshqa tizimlar Kasb-hunar ta`limi didaktik tizimlarini takomillashtirish Tayanch tushuncha va iboralar: didaktik tizimi, nazariy bilim, ) ishlab chiqarish ta`limi, predmet (buyum) tizimi, operatsiya , motor-mashq tizimi , konstrukcion-texnologik tizim Ta`limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha. Ta`lim tizimi deb, amaliy ko`nikma va mehnat malakalarini to`g`ri tarkib topishini, kasbiy faoliyatga tayyorlashni ta`minlaydigan o`quv materialining maqsadga muvofiq tuzilmasiga, uni tashkil etish va izchilligiga aytiladi. Kasb-hunar ta`limi o`zaro bog`langan ikki qismdan iborat: nazariy bilim; ishlab chiqarish ta`limi. Ishlab chiqarish ta`limi va nazariy ta`lim bir-biridan farq qiladigan, lekin o`xshashliklari ham bor. Ta`limning bu 2 xil turi ham ta`lim mazmunini ajratish, uning qismlarini guruhlash, ularni o`rganish izchilligini belgilash zarurligi bilan bog`liqdir. Bunday ajratish prinsiplari va gruppalash tartibi o`qitishning odatda ishlab chiqarish ta`limi tizimining qaysi biridan qo`llanishiga bog`liq bo`ladi. Kasb-hunar ta`limida predmet, operatsiya, operatsiya-predmet tizimi, motor mashq tizimi, operatsion-kompleks va konstrukcion-texnologik tizimlar ma`lum. Dastlab predmet (buyum) tizimi paydo bo`lgan. Bu tizimga o`quvchi o`zi o`zlashtirayotgan kasb uchun tegishli bo`lgan buyumlarni tayyorlagan. Bunda buyumlar murakkabligi ortib borgan. Tayyorlash jarayoni didaktik jihatdan alohida operatsiyalarga ajratilmagan. O`quvchi ayrim mehnat usullarini bajarish qoidalari bilan maxsus tanishmagan, faqat o`qituvchining ishi va boshqa harakatlarini takrorlashga intilgan. Bunday ta`lim natijasida o`quvchilarni tanish buyumni tayyorlash uchun o`z bilim va malakalaridan foydalana olmaydilar, har bir yangi buyumni tayyorlash jarayonida ishni qaytadan o`rganishga majbur bo`ladilar. Mazkur tizimning asosiy kamchiligi ana shundan iborat. Buyum (predmet) tizimi hunarmandchilik ishlab chiqarish usulini aks ettirgan va XIX asrning 2-chi yarmigacha keng qo`llanilgan. Manufakturalarning paydo bo`lishi va shunga ko`ra mehnatning taqsimlanishi texnologik jarayonning operatsiyalarga bo`linishiga olib keldi, ya`ni mehnat ta`limining operatsiya tizimi vujudga keladi. Bu tizim XIX asrning oxirida yuzaga keldi. Operatsiya tizimi bo`yicha o`qitishda o`quvchilar o`zlari egallaydigan kasbning mazmunini tashkil qiluvchi mehnat operatsiyalarini o`rganishgan. Shu sababli ular har qanday buyumni tayyorlash bir xil operatsiyalardan iborat, bundan faqat operatsiyalarning bajarilish tartibi va ishlov berishning aniqligiga qo`yiladigan talablar bir-biridan farq qiladi, degan tushunchaga ega bo`lishgan. Shunday qilib, operatsiya tizimi o`quvchilarni buyum tayyorlashga bog`lab qo`ymay, kasb doirasidagi umumiy bilim, amaliy ko`nikma va malaka bilan qurollantirgan. Ta`limning buyum tizimiga nisbatan operatsiya tizimining afzalligi ana shudir. Operatsiya tizimi yordamida ishlab chiqarish texnologiyasini tushunish uchun shart- sharoitlar yaratadi, ta`limni yangi izchil (oddiy operatsiyalardan murakkab operatsiyalarga) tashkil qilish imkonini beradi, mehnat ko`nikmalarini va malakalarini shakllantirishda, asosiy operatsiyalarni o`zlashtirib olishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Operatsiya tizimining kamchiligi shundan iboratki, operatsiyalar umuman o`quv buyumlari tayyorlash jarayonida o`zlashtiriladi, ya`ni o`quvchilar mehnati unumli mehnat xarakterida bo`lmaydi. Natijada ularning ishga qiziqishi susayadi. Opreatsiya tizimi operatsiyalarni bajarish bilan buyumlar tayyorlashni uzib qo`yadi. Operatsiya-predmet tizimi – XIX asrning 90-yillarida S.A.Vladimirskiy tomonidan taklif etilgan. Bu tizim o`quvchilar tomonidan mehnat opreatsiyalarini o`ylab, tanlangan buyumlarni tayyorlash jarayonida o`rganishni ko`zda tutadi. Buyumlar tanlashda katta e`tibor beriladi, birinchi buyumni tayyorlashda eng yengil 3-4 operatsiyalar, boshqalarni tayyorlashda esa murakkabroq operatsiyalar o`zlashtiriladi. Operatsiya-predmet tizimning yutug`i o`quvchi o`z mehnati natijasini ko`radi, operatsiyalarni o`zi tanlaydi. Kamchiligi: mashg`ulotning birinchi darsidanoq o`z ichiga bir necha operatsiyalar olgan buyumlar tayyorlash o`quvchilarda bu operatsiyalarning mazmuni haqida to`g`ri tasavvur bo`lmasligiga olib kelardi. Shuning uchun ham tizim keng tarqalmoqda. Motor-mashq tizimi (CIT tizimi) – Ushbu tizimning kamchiligi motor mashq tizimi bo`yicha o`qitish o`quvchilar ko`nikma va malakalarni ongli o`zlashtirishni nazarda tutmasdi. Ko`nikmalarni shakllantirish maxsus apparatlar va haqiqiy mehnat jarayonini eslatadigan mashqlarni qo`llash bilan amalga oshirilardi. Ko`p marta takrorlash natijasida mushaklarni, ma`lum harakatlarni, ongning ishtirokisiz ham bajarishga “o`rgatish” mumkin, deb faraz qilingan. Ta`limda bunday yondoshish ma`qullanmadi va tez uni rad qilindi. Motor-mashq tizimining yutug`i shundaki, unda mehnat o`quv va malakalarini shakllantirishning didaktik jihatdan asoslangan, psixofiziologik qonuniyatlarga mos keladigan ketma-ketligi: mehnat usuli – mehnat operatsiyasi – mehnat jarayoni birinchi marta ishlab chiqilgan va qo`llanilgan. Bu tizimda o`quvchilarga kasb ta`limi berish besh davrga bo`linadi: Asosiy mehnat faoliyati va harakatlarini o`zlashtirish bo`yicha mashq mashg`ulotlari. Mehnat usullarini o`zlashtirish bo`yicha mashqlar. Mehnat operatsiyalarini bajarishga doir o`rganish mashqlari. O`quvchilarni maxsus tanlangan buyumlar ustida ilgari o`zlashtirilgan mehnat operatsiyalarini operatsiyalar kompleksiga birlashtirishga o`rganish. Mustaqil davr, bunda o`quvchilar ayni kasbga doir xarakterli bo`lgan buyumlarni tayyorlaydi. Operatsiya-buyum motor-mashq tizimlarining kamchiliklari va yutuqlari o`rganilib, operatsion kompleks tizimi yuzaga keldi. Bu tizimga asosan o`quvchi avval 2-3 ta ketma-ket operatsiyalarni o`zlashtiradi, so`ng shu operatsiyani ichiga olgan kompleks ishlarni bajaradi. Mehnat operatsiyalarini o`zlashtirish va ularni kompleks ishlarda qo`llash ta`limning 1-bosqichidagi asosiy vazifadir. Ikkinchi bosqichda o`quvchilar ishlab chiqarishdagi unumli mehnatga qo`shiladilar. Masalan, kiyim tikishda qo`llaniladigan barcha turdagi yengni, yoqani, mayda qismlarini tikishni o`rgatib bo`lingandan so`ng uni kiyimda qo`llash bajariladi. Kamchiligi: o`quvchi o`zi ishining natijasini juda uzoq vaqtdan so`ng ko`radi. Natijada qiziqish susayadi. Hozirgi vaqtda o`quv ustaxonalarida amaliy ishni bajarish jarayonida operatsiya-buyum tizimidan foydalaniladi, chunki operatsiyani alohida o`rganish rejalashtirilgan va dasturda ko`rsatilgan buyum xilini mahalliy sharoitga qarab o`zgartirish mumkin. Download 23.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling